yo’naltirilgan tarmoq siyosati xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
to’g’ri investitsiyalar jadalligi davlatning tarmoq siyosati
faolligi davrida yuqorida
darajada kuzatilsa, mintaqaviy siyosat faolligi yuqori bo’lgan orqaliqlarda milliy
investitsiyalar (asosan davlat investitsiyalari) hamda notijorat tavsifdagi xalqaro
kapital oqimlari faollashadi. Buning asosiy sababi, aksariyat mintaqaviy dasturlar
bevosita real ishlab chiqarish sektorini emas, balki, uni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoitlarini, jumladan, aholi turmush darajasini oshirish va
infratuzilmalarni rivojlantirishni ko’zda tutadi.
2.6-rasm ma’lumotlariga ko’ra, 2007-2010 yillarda Farg’ona viloyatining
xorijiy investitsiyalar jalb qilish ko’rsatkichining Farg’ona mintaqasi o’rtacha
ko’rsatkichidan tafovutlilik darajasi musbat diapazonda 2007 yilda qariyb 1,4
martani, 2008 yilda 1,5 martani, 2009 yilda 2,4 martani, 2010 yilda 1,7 martani
tashkil etgan bo’lsa, Andijon va Namangan viloyatlarida bu tafovutlilik manfiy
diapazonda kuzatilib, Andijon viloyatida 2007 yilda 8,7 foizni, 2008 yilda 30,3
foizni, 2009 yilda 78,4 foizni, 2010 yilda 12,3 foizni tashkil qilgan.
Xorijiy investitsiyalar jalb qilishda eng quyi ko’rsatkichga ega Namangan
viloyati ulushining mintaqa o’rtacha ko’rsatkichidan tafovutlilik darajasi manfiy
diapazonda 2007 yilda 75,1, 2008 yilda 28,2, 2009 yilda 63,1 va 2010 yilda 55
foizni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: