Uchun ishlang", "Ular bizning maktabda о‘qishgan", "Katta istiqbolga ega kasblar", "Mehnat va ijod
VATANPARVARLIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
390-392
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sо‘zlar
VATANPARVARLIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.6569028 N.A.Samandarova BuxDU, Arxeologiya ta’lim yо‘nalishi 1-bosqich magistri Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishda madaniy tarixiy - madaniy meros obyektlarining о‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit sо‘zlar: ommaviy madaniyat,pedagogik tizim,tarixiy – madaniy, meros obyektlari, milliy- ma’naviy g‘urur, ma’naviy qadriyat, integratsiyalash, axborotlashtirish. Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan islohotlar mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yо‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradaorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi 369 - sonli qarorida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, yoshlar о‘rtasida vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” kо‘rinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish ustivor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan tarixiy- madaniy meros vositasida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish,ularda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishda tarixiy-madaniy merosning tarbiyaviy imkoniyatlarini integratsiyalashning samarali yо‘llarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning tarixiy-madaniy merosni qulay va oson о‘zlashtirishlari uchun mediavositalar asosida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining katta qismini qamrab olgan umumiy о‘rta ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oqilona va maqsadga muvofiq tashkil etish umumdavlat siyosati miqyosidagi vazifalardan biridir. Zero Muhtaram Prezedentimiz ta’kidlaganlaridek “Shu maqsadda “Yangi О‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yо‘lga qо‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bо‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz”. Hozirgi glovallashuv davrida axborot makonidagi qarama-qarshilik, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbini egallash uchun kurash kuchaygan sharoitda vatanparvarlik tarbiyasining о‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, tarixiy - madaniy meros obyektlari arxeologiya va me’moriy yodgorliklari asrlar davomida xalqimizga tarixdan sо‘zlab kelar ekan, binobarin ular faqatgina о‘tgan avlod- ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy va tarixiy hayotini namoyon etib qolmasdan, balki bizga, kelajak Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling