Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
va suv omborlari gidrologiyasi - ko‘lshunoslik yoki limnologiya,
muzliklar gidrologiyasi - glyasiologiya, yer osti suvlari gidrologiyasi – gidrogeologiya, botqoqliklar gidrologiyasi – talmatologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Ko‘p hollarda gidrologiya deganda, quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. 7 Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri - suv obyektlarining gidrologik rejimini o‘rganishdan iboratdir. Hozirgi kunda, o‘rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga ko‘ra hamda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog‘liq holda, gidrologiyadan uning gidrografiya, gidrometriya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik prognozlar kabi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, umumiy nom bilan, muhandislik gidrologiyasi deb ham ataladi. Gidrografiya - ma’lum hududdagi suv obyektlari, jumladan, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar, botqoqliklar, ularning joylashish o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarini shu joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Bir so‘z bilan aytganda, gidrografiya suv obyektlariga ularning gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondashgan holda, yozma tavsif beradi. Gidrometriya - gidrologiyaning o‘lchov qismidir. Hozirgi kunda uning daryolar gidrometriyasi, ko‘llar va suv omborlar gidrometriyasi, okean va dengizlar gidrometriyasi kabi alohida yo‘nalishlari shakllandi. Daryolar gidrometriyasi daryolarning gidrologik rejimi elementlarini, jumladan, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, suv yuzasi nishabligini o‘lchash, kuzatish usullarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling