Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
WMF formati. Microsoft firmasida ishlangan maxsus format bo‟lib,
Windows muhitida grafikaviy vektorli fayllarni almashish uchun yaratilgan. GIF formati odatda Internet tarmog‟ida rastrli tasvirlarni uzatish uchun foydalaniladi. Tasvirni uzatishi yaxshi, lekin rang chuqurligi bori- yo‟g‟i 8 bit. JPG formati ham, asosan, Internet uchun mo‟ljallangan. GIF formatidan farqli o‟laroq, ranglar to‟g‟risidagi barcha ma‟lumotlarni saqlaydi, ko‟pchilik hollarda tasvir sifatini sezilarli pasaytirmasdan, fayl hajmini o‟nlab marta qisqartirish imkonini beradigan juda kuchli siqish algoritmidan foydalanadi. 6.6. Skanerlangan tasvirlarni vektorlash va gibrid taxrirlash uchun dasturiy vositalar Loyiha – konstruktorlik, kartografik, geoinformatsion yoki yer tuzish masalalarini yechish uchun avtomatlashtirilgan ishchi o‟rin tashkil etishda, amalda turli qanday firma avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ko‟p yillik qog‟ozli, foto va slaydli arxivlarda saqlanayotgan, oldin ishlangan materiallardan foydalanish muammosiga duch keladi. Skaner bo‟lsa, turli qanday hujjatni elektron shaklga o‟tkazish ko‟p mehnat talab etmaydi. Natijada rastrli formatlarning biriga tasvir yozilgan fayl olinadi. Asta–sekin arxivning to‟la elektron versiyasini yaratish va keyinchalik elektron hujjat almashish tizimiga va ma‟lumotlarni saqlashga to‟la o‟tish mumkin. Loyihachiga yoki konstruktorga birinchi navbatda, skanerlangan tasvir bilan keyingi ishlash va undan yangi loyihalarda foydalanish imkoniyati katta ahamiyatga ega. Ananaviy Corel Photo – Paint yoki Adobe Photoshop kabi rastrli taxrirchilar bu maqsadlar uchun umuman yaramaydi, sababi, ular badiiy tasvirlarni 98 yaratishga mo‟ljallangan. Injener – texnik, geoinformatsion yoki kartografik chizma materiallarining rastrli elektron nusxalari bilan ishlash uchun maxsus dasturlar – vektorlovchilar va gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchilar kerak. Vektorlovchilar skanerlangan rastrli tasvirlarni vektorliga aylantirishga mo‟ljallangan. Keyin ular bilan ishlash uchun LIAT, GAT va kartografiyaning ananaviy tizimlaridan foydalanish mumkin. Gibrid tahrirchilar zarur hollarda vektorlash hamda rastrli, vektorli va gibrid chizmalarni to‟g‟ridan – to‟g‟ri tahrirlash imkonini beradi. Aytish kerakki, LIAT va GAT tushunchalarining o‟zlari, avvalo, vektorli grafikaga bog‟langan edi. Gibrid tahrirchilarning paydo bo‟lishi bilan, amalda yangi tushuncha – rastrli – vektorli LIAT va GAT paydo bo‟ldi. Gibrid tahrirchilarning, agar skanerlangan tasvirni tahrirlashda qisman vektorlashtirish zarur bo‟lsa yoki u umuman talab etilmasa, o‟rnini hech nima bosa olmaydi. Bu juda katta ahamiyatga ega, sababi, turli qanday vektorlash natijalarni ko‟rib nazorat etish va paydo bo‟ladigan xatolarni tuzatish uchun ko‟p vaqt sarflashni talab etadi. Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlar, ham mustaqil tizimlar ham yuqori darajadagi loyihaviy tizimlarga ustqurma sifatida ishlatilishlari mumkin. Birinchi vaziyatda ular o‟z ma‟lumotlar formatidan foydalanishadi va skanerlangan tasvirlar bilan ishlash uchun barcha zarur asboblarni o‟z ichiga oladi. Bunday gibrid tahrirchilar qator vaziyatlarda ananaviy loyihaviy tizimlarga alternativ bo‟lishlari mumkin. Ananaviy loyihaviy tizimlarga dasturiy ustqurilmalar mazmunan, ularni kuchli rastrli – vektorli tahrirchiga aylantirish imkonini beradi (masalan, Auto CAD). Shu bilan foydalanuvchiga vektorli tahrirlash vositalarining o‟lchovsiz katta yig‟indisidan foydalanish imkonini yaratadi. Vektorlash va gibrid tahrirlashning universal va tor ixtisoslashgan dasturlari mavjud, ularning eng taniqlilari quyida ko‟rsatilgan. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling