Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Mintaqa avtomobilsozlik sanoatining mintaqalararo kooperatsion
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
2.3. Mintaqa avtomobilsozlik sanoatining mintaqalararo kooperatsion
aloqalarni rivojlantirish va sanoat klasterini barpo etishdagi o’rni Mustaqillik yillarida Farg’ona mintaqasida mashinasozlik sanoati, ayniqsa, avtomobilsozlik istiqbolli tarmoqqa aylandi. O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq asos solindi va izchil rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi Davlat delegatsiyasining 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida DAEWOO korporatsiyasi tizimidagi zavodlar bilan tanishuvlar uyushtirildi va 1992 yil iyul oyida O’zbekiston hamda Janubiy Koreya tomonidan Asaka shahrida avtomobil zavodining qurilishi to’g’risidagi Memorandum davlatlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi “dastlabki hujjat”lar doirasida imzolandi. 1992 yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorligida O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo qilish to’g’risida kelishib olindi. Korxonani tashkil qilish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 5 noyabr «Selxozmash» kontserni va DEU korparatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O’zDEU avto» qo’shma korxonasini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi. Korxona Andijon viloyatining Asaka shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil etildi va 1993 yilning mart oyida avtomobil ishlab chiqaruvchi birinchi zavod «O’zDEU avto» nomi bilan ro’yxatga olindi. «O’zDEUavto» kompaniyasi O’zbekiston hukumati va Janubiy Koreyaning Daewoo Motor kompaniyasi o’rtasida tashkil etilgan bo’lib, Asakadagi avtozavod 1996 yili foydalanishga topshirilgan. Zavod yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2005 yili O’zbekiston Daewoo’ga tegishli 50 foiz aktsiyani sotib olgan va 2007 yil oxirida esa «O’zavtosanoat» va General Motors o’rtasida «O’zDEUavto» zavodi bazasida GM Uzbekistan kompaniyasini tashkil etish haqida bitim imzolangan. GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2008 yili «O’zDEUAvto» bazasida AQSHning General Motors va «O’zavtosanoat» AK o’rtasida tashkil etilgan. GM korxona aktsiyalarining 25 foiziga egalik qiladi va o’z ulushini 40 foizga oshirishi mumkin. GM Uzbekistan’ning 75 foiz aktsiyasi «O’zavtosanoat»ga tegishli. Asaka shahridagi “GM-Uzbekistan” avtomobil zavodiga yetkazib beriladigan ehtiyot qism va xom ashyolar mahalliylashtirish dasturi doirasida nafaqat Andijon viloyati, balki, Farg’ona va Namangan viloyatlarida ham kooperatsiyada ishlaydigan bir qator korxonalar ixtisoslashtirildi. (Qo’qon shahridagi “Elektromash”, Quvasoydagi “Kvarts”, Namanganda barpo etilgan “O’zCHazis” qo’shma korxonalari kabilar). Mazkur korxonalar tomonidan avtomobillar uchun kuzov, fara va fonar, oyna hamda boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik sanoati boshqa ustuvor sanoat tarmoqlariga nisbatan sezilarli darajada texnologik murakkablikka ega bo’lib, o’z navbatida texnologik murakkablikning yuqori darajasi boshqa teng sharoitlarda ushbu tarmoq tarkibiy o’zgartirish jarayonlariga boshqa tarmoqlarga qaraganda ko’proq ulush qo’shishini hamda murakkab kooperatsion aloqalarga asoslanishini anglatadi (2.7-rasm).
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling