Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
- kategoriyali faol ta’sir ko‘rsatuvchi GTI
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
1 - kategoriyali faol ta’sir ko‘rsatuvchi GTI. Ularga to‘g‘onlar,
ko‘priklar, suv taqsimlagichlar, daryo oqimining bir qismini boshqa havzalarga tashlash misol bo‘ladi. 2 - kategoriyali faol ta’sir ko‘rsatuvchi GTI larga dambalar qurish, o‘zanni to‘g‘rilash ishlari misol bo‘ladi. Sust (passiv) ta’sir ko‘rsatadigan gidrotexnik inshootlarga to‘g‘onsiz suv olish, yog‘och oqizish, oqova suvlarni tozalash inshootlari kiradi. Cho‘kish yuvilish 21.9-rasm Umuman, yuqoridagi suv inshootlarining barchasi, birinchi navbatda, suvning oqish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, loyqa oqiziqlar o‘zan tubiga cho‘kishi mumkin yoki, aksincha, o‘zan yemirilishi mumkin. Ularning oqibatida esa daryo uzunligi bo‘yicha o‘zan jarayonlarida keskin o‘zgarish bo‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, gidrotexnik inshootlardan yuqorida loyqa oqiziqlarning to‘planishi, undan quyida esa, aksincha, o‘zanning yuvilish jarayoni kuzatiladi. O‘zan jarayonlariga eng faol ta’sirni suv omborlari yoki gidroelektrostansiyalarning to‘g‘onlari ko‘rsatadi. Chunki to‘g‘ondan yuqorida loyqa oqiziqlar deyarli 100 foiz cho‘kadi. Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishi. Suv omborlarini loyihalash bosqichida asosiy masalalardan biri ularning ishlash - samarali faoliyat ko‘rsatish muddatini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Shu tufayli barcha loyihalarda suv ombori hajmining o‘zan jarayonlariga bog‘liq holda o‘zgarishi, ya’ni loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishi natijasida ularning suv sig‘imining kamayishi hisobga olinadi. 204 Umumiy ko‘rsatmalarda suv ombori hajmining 70-80 foizi loyqa oqiziqlar bilan to‘lsa, uning foydalanishga yaroqsiz ekanligi ta’kidlanadi. Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini baholashga oid hisoblashlar quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi 1. Loyqa bilan to‘lish hisobiga suv ombori foydali hajmining kamayishini baholash; 2. Suv yuzasi dimlanish egri chizig‘iga bog‘liq holda suv ostida qoladigan maydonlarni aniqlash; 3. Loyqa bilan to‘lish natijasida kema qatnovi chuqurligining o‘zgarishini baholash; 4. O‘zanning ko‘ndalang siljishi faollashgan zonalar chegarasini aniqlash; 5. Loyqa oqiziqlarning o‘zan tubi bo‘yicha to‘g‘on tomon siljish jadalligini baholash; 6. Suv sathi pasayishiga bog‘liq holda suv omborining loyqa oqiziqlardan tozalanish jarayonining samaraliligini baholash va boshqalar. Qayd etilgan masalalarni amalda yoritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ushbu qo‘llanmaning yakunida keltirilgan adabiyotlarda keng yoritilgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling