Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   200
Bog'liq
pdf

 
Ch i r ch i q daryosi Sirdaryoning nisbatan yirik irmoqlaridan 
hisoblanadi. U Piskom va Chotqol daryolari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 


212 
Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida daryoda Chorbog‘ suv ombori qurilib, ishga 
tushirilgandan so‘ng (1970 - yil) Chirchiq daryosi bevosita suv omboridan 
oqib chiqadi. Daryoning o‘rtacha yillik oqim miqdori 7,82 mlrd. m

ga 
tengdir. 
Chotqol va Qurama tog‘ tizmalariga yoqqan yog‘inlar hisobiga 
to‘yinuvchi qo‘shni O h a n g a r o n daryosining suv resurslari juda kam 
(yiliga 1,22 mlrd.m
3
). Uning ko‘pdan­ko‘p chap va o‘ng irmoqlari­soylari 
(Dukantsoy, Qorabag‘irsoy, Niyozboshsoy va boshqalar) ham kamsuvli 
bo‘lib, ularning umumiy o‘rtacha yillik suv sarfi bor ­ yo‘g‘i 2 m
3
/s ga teng. 
 
K a l a s daryosi Qorjantov tizmasi shimoli­g‘arbiy yonbag‘irlaridan 
oqib tushadigan Juzumduq va Jegirgen daryolarining qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi. Daryoning o‘rtacha oqimi yiliga 206 mln.m
3
ga teng. Daryo suvi, 
uning tog‘li qismidayoq sug‘orishga sarflana boshlashi tufayli, tekislikka 
chiqqanda juda kamayib ketadi. Shu sababli Kalas daryosi havzasiga 
Chirchiq daryosidan Zaxariq kanali qazilgan. Shu kanal suvlari bilan Kalas 
vodiysining quyi, ya’ni tekislik qismidagi yerlar sug‘oriladi. Shuning 
uchun ham Kalas daryosi Sirdaryogacha yetib boradi va unga tog‘lardan 
chiqish joyidagi suv miqdoriga nisbatan ko‘proq suv eltib quyadi. 
 
22.4. Daryolar suv resurslarining sarflanishi 
Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun ularning qaysi yo‘llar 
bilan sarflanishini bilish zarur. Ma’lumki, suv resurslari ikki yo‘l bilan ­ 
tabiiy va inson xo‘jalik faoliyati, ya’ni antropogen omillar ta’sirida 
sarflanadi. 
Suv resurslarining tabiiy sarflanishi quyidagi yo‘llar bilan ro‘y 
beradi: daryolar o‘zanidan, ko‘llar kosasidan bo‘ladigan shimilish 
ko‘rinishida, suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish, namsevar yovvoyi 
o‘simliklar tanasidan transpiratsiya yo‘li bilan bug‘lanish, daryoda suv 
toshgan davrda uning ma’lum bir qismining qayirda qolishi va hokazolar. 
Davlat Gidrologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra o‘tgan asrning 
70­yillarida daryo oqimining tabiiy sarflanishi Sirdaryo va Amudaryo 
havzalarida mos ravishda yiliga o‘rtacha 1,7 va 3,3 km
3
ni tashkil etgan. 
Tabiiy sarflanish miqdori daryoning suvliligiga bog‘liq, ya’ni 
daryoda suv qancha ko‘p bo‘lsa, sarflanish ham shuncha katta miqdorda 
kuzatiladi. 
Suv resurslarining insonning xo‘jalik faoliyati, ya’ni antropogen 
omillar ta’sirida sarflanishi ularning irrigatsiya, maishiy­kommunal va 
sanoat tarmoqlarida ishlatilishi bilan bog‘liq. 


213 
Suv resurslarining antropogen omillar ta’sirida sarflanish jarayoni 
yaxshi o‘rganilmagan. Afsuski, bu muammoning yechimi ustida olib 
borilayotgan tadqiqotlar hozirgi kunda ham talab darajasida emas. 
O‘lkamiz sharoitida suv resurslarining katta qismi ­ 90 foizdan 
ortiqrog‘i irrigatsiya maqsadlarida sarflanadi. Bu sarflanish ekin 
maydonlari, suv omborlari, sug‘orish kanallari, kollektor­zovurlar 
yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishdan, yangi o‘zlashtirilgan yerlardagi, 
yangi qurilgan suv omborlaridagi, kollektor ­zovurlardagi suvning 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling