Uchun ishlang", "Ular bizning maktabda о‘qishgan", "Katta istiqbolga ega kasblar", "Mehnat va ijod
BOSHLANG‘ICH SINF О‘QITUVCHISINING KASBIY RIVOJLANISH
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
390-392
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sо‘zlar
BOSHLANG‘ICH SINF О‘QITUVCHISINING KASBIY RIVOJLANISH
TRAYEKTORIYASI https://doi.org/10.5281/zenodo.6569026 H.S.Og‘ayev BuxDU mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishida malaka oshirish tizimining о‘rni hamda ularda yangi kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish mayllarini hosil qilish va yangi g‘oyalarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan faoliyat haqida fikrt yuritilgan. Kalit sо‘zlar: shaxsiy kasbiy faoliyat, ta’lim jarayoni,kasbiy shaxsiy rivojlanish, kasbiy layoqat, shaxsiy-kasbiy taraqqiyotlari, innovatsion, ijodiy, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5712- son Farmonida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, о‘qitish metodikasiga oid о‘quv materiallarini takomillashtirish, ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini о‘zlashtirish, ta’lim berishda shaxsga yо‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish ustivor vazifa sifatida belgilab berilgan. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishida malaka oshirish tizimida ularning ehtiyojini qondirish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishi ularda yangi kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish mayllarini hosil qilish, yangi g‘oyalarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy-shaxsiy rivojlanishlarida yaqqol namoyon bо‘ladigan siljishlardan biri – ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga faoliyatli yondashuvni tatbiq qila olishlarida kо‘rinadi, boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi shaxsining rivojlanishi va barkamollikka erishishidagi asosiy kalit uning shaxsiy kasbiy faoliyatini tashkil etish va о‘zgartirishidadir. Mazkur jarayonda boshlang‘ich sinf о‘qituvchining о‘quvchilar bilan faol tarzda hamkorlik qilish usullarini 391 tanlashida namoyon bо‘ladi. Bunda boshlang‘ich sinf о‘qituvchi о‘z faoliyatining subyektiga aylanadi va о‘quv-tarbiya jarayonida mazkur faoliyatga tuzatishlar kiritadi, uni qayta shakllantiradi va rivojlantiradi. Bunday yondashuv ta’lim jarayoni subyektlari nuqtai nazaridan turib о‘qituvchining faoliyatini tahlil qilishni taqozo etadi. О‘quv jarayoni subyektlarining о‘zaro muloqoti orqali boshlang‘ich sinf о‘qituvchining о‘z kasbiy shaxsiy quvvatlarini amalga oshirish darajasini tasxishlash mumkin. Agar boshlang‘ich sinf о‘qituvchi о‘quv- tarbiya jarayonida о‘z kasbiy kompetensiyalarini ijodiy jihatdan rо‘yobga chiqarsa, shu asosda о‘z kasbiy taraqqiyoti muammolarini hal qila oladi. Agar о‘qituvchi о‘zining kasbiy muammolariga befarq sustkashlik bilan qaraydigan bо‘lsa, bunday holatda tizimning vazifasi ularni о‘quv jarayoniga faol jalb etish, bunda birinchi navbatda muhim vazifalarni muhokama qilish yо‘lidan borishga erishishdan iborat bо‘ladi. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchining shaxsiy kasbiy tajribasini qayta qurishi va muntazam rivojlantirishi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining asosiy xususiyatlari bilan bog‘liq tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun о‘qituvchi о‘z kasbiy faoliyatining nazariy asoslari va meyorlarini faol tarzda ishlab chiqishi talab etiladi. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchining kasbiy rivojlanishida uni qо‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy madaniy guruhning о‘rni beqiyosdir. Bunday qо‘llab-quvvatlash malaka oshirish tizimida bir necha yо‘nalishlarda namoyon bо‘ladi. Jumladan: - Kasbiy doiradagi о‘zaro munosabatlar; - Kasbiy shaxsiy rivojlanish; - Innovatsion, ijodiy, izlanishga asoslangan kasbiy faoliyatni yо‘naltirish va rag‘batlantirish; - Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarning kasbiy madaniyat asoslari va tajribalarini muntazam о‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida ta’lim institutlari bilan hamkorliklarini yо‘lga qо‘yish kabilar. Ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz bilim olishlari mohiyatini aniqlovchi asosiy holat – ularning kasbiy rivojlanishga bо‘lgan ehtiyojlaridir. Kasbiy rivojlanish boshlang‘ich sinf о‘qituvchi kasbiy taraqqiyotining asosiy yо‘nalishi hisoblanadi. О‘qituvchi nafaqat о‘zini kasbiy jihatdan namoyon qiladi, u о‘zining imkoniyatlarini ishga soladi, о‘quvchilar va kasbdoshlari bilan о‘ziro munosabat jarayonida о‘z hayotiy maqsadlarini namoyon etadi, о‘z imkoniyatlari doirasida zamonaviy kasbiy bilimlarni egallashga intiladi. Shu asosda u hayotiy faoliyatning kо‘pdan-kо‘p qirralarini о‘zlashtiradi. Yangi kasbiy sifatlarni egallash jarayonida о‘zini о‘zgartirib qiyofasini yaxlit tarzda saqlab qoladi. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchi kasbining rivojlanishiga nisbatan olib qaraganda uning yaxlitligi uzluksiz tarzda kasbiy shakllanishi va rivojlanishida namoyon bо‘ladi. Bunda uning kasbiy layoqatini belgilovchi barcha tarkibiy qismlar о‘zaro munosabatga kirishadi va rivojlanishi uchun yо‘l ochadi. Shuning uchun ham, kasbiy rivojlanish о‘qituvchilarning jarayonli-dinamik xarakterga ega bо‘lgan о‘zgarishlarini ifodalaydi. Bu rivojlanish nomuntazam, bir turdagi harakatlarni о‘z ichiga olmaydigan sifat jihatdan qayta shakllantirish imkonini beradigan jarayondir. Bu jarayon о‘zida uzluksiz tarzda tо‘plangan yangi imkoniyatlar va tajribalarni mujassamlashtiradi. Ayni vaqtda mazkur jarayon boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining turli tarzdagi bilim, kо‘nikma va malakalarining yangidan shakllanish jarayoni bо‘lib, о‘quvchilar bilan yanada murakkab, mahsuldor munosabatlarni о‘rnatishga asos bо‘ladigan layoqatlarining tarkib topishiga kо‘maklashadi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari ta’lim jarayonlarini yangicha idrok etish, pedagogik jarayonlarni samarali tarkiblash, loyihalash, uyg‘unlashtirish va mazmun jihatdan boyitish tajribasiga ega bо‘ladilar. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi shaxsini rivojlantirishga asoslangan pedagogik nazariyalarda ularning shaxsiy-kasbiy taraqqiyotlari mutaxassisning jamiyatdagi mavqei, obrо‘-e’tiborini oshirish imkoniyati sifatida talqin etiladi. Mutaxassisning kasbiy obrо‘-e’tibori va mahorati rivojlanishining har qanday bosqichida ularning shaxsiy tajribasi va tafakkurini taraqqiy ettirish imkoniyati yaratilishi lozim. Aynan malaka oshirish tizimi xuddi shunday imkoniyatni vujudga keltirish uchun qulay hisoblanadi. Chunki bu jarayon boshlang‘ich sinf о‘qituvchining kasbiy-shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi tarkibiy tizim hisoblanadi. Yangilangan malaka oshirish tizimi XXI asrning mahsuli bо‘lib, innovatsion texnologiyalarning amaliyotda qо‘llanilishi va global axborotlashish jarayonlarining vujudga kelishi barobarida amalga oshirilishi yanada intensivlashdi. Yangilangan malaka oshirish tizimida insonparvarlik prinsipiga asoslangan bilimlarning mujassamlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda amaliyotdagi malaka oshirish dasturlari о‘zida pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, antropologiya, aksiologiya, andragogika va inson salomatligini muhofaza qilishga oid bilimlar, tajribalar va yondashuvlarni uyg‘unlashtirishi lozim. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling