Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


-rasm Yalpi ichki mahsulot, yalpi investitsiya va xorijiy investitsiyalar


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

2.4-rasm

Yalpi ichki mahsulot, yalpi investitsiya va xorijiy investitsiyalar

Respublika ko’rsatkichida Farg’ona iqtisodiy mintaqasining ulushi, foizlarda

22

20,8



20,1

20,4


20,2

20,7


18

17,4


16,8

18,3


15,2

11,5


12,7

11,4


11,8

12,2


12,7

12,7


30,3

18,3


5

8

7,3



4,3

8,1


4,2

4,7


YaIM

Yalpi investitsiya

Xorijiy investitsiya

Rasm O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida dissertant

tomonidan tuzildi.

Mazkur diagrammadan ko’rinadki, 2002-2010 yillar davomida Farg’ona

mintaqasining respublika YaIMdagi ulushi 23,6 foizga, iqtisodiyotga jalb qilingan

yalpi investitsiyalardagi ulushi 30,6 foizga, iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy

investitsiyalardagi ulushi 2002 yildagi 30,3 foizdan, 2004 yilda 5 foizga, 2010

yilda esa 4,7 foizga tushgan yoxud jami tahlil yillari davomidva 15,5 martaga

kamaygan.

Ayni paytda mintaqadagi investitsiya faoliyatining tahlili so’nggi 13 yil

davomida mazkur hududga katta e’tibor berilganligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa

sanoatning negiz tarmoqlarida yoqilg’i, mashinasozlik, kimyo va neftkimyo,

to’qimachilik sohalariga katta investitsiyalar jalb qilindi. Jumladan,

«O’zDEUavto» avtomobil zavodi, «Kosonsoy-Tekmen», «Asnam tekstil»,

«Qabul-Farg’ona KO» qo’shma korxonalari, Andijon viloyatining Xo’jaobod

tumanida yirik gaz saqlovchi omborxona qurilganligi, Farg’ona neftni qayta




ishlash zavodi, Andijon, Qo’qon biokimyo zavodlari qayta ta’mirlanganligi

yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Lekin so’nggi yillarda mintaqaga yuborilayotgan

investitsiyalarning ham absolyut, ham solishtirma hajmi ko’rsatkichlarida

birmuncha kamayish kuzatildi.

Hisob-kitoblar natijasida, mintaqaning investitsion mablag’laridan

foydalanish koeffitsenti respublikaning o’rtacha ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli

darajada yuqori bo’lgan. CHunonchi, 1990 yillarda milliy daromadni asosiy

fondlarga bo’lgan nisbati ko’rsatkichining darajasi o’rtacha respublika

ko’rsatkichiga nisbatan 1,248 ni tashkil etgan. Bunday ijobiy ko’rsatkich

mintaqaning barcha viloyatlariga xos bo’ldi.

Mintaqa iqtisodiy rivojlanish darajasidagi pasayish tendentsiyasining

ob’ektivligini aniqlash zaruriyati tabiiy-iqtisodiy potentsialni hamda undan

foydalanish imkoniyatlarini o’zaro uzviy ravishda tahlil etishni talab etadi. SHu

nuqtai nazardan ishda mintaqaning tabiiy-iqtisodiy salohiyati, ya’ni milliy boyligi,

zahiraviy salohiyati va iqtisodiy infrastrukturasi tahlil qilindi. Unga ko’ra

mintaqaning milliy boylik ko’rsatkichi foydali qazilmalarni hisobgaolmaganda,

respublikada salmoqli o’rin egallashi aniqlandi. CHunonchi, foydali qazilmalardan

tashqari respublika milliy boyligini tashkil etuvchi asosiy ko’rsatkichlar (er

resurslari, suv resurslari, asosiy fondlar, aylanma vositalar, aholining mol-

mulki)ning deyarli ¼ qismi o’rganilayotgan mintaqa hissasiga to’g’ri keladi.

Yuqoridagi fikrlarimizni inobatga olgan  holda, hududlar ijtimioy-iqtisodiy

rivojlanish yo’nalishlarini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish uchun uning

ilmiy asoslarini tadqiq etish talab etiladi. Buning uchun ilg’or xorij hamda ilgarigi

ijobiy tajribalarni o’rganish va shuning asosida respublikamiz sharoitiga mos

qiluvchi hududiy rivojlantirish yo’nalishlarini belgilash lozim. Hududlarni

rivojlantirishning sobiq ittifoq tajribasiga nazar solsak, bunda birinchi navbatda

hududiy reja oldi tadqiqotlari olib borilgan. SHuning asosida hududiy

rivojlantirishning 15-20 yilga mo’ljallangan bosh sxemalari ishlab chiqilgan.

So’ngra ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning o’rta muddatli, asosan besh

yillik asosiy yo’nalishlari qabul qilingan. Keyingi bosqichda har bir viloyat,




shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari ishlab chiqilgan. Bularning

barchasi davlatning deyarli yuz foizlik mulk egasi bo’lgan sharoitlarda amalga

oshirilgan va davlatning to’la tasarrufi  hamda nazorati ostida bo’lgan. Bozor

sharoitlarida rivojlangan chet mamlakatlarda avval hududiy dasturlar tuzish uchun

tadqiqot ishlari olib borilgan. Bundan keyin muammoli, maqsadli hududlar va

tarmoqlar bo’yicha uzoq muddatli va o’rta muddatli dasturlar qabul qilingan.

Respublikamiz taraqqiyotidagi eng ijobiy holatlardan biri bizda dasturiy

yondashuv shakllandi. So’nggi o’n yillikda qonunchilik xujjatlarining tahlili shuni

ko’rsatmoqdaki, shu kunga qadar turli yo’nalishdarda yuzga yaqin dasturlar qabul

qilingan. Ulardan funktsional tarmoq dasturlari: «2005 yilgacha bo’lgan davrlarda

mahalliy xom-ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni

mahalliylashtirish», «1998-2000 yillarda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni

chuqurlashtirish», «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot

kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish», «2003-2005 yillarda atrof tabiiy

muhit monitoringi» va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari ijtimoiy

yo’nalishga ega bo’lgan bir yillik ijtimoiy dasturlar qabul qilish ham an’anaga

aylangan. CHunonchi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Mustahkam oila

yili”, “Obod turmush yili” kabi ijtimoiy dasturlarni misol keltirish mumkin.

Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining bir nechtasi

hudud masalasiga bag’ishlangan bo’lib, bularning amaliyotga tadbiqi ijobiy

ahamiyat kasb etadi. Qonunchilik xujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar o’z

navbatida hudud yo’nalishidagi dasturlarning funktsional, tarmoq dasturlarga

nisbatan son jihatidan ancha kamligini hamda bu holat o’z navbatida hozirgi o’tish

sharoitida funktsional tarmoq masalalarni hal etish zaruriyatining yuqoriligi bilan

bog’liqligini ko’rsatadi.

Hozirgi kunda mahalliy boshqaruv organlari oldiga o’z hududlarini

ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish,

aholining turmush sharoitlarini yaxshilash bo’yicha choralarni ishlab chiqish,

iqtisodiyot va uning tarmoqlarini oqilona joylashtirish vazifasi turibdi.



Bu borada ham respublikamizda birinchi qadamlar tashlanmoqda. Buni

mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning Xalq deputatlari Toshkent viloyati

kengashining 2004 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan navbatdan tashqari sessiyadagi

nutqidan ham ko’rsak bo’ladi. Mazkur nutqda yangi viloyat rahbari istiqboldagi

tarqqiyot rejasini aniq belgilab olishi lozimligini, 2015 yilgacha mo’ljallangan

ushbu dasturda har bir soha va tarmoq ustivor yo’nalishlar,  muammolar,  ularning

yechimlari, bir so’z bilan aytganda, viloyatni rivojlantirish masalalari o’z aksini

topishi zarurligini, ana shundan keyin aniq maqsadlar yo’lida harakat qilish va

kutilgan natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlandi (“Xalq so’zi” gazetasi,

30.01.2004 №22).

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib ta’kidlash lozimki, mazkur

yo’nalishni Toshknet viloyatidan tashqari mamlakatimizning barcha viloyatlarida

ham amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Zero, hududiy Dasturlarni qabul qilish

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hududiy darajalaridagi keskinlikning bir muncha

yumshatish imkoniyatini yaratishdan tashqari mamlakat iqtisodiyotini

jadallashtirishga ham xizmat qiladi. CHunonchi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni

tartibga keltirishda quyidagi chora-tadbirlarni mintaqa miqiyosida amalga oshirish

maqsadga muvofiq:

- hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- sust rivojlangan hududlarda elektr-energiya, yer, suv va transport harajatlari

uchun kamaytirilgan narx va tarif stavkalarini belgilash;

- hududning ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanganlik darajasini e’tiborga olgan holda

soliqqa tortishda, kredit va subsidiya ajratishda, korxonalarni texnik

modernizatsiyalashni moliyalashda imtiyozli tizimlarni joriy qilish;

- hududlar tarqqiyotini jadallashtirishda investitsiyalarni faol jalb etish va

ularning samaradoriligini ta’minlashda hamda qulay investitsion muhit

yaratishda ilmiy tadqiqotlar asosida saralangan ustivor tayanch aholi joylari

ro’yxatidan keng foydalanish zarur.

Yuqorida ko’rsatilgan tadbirkorlar muammolarining yechimi Farg’ona

vodiysining iqtisodiy rivojlantirish salohiyatidan oqilona foydalanishda hamda




hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb

etadi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling