Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

Uchinchidan, 2003 yildan keyingi milliy iqtisodiyotning yuqori o’sish

sur’atlari sharoitida mintaqalarda xorijiy investitsiyalar jalb qilish ijtimoiy-

iqtisodiy muhitning qulaylik darajasi bilan ham bog’liq.

Ijtimoiy-iqtisodiy muhitning ishbilarmonlik (tadbirkorlik) muhiti, investitsion

muhit, innovatsion muhit, raqobat muhiti, soliq muhiti, ijtimoiy-psixologik muhit

kabi shakllari o’zaro farqlanib, garchi ular o’zaro uzviy bog’liq bo’lsada, ayrim

xususiy jihatlariga ko’ra mustaqil ko’rsatkichlar sifatida hisoblanadi.

2003 yildan keyingi davrda barqaror yuqori makroiqtisodiy o’sish

sur’atlarining ta’minlanishi soliq yukining, mahsulot tannarxining pasaytirilishi,

davlat nazorat funktsiyalarining cheklanishi, iqtisodiy erkinlik ta’sirida xufiya

iqtisodiyot ulushining kamayishi natijasida byudjet daromadlarining ortishi,

davlatning ijtimoiy dasturlarni keng ko’lamda amalga oshirishga alohida e’tibor




qaratishi kabi omillar tufayli tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, iqtisodiyotga

kapital, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar yo’naltirish borasida keng imtiyozlar

yuzaga keldi.

Buning natijasida 2003-2007 yillar oralig’ida yalpi investitsiyalar tarkibida

xorijiy investitsiyalarning ulushida Farg’ona mintaqasi viloyatlari ko’rsatkichlari

o’rtasidagi tafovut darajasi keskin qisqardi. Ayniqsa, 2004 yilda viloyatlar

o’rtasidagi tafovutlik darajasi 0,1 foizga tushdi (2.6-rasmga qarang).

Farg’ona iqtisodiy rayonida 294 ta qo’shma korxonalar mavjud bo’lib,

shundan Namanganda 70 ta, Andijonda 108 va Farg’onada 116 tasi joylashgan

(2.1


jadval).

Xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasida mintaqa viloyatlari orasida

Farg’ona viloyati yetakchi o’rin egallaydi. Buning asosiy sabablari sifatida,


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling