Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Daryolar suv resurslarini muhofaza qilish
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
22.5. Daryolar suv resurslarini muhofaza qilish
Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi, miqdoriy jihatdan kamayishdan saqlash bo‘lsa, ikkinchisi, uning ifloslanish va minerallashish darajasining ortib ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o‘lkamizda yuqoridagi har ikki yo‘nalish ham juda muhimdir. 216 Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramay, uni tejashga kam e’tibor berilayapti, natijada, suvning ko‘p qismi bekorga sarf bo‘lmoqda. Deyarli barcha iste’molchilar doimiy ravishda me’yordan ko‘p suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida yer osti suvlari sathining ko‘tarilishiga, yerlarning qayta sho‘rlanishiga olib kelmoqda. O‘z navbatida sho‘rni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada, sug‘oriladigan yerlarda hosil bo‘ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, sug‘orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, kanallar o‘zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo‘li bilan sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,70,8 ga yetkazib hamda yuqorida aytilganidek, sug‘orishning ilg‘or usullarini qo‘llash bilangina erishish mumkin. Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri sug‘orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Resrublikada bu suvlar, asosan, ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiykommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan bo‘ladi. F.E.Rubinova ma’lumotlariga ko‘ra, 19711975 - yillarda Farg‘ona vodiysida irrigatsiya maqsadlarida yiliga o‘rtacha 19 km 3 suv sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan qaytarma suvlar 9 km 3 ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho‘lda yiliga 6,3 km 3 suv olinib, qaytarma suvlar 2,2 km 3 ga teng bo‘lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug‘orish massivlarida 19611980 - yillar mobaynida qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‘zgarib turdi. 70yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potensial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 km 3 ni (sug‘orishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km 3 ni tashkil etdi (22.5jadval). 22.5jadval Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling