Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
Grafikaviy ishchi stantsiyalar
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
6.3. Grafikaviy ishchi stantsiyalar
YTLAT operatorining ishchi o‟rnini jihozlashda, avvalo, grafikaviy stantsiyaning apparatlari resurslari to‟g‟risida savol tug‟iladi. Zamonaviy dasturiy ta‟minot ularga yetarli darajada qattiq talablar qo‟yadi. Maksimal unumdorlikka erishish uchun nafaqat bugungi kunda eng quvvatli protsessor, balki, yana qator pastki tizimlarning yuqori tavsiflari zarur bo‟ladi. Ko‟plab YTLATlar bilan ishlashda grafikaviy stantsiya uchta asosiy ishlarni bajaradi. Ularni bajarish tartibi bo‟yicha ko‟rib chiqamiz. 1. Tizim va markaz modullariga ish yuklash. Barcha mavjud YTLATlar o‟zida modullar tarkibini ifodalaydi, ularning turli biri u yoki bu vazifalarni bajara- di. Foydalanuvchi modullardan qancha ko‟p foydalansa, qattiq disk, tezkor xotira va protsessorlar orasida shuncha tez ma‟lumotlar almashish sodir bo‟ladi. Shuning uchun ham stantsiyaning ishlash tezligi to‟g‟ridan-to‟g‟ri tizim shinasining o‟tkazish qobiliyatiga bog‟liq bo‟ladi. 2. Modelning geometrik o‟zgarishini ko‟p martalab qayta hisoblash; bu ishlar uchun talab etiladigan vaqt model o‟lchamiga bog‟liq bo‟lib, disk yuzasida o‟nlab, hattoki yuzlab megabaytni egallashi mumkin. Qayta hisoblashda model tezkor xotirada «o‟tkaziladi» va asta sekin protsessorda qayta hisoblanadi; bu yerda grafikaviy stantsiyaning ish unumdorligi, asosan, protsessor quvvatiga bog‟liq bo‟ladi. 3. Modelga ko‟rinish berish. Bugungi kunning talabi - modelni uch o‟lchamda rangli ko‟rsatish va uni real vaqtda manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‟lishdir. Bu ishlarning tezligi, asosan, grafikaviy tezlatgichning quvvatiga va uni tezkor xotira bilan bog‟lovchi shinaning o‟tkazish qobiliyatiga bog‟liq bo‟ladi. 88 Ko‟rsatilgan talablarni umumlashtiradigan bo‟lsak, aytishimiz mumkinki, turli qanday grafikaviy stantsiya uchun eng avvalo protsessorni, grafikaviy va diskli pastki tizimlarni, grafikaviy va tizimli shinalarni tanlash katta ahamiyatga ega. Ishchi stantsiyalarni ishlab chiqaruvchilar orasida an‟anaviy liderlar (oldingilar) SUN, SGI va DEClar hisoblanadi. Xozirgi vaqtda esa ular jumlasiga Intel Pentium IV, MIPS RISC protsessorlari bazasidagi UNIX, Microsoft Windows NT/2000 (hamda keyingilari), Red Nalt Linux ishchi tizimlaridan foydalanuvchi mashinalar kiradi. Ularning imkoniyatlari berilgan platformalar uchun ishlangan dasturiy ta‟minotlar bilan aniqlanadi. Bunday grafikaviy stantsiyalarning baholari doim yuqori bo‟lib kelmoqda. Alternativ variant sifatida quvvatli grafikaviy pastki tizimga va bitta yoki bir necha Pentium IV protsessorga ega, oddiy xususiy (personal) kompyuterlardan foydalanish mumkin. Bunday stantsiyalar hisoblash quvvati pastroq bo‟lganligi uchun hamma vaqt ham o‟ta murakkab grafikaviy masalalarni yechish uchun zarur ish unumdorligini ta‟minlay olmaydi, biroq ular foydalanilishi mumkin bo‟lgan ilovalar soni bo‟yicha katta ustunlikka ega (sababi, «ommaviy» Windows 9x, Windows NT/ 2000 ishchi tizimlaridan foydalaniladi). Undan tashqari ular nafaqat arzon baholari, balki, bahoning ish unumdorligiga nisbatining yaxshiligi bilan ham ajralib turishadi. Ko‟plab grafikaviy pastki tizimlar orasidan uch o‟lchamli modellashtirish va ekranda ko‟rsatish tizimlari uchun mo‟ljallangan ELSA, shu jumladan ELSA Gloria – Synergy, Gloria – L, Gloria – L/MX, Gloria – XL, Gloria – XXL professional grafikaviy tezlatgichlarni ajratib ko‟rsatish mumkin. ELSA platalarida turuvchi grafikaviy protsessorlar ko‟plab sinovlar natijasi bo‟yicha eng tez va ishonchli deb topildi. Buning sababi, ham sifatli tayyorlanishida (Yevropa zavodlarida ishlab chiqariladi va himoyalangan sifatga ega), ham o‟zining sxema texnik yechimlarida, keng turlardagi drayverlar va boshqa asbob vositalaridadir. O‟z platalarida firma 3D Ladsda ishlab chiqarilgan Glint seriyasidagi maxsus grafikaviy protsessorlardan foydalanadi. Uch o‟lchamli 89 modelni ekranga chiqarishda rastrlash amalga oshiriladi, ya‟ni model to‟g‟risida ma‟lumotlarga asosan rastrli tasvir yaratiladi. Aynan mana shu jarayon, eng ko‟p apparatli qo‟llab-quvvatlashga muxtoj bo‟ladi. Bundan tashqari grafikaviy platada uch o‟lchamli obyektlar bilan manipulyatsiya qiluvchi geometrik protsessor bo‟lishi kerak. Z – buferi tasvirining turli bir nuqtasi va teksturalar to‟g‟risidagi ma‟lumotlar uchun uchinchi koordinata to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni saqlash uchun ko‟rsatish xotirasini ikkilangan buferlashni ta‟minlash kerak. Tekstura to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning ko‟payishi ko‟rsatish xotirasining kamayishiga olib keladi, bu esa rang tiniqligini va aniqligini pasaytiradi, shuning uchun ELSA Gloria –L, Gloria – L/MX, Gloria – XL/XXL modellarida ajratilgan ko‟rsatish (video) va 3D xotira bor. Sifatli ko‟rinishning zarur sturliti - yuqori aniqlik va TrueColor/HighColor tartiblarini (rejimlarini) qo‟llab-quvvatlashdir. ELSA firmasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yechilgan yana bir masala – Gloria nazarotchilarini keng qamrovli ilovalar uchun yaroqli etishdir. Buning uchun nazoratchilar AutoCAD, Autodesk inventor, Autodesk Mechanical Desktop, 3D Studio MAX/VIZ va ko‟plab boshqa 3D tizimlar bilan samarali ishlash imkonini beradigan OpenGL interfeysini qo‟llab-quvvatlaydilar; 3D Studio MAX/VIZ va AutoCAD 2000 dasturlari bilan ishlash uchun maxsus HEIDI – drayveri bor. Grafikaviy stantsiya umumiy ish unumdorligining sezilarli qismini diskali pastki tizim (qattiq disk nazoratchisi, interfeys va diskning o‟zidan tashkil topgan majmua) ish unumdorligi tashkil etadi. Bugungi kunda asosan ikki turdagi interfeys: SCSI va UltraATA ishlatiladi. SCSIning ustunligi - uning moslashuv- chanligi, universalligi, kaskadlashtirilishi, sakkiztagacha qurilmalarni ulash imkoniyati (qo‟shimcha, vinchesterlar, CD-ROM, skanerlar va sh.o‟.), ta‟sirlarga turg‟unligi va ma‟lumotlarni uzatishda eng yuqori tezligi (1600 Mb/s gacha) hisoblanadi. Biroq interfeysning va mos qurilmalarning qimmatligi sababli, undan faqat haqiqatan ham juda zarur vaziyatlarda foydalanish kerak. Standart UltraATA ma‟lumotlarni uzatishning kichikroq tezligini (66 Mb/c gacha ) va 4 ta qurilmagacha yuklamani ta‟minlaydi, biroq u ancha arzon. Qattiq disk hajmiga qaraganda baholash mezoni bitta – qancha ko‟p bo‟lsa, shuncha yaxshi. Disk 90 yuzasida katta hajm talab qiladigan grafikaviy modullardan tashqari uch o‟lchamli modellar loyihalarining o‟zi ham vinchesterda yuzlab megabayt hajmni egallaydi. Tezkor (operativ) xotiraning hajmi ham katta ahamiyatga ega. ZD – grafika bilan ishlashda u tizimning umumiy unumdorligini pasaytirib yubormasligi uchun yetarlik darajada katta bo‟lishi kerak (128 dan 512 Mb gacha). Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling