Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
-rasm Oxirgi kattalik, ya’ni suvning harorati bo‘yicha yopishqoqlik koeffitsiyenti - ning qiymati aniqlanadi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Oqim tezligi. 2. Oqim tarkibidagi loyqa oqiziqlar miqdori.
- - muallaq oqiziqlar 199 - o‘zan tubi oqiziqlari.
21.6-rasm
Oxirgi kattalik, ya’ni suvning harorati bo‘yicha yopishqoqlik koeffitsiyenti - ning qiymati aniqlanadi. Turbulent rejimli yassi oqim parametrlarini hisoblashda quyidagi ifodalardan foydalanamiz 1. Oqimning o‘rtacha tezligini hisoblash. a) A.Shezi ifodasi yordamida hisoblash S J h C J R , (3.1) bu yerda: h R deb qabul qilindi, Chunki yassi oqimning kengligi uning chuqurligiga nisbatan bir necha marta katta bo‘ladi. b) logorifmik ifoda yordamida hisoblash 4 lg J h g h 2 7 , 16 . (3.2) 2. Eng katta tezlikni hisoblash 0 U . 15 , 6 lg / 7 , 16 lg h h (3.3) 3. Ayrim nuqtalardagi yoki mahalliy tezliklarni hisoblash a) V.N.Goncharov taklif etgan logorifmik ifoda yordamida hisoblash . 15 , 6 lg 0 , 1 7 , 16 lg h У U (3.4) b) A.V.Karaushevning empirik ifodasi yordamida hisoblash ; 1 3 , 3 57 , 0 1 2 0 h У C U U (3.5) v) Bazenning parabolik ifodasi yordamida hisoblash . 1 24 2 0 h У C U U (3.6) 4. Reynolds sonini hisoblash yuqorida qayd etilgan J yassi oqim 198 h Re (3.7) ifoda yordamida hisoblanadi. 5. O‘zanning qarshilik koeffitsiyentini hisoblash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi: . 15 , 6 lg 4 0 , 1 2 h (3.8) 6. A.Shezi koeffitsiyentini hisoblash h g h С 15 , 6 lg 7 , 17 2 15 , 6 lg 4 . (3.9) 7. To‘liq urinma kuchlanishni hisoblash: 0,5 2 g h J (3.10) 8. O‘zan tubidagi vixr (girdob) tezligini hisoblash x.o h 15 , 6 lg . (3.11) Ushbu ifodalardagi belgilashlar yuqorida qayd etilgan. 21.4. Deformatsiyalanuvchi o‘zandagi suv va oqiziqlar oqimining asosiy ko‘rsatkichlari Barcha tabiiy o‘zanlar deformatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni ular turli omillar, asosan, suv oqimi ta’sirida yemiriladi, qirg‘oqlari qulab tushadi yoki loyqa oqiziqlar cho‘kadi, natijada, shaklini o‘zgartiradi. O‘zan deformatsiyasini yuzaga keltiruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin 1. Oqim tezligi. 2. Oqim tarkibidagi loyqa oqiziqlar miqdori. Mana shu har ikki omil bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Tezlik qancha katta bo‘lsa, o‘zanda yuvilish ham shuncha ortadi. Natijada o‘zan chuqurlashadi yoki kengayadi. Tezlikning kichik bo‘lishi esa loyqa oqiziqlarning o‘zan tubiga cho‘kishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘zanning sayozlanishiga olib keladi. Demak, o‘zan deformatsiyasi jarayoni ko‘p jihatdan daryolarning loyqa oqiziqlari rejimi bilan aniqlanadi. Chunki loyqa oqiziqlar o‘zan deformatsiyasini belgilovchi material bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, loyqa oqiziqlar o‘zandagi harakatlanish holatiga qarab quyidagi ikki guruhga bo‘linadi - muallaq oqiziqlar 199 - o‘zan tubi oqiziqlari. Suv oqimida har ikki guruhning miqdoriy qiymatlari orasidagi nisbat ham quyidagi ikki omil bilan aniqlanadi 1.O‘zanni tashkil etgan tuproq-gruntlarning geologik tuzilishi va litologik tarkibi bilan. 2. Suv oqimining tezligi bilan. Tog‘li hududlarda daryolar o‘zani nishabligi katta bo‘lgani uchun muallaq holda harakatlanayotgan loyqa oqiziqlarning gidravlik o‘lchamlari ham katta bo‘ladi. Tekislikka chiqqach, nishablikning kamayishi natijasida tezlik ham kamayib, bir qismi (yiriklari) o‘zan tubi oqiziqlariga aylanadi. Yuqoridagi masalalarni o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Amaliy ahamiyati shundaki, har qanday gidrotexnik inshootni loyihalash, qurish va foydalanishda yuqoridagi masalalar ijobiy hal etilgan bo‘lishi kerak. O‘zanda harakatlanadigan loyqa oqiziqlarning manbai quyidagi ikki tashkil etuvchidan iborat 1. Daryo havzasidan tuproq-gruntlarning yuvilishi (suv eroziyasi) natijasida hosil bo‘lgan loyqa oqiziqlar. 2. O‘zanning yemirilishi yoki yuvilishi natijasida hosil bo‘lgan loyqa oqiziqlar. Loyqa oqiziqlarni gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish va foydalanish nuqtai - nazardan o‘rganishda ularning quyidagi ikki asosiy ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi 1. Tuproq-gruntlar va oqiziqlarning mexanik ko‘rsatkichlari. 2. Tuproq-gruntlar va oqiziqlarning gidravlik ko‘rsatkichlar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling