Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

BMP formati. Bu format Windows ishchi tizimi uchun «o‟ziniki» 
hisoblanadi. Bu formatda, jumladan, ekran qo‟yilmasi sifatida foydalaniladigan 
rasmlar yoziladi. 
DXF formati. DXF filtri yordamida grafikaviy fayllarni Corel Draw va
Auto CAD orasida almashish mumkin. Ikki dastur orasidagi ma‟lumotlar va fayllar 
almashishdagi asosiy muammoni fayl o‟lchami va boshlang‟ich obyektning 
o‟lcham birligi keltirib chiqaradi. Auto CAD Corel Drawga nisbatan ancha quvvatli 
grafikaviy to‟plam hisoblanadi. 
Corel Drawda obyektning maksimal o‟lchami 760x760 mm. Shuning 
uchun obyekt tasvirini import qilishda, masalan, Auto CAD o‟lcham birligida 
uning diametri 1m berilgan bo‟lsa, Corel Draw avtomatik tarzda uni o‟zining 
mumkin bo‟lgan maksimal o‟lchamigacha qirqadi. 
EPS formati. Bu formatda ham Corel Draw ma‟lumotlarni almashish
imkonini beradi. Bunda Adobe firmasida ishlangan maxsus Post Script dasturiy 
tiliga suyaniladi. EPS formatidagi fayllar matn va rastrlangan grafikani birgalikda 
uyg‟unlashtirish imkonini beradi; ularni amalda barcha dasturlar, hattoki, Apple 
Macintosh uchun yaratilganlari ham o‟qiydi. 
HPGL formati. Ko‟plab dasturlar ma‟lumotlarni HPGL plotterlarini 
boshqarish tili formatida qabul qiladi. Tasvirni plotterga chiqarishdan oldin uni .plt 
bilan kengaytirilgan faylda saqlash kerak. 
RSX formati. Rastrlangan grafika uchun eng ko‟p tarqalgan formatlardan 
biri. Bu format bilan, jumladan, Corel firmasining dasturiy to‟plamiga kiruvchi 
Corel Photo Paint ham ishlaydi. Export buyrug‟ini berib va chiquvchi format 
sifatida RSXni belgilab, siz ekranga muloqat dalasi Bitmap Exportni chaqirasiz. 
Color va Greycale tanlash joylarida chiqishdagi tasvirning turi – rangli yoki 
kulrang, tanlanadi. 
TIF formati – rastrli formatlar ichida eng ko‟p tarqalganidir. Boshlanishda 
u skanerlanadigan oq-qora tasvirlar uchun ishlangan edi, keyinchalik u takomil-
lashtirildi va rangli rasmlar uchun ham yaroqli holga keltirildi. Bu formatga tasvir-


97 
larni eksport qilishda eng ahamiyatli parametr Resolution dalasiga qo‟yiladigan 
imkoniyat darajasi hisoblanadi. 
Imkoniyat darajasi qancha yuqori – 300 dpi, 600 dpi va yuqori bo‟lsa rastr 
nuqtasining o‟lchami shuncha kichik va mos tarzda tasvirni uzatish sifati shuncha 
yuqori bo‟ladi. TIF formatidan Corel Draw ga import qilingan grafikaviy
obyektlar o‟z formatlarini saqlashadi va ekranga rastrlangan tasvir qilib chiqariladi.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling