Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


­jadval  O‘rta Osiyodagi eng yirik suv omborlarining


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   200
Bog'liq
pdf

 
22.4­jadval 
O‘rta Osiyodagi eng yirik suv omborlarining 
loyiha suv hajmlari 
Suv 
ombori 
To‘ldirish 
boshlangan 
yili 
Suv yuzasi 
maydoni km

Suv hajmi, km

umumiy 
foydali 
foydasiz 
Norak 
1972 
98 
10,6 
4,5 
6,0 
To‘xtag‘ul 
1973 
284 
19,6 
14,0 
5,5 
E.N.Minayevaning aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o‘zidagina, uni 
20 yil ekspluatatsiya qilish davomida, 21,7 km
3
hajmdagi suv yer osti suvlari 
linzasi hosil bo‘lishiga sarf bo‘lgan. Xuddi shu ko‘rinishdagi sarflanish 
Amu­Buxoro kanali zonasida 2,4 km
3
ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km
3
ni 
tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta’siridagi 
yo‘qotish DGI ma’lumotiga ko‘ra 70­yillarda Sirdaryo va Amudaryo 
havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km
3
va 15,5 km
3
ga teng bo‘lgan. 
Ko‘rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda katta. 
F.E.Rubinova ma’lumotlariga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish 
mumkin: 20 yil (1960­1980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida 
sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo havzasida yiliga 14,2 km
3
dan 26,1 
km
3
yetgan bo‘lsa, Amudaryo havzasida 15,6 km
3
dan 34,2 km
3
ga ortdi, 
boshqacha qilib aytganda, har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 
19,4 mln.m
3
ni, Amudaryo havzasida esa 20,5 mln.m
3
ni tashkil etdi. Hozirgi 
kunda ham asosiy ekin turi hisoblangan har gektar paxta maydonini sug‘orish 
uchun bir mavsumda o‘rtacha 8­10 ming m
3
suv me’yor sifatida qabul qili-
nishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini 
ko‘ramiz. Bu esa o‘lkamiz suv boyliklaridan samarali foydalanishning asosiy 
rezervidir. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling