Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Kartalar va chizmalar. Ularni yaratish va chiqarib olish uchun YTLATda 
sturlitli kartografik belgilarning mavjud kutubxonasini kengaytirish va yangisini 
yaratish; silliq egrilar qurish; grafikaviy tasvirlarni rasmiylashtirish (shtrixlash, 
bo‟yash, sturlitli belgilarni, turli xil yo‟nalishdagi va shakldagi yozuvlarni, turli xil 
turdagi va rangdagi chiziqlarni va sh.o‟. joylashtirish); koordinatalar to‟rini va 
ramkalarini qurish; ramkadan tashqari rasmiylashtirishni bajarish (tepa yozuvi, 
legenda, shtamp va sh.o‟.); chizmani plotterga chiqarish uchun qatlam elementla-
rini ustivorliklari bo‟yicha tartibga solish imkonini beradigan mexanizm yaratish 
kerak. 
Erkin so’rovlar. Xar qanday ma‟lumotlar bazasida standart so‟rovlardan 
bitta yoki bir necha ko‟rsatkichlar bo‟yicha tizimdan talab etilayotgan ma‟lumot-
larni tanlash va ularni oldindan belgilangan shaklda ko‟rsatish uchun foydalani-
ladi. Biroq ko‟pchilik vaziyatlarda bu yetarlik bo‟lmaydi va foydalanuvchi 
tomonidan belgilangan sturlitlarga mos tarzda semantika ma‟lumotlari bazasidan 
ma‟lumotlarni tanlash hamda mos grafikaviy obyektlarni izlash va ekranga 
chiqarish zarurati tug‟iladi. 
Hisobotlar generatoridan foydalanib yaratiladigan ixtiyoriy shakldagi 
hujjatlar. Ularni ishlash zarurati, ananaviy hisobotlar shakllari zamonaviy 
talablarga javob bermay qolgan hollarda, tug‟iladi. Shu maqsadda YTLAT 
modullari tarkibiga hisobotlar generatori kiritiladi va u foydalanuvchiga chiquvchi 
hujjatlar jadvallarini shaklan o‟zgartirish yoki mustaqil ishlash imkonini beradi. 


66 
4.5. Ma’lumotlarni himoya qilish 
 
Barcha avtomatlashgan tizimlar singari YTLATdan foydalanishda ham 
ma‟lumotlarni himoya qilish katta ahamiyatga ega. Tizim birinchi navbatda 
ruxsatsiz kirishdan, tasodifiy ahamiyatli ma‟lumotlarni o‟chirish va tahrirlashdan, 
elektr energiyasi va dasturiy ta‟minotdagi uzilishlardan himoyalangan bo‟lishi 
zarur. Dasturlar to‟plamlaridan foydalanishda mualliflash va autentifikatsiya 
tamoyillari, intellektual mulk huquqi saqlanishi muxim ahamiyatga ega. Bunda 
mualliflash tamoyili deganda foydalanuvchilar uchun ruxsat etiladigan turli 
xarakatlarni belgilash tushiniladi. Autentifikatsiya esa – foydalanuvchi, (ular guruhi 
va kompyuterlar) ismlarining to‟g‟riligini tekshiruvidir (asosan parol himoyasi 
yordamida). Qonun huquq egasining ruxsatisiz dasturiy ta‟minotdan foydalanishni, 
nusxa ko‟chirishni va tarqatishni taqiqlaydi. 
YTLATni ishlashda loyihalashning qabul qilingan ko‟rsatkichlarini (aniq-
lik, o‟lcham birliklari, turli xil koordinata tizimlariga o‟tish o‟lchamlari, senzura va 
sh.o‟.) aniq belgilaydigan ko‟rsatmalar ishlanishi kerak. Foydalanuvchilarni ro‟y-
xatga olish, parollar, kirish darajalarini cheklash, vakolatlar belgilash va sh.o‟. 
tartibini ham o‟ylash kerak ( 16-rasm). 
16-rasm. Elektron xaritalarni himoya qilish 


67 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling