Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet9/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

NAZORAТ SAVOLLARI:
1.1. Menejment iqtisodiy kategoriya sifatida nimani anglatadi?
1.2. Fanning maqsadi va vazifasi nimadan iborat?
1.3. Boshqaruvning mohiyati nimadan iborat?
1.4. Menejmentning ilmiy izlanish usullari nimalardan iborat?
2-savol bo`yicha dars maqsadi: Тalabalarni tashkilot tushunchasi bilan tanishtirish va tashkilotni menejmentning ob’ekti sifatidagi faoliyatini yoritish.
Identiv o`quv maqsadlari:
2.1. Тashkilotlar to`g`risida tushuncha hosil qila oladi.
2.2. Тashkilotni boshqarish usullarini izohlay oladi.


2- savol bayoni:
Har qanday boshqaruvning ob’ekti-bu biron-bir tashkilotdir. Har qanday tashkilotga uning hajmi, qanday doirada faoliyat ko`rsatishi va qanday vazifalarni hal qilishidan qat’iy nazar, umumiy jihatlar xos. Тashkilotni asosini tashkil qiluvchi elementlar: tashkilot faoliyatini amalga oshiruvchi odamlar, tashkilot hal qilishi lozim bo`lgan maqsadlar va shuning uchun yaratilgan usullar hamda ushbu qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun tashkilot saloxiyatini harakatga keltiruvchi va jamlovchi boshqaruvchilar mavjud. Тashkilotga uni tashkil etuvchi elementlaridan kelib chiqib quyidagicha ta’rif berish mumkin, ya’ni tashkilot bitta (yoki bir nechta) umumiy maqsadni ko`zlab faoliyat yurituvchi kishilar harakatining sistemalashgan, ongli ravishdagi birlashuvidir.
Тashkilotlar rasmiy, norasmiy, oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Rasmiy tashkilotlar o`zini rasmiy huquqiy statusiga ega. Norasmiy tashkilotlar esa o`z doirasiga kishilarni qiziqishlari, diniy, madaniy va boshqa ehtiyojlari bo`yicha birlashtirib turadi. Norasmiy tashkilotlar ijtimoiy, diniy va boshqa jihatlarga ega bo`lib rasmiy tashkilot doirasida ham bo`lishi yoki bir necha rasmiy tashkilotlar a’zolarini birlashtirishi ham mumkin. Murakkab tashkilotlar o`z oldilariga bir emas, balki bir necha maqsadlarni qo`yishlari, murakkab tuzilmaga ega bo`lishi va bir vaqtni o`zida juda ko`p xil mahsulot va xizmatlar bo`yicha bir necha bozorlarga qarata ish olib borishlari mumkin. Oddiy tashkilotlar bir yoki aniq chegaralangan maqsadlar doirasini tanlab, bir-ikki mahsulot turi va bir bozorga moslashib nisbatan uncha murakkab bo`lmagan tuzilmaga ega bo`lishi mumkin. hamma tashkilotlarga xos umumiy tavsiflar mavjud bo`lib, ularga quyidagilar kiradi;
-resurslar, ya’ni odamlar, kapital, topshiriqlar, texnologiya, axborot;
-tashqi muhitga bog`liqlik;
-gorizontal va vertikal mehnat taqsimotini mavjudligi;
-har xil funktsiyalar, ya’ni o`ziga xos faoliyat turi bilan farqlanib turadigan, bloklar, bo`limlar, qismlardan iboratligi;
-boshqaruvning zarurligi.
Тashkilotni boshqarish-tashkilotni doimiy ravishda o`zgarib boradigan ichki va tashqi muhitga moslashtirib borishdir. Bu fikr hozirgi davr menejmenti metodologiyasining asosini tashkil qiladi. Boshqaruvda amalga oshiriladigan funktsiyalar va harakatlar tarkibi, mazmuni juda ko`p omillarga bog`liq bo`ladi. Ammo har qanday tashkilotni boshqarishda quyidagi xatti-harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi mavjud:
-maqsadlar belgilash, ya’ni tashkilotni kelajakdagi holatini belgilash;
-strategiyani shakllantirish, ya’ni maqsadga erishish vositalarini aniqlash;
-ishni loyihalashtirish, ya’ni ijrochilarni ishchi funktsiyalarini aniqlash;
-ishni rejalashtirish, ya’ni aniq ijrochilarga vazifalarni belgilash;
-xodimlar faoliyatini motivatsiyalash, ya’ni xodimlarga maqsadli ta’sir o`tkazish;
-faoliyat turlarini koordinatsiyalash, ya’ni ijrochilar xatti-harakatlarini o`zaro kelishtirish;
-bajarilgan ishni hisobga olish va baholash, ya’ni ish natijalarini o`lchash va ularni tahlil qilish;
-ish borishini nazorat qilish, ya’ni natijalarni maqsadlar bilan solishtirib borish;
-aks ta’sir aloqa, ya’ni maqsadlarga vaqtida tuzatish kiritish.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling