Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


-rasm 2000-2012 yillarda Farg’ona mintaqasi viloyatlarining


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

2.3-rasm

2000-2012 yillarda Farg’ona mintaqasi viloyatlarining

YaIMdagi ulushi, jamiga nisbatan foizda

7,4


7,8

7,3


6,9

6,6


7

7,2


7

5,7


5,7

5,5


6,1

6,3


5,3

5

4,9



4,8

4,6


4,5

4,5


4,3

4

4,1



4,1

3,8


3,9

11,5


10,1

9,8


9,1

8,9


8,9

8,9


9,4

8,3


7,6

7,1


7

6,8


0

2

4



6

8

10



12

14

2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012



Andijon

Namangan


Farg'ona

Rasm O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida dissertant

tomonidan tuzildi.

Mintaqa viloyatlarida YaHM ishlab chiqarish hajmi o’sish davrlarini

quyidagilar bilan bog’lash mumkin. CHunonchi, Namangan viloyatida bu davr

1998-2000 yillar oralig’iga to’g’ri kelib, bunda 1998 yilda Vazirlar Mahkamasi

tomonidan qabul qilingan “1998-2000 yillarda Namangan viloyatini ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish dasturi” asosida viloyat iqtisodiyotiga yo’naltirilgan

investitsiya pirovardda YaHM hajmining sezilarli darajada oshishiga sabab bo’ldi.

Andijon viloyatining respublika YaIMdagi ulushining o’sish davri 1995-

2001 yillar oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda viloyatning YaIMdagi ulushi 34,4

foizga oshgan bo’lib, asosan, katta hajmdagi investitsiya oqimi (avtomobilsozlik




majmuasining barpo etilishi bilan bog’liq), respublika hukumatining mahalliy xom

ashyo asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirishga

qaratilgan “mahalliylashtirish” dasturi, amalga oshirilgan chuqur tarkibiy

o’zgarishlar hamda innovatsion yutuqlar asosida qishloq xo’jaligida intensiv

rivojlanish ko’rsatkichlariga erishilganligi bilan bog’liq.

Farg’ona viloyatining YaIMdagi ulushi 1999 yilda eng yuqori darajada

kuzatilgan bo’lsada, umumiy holda o’sish davri 1997-2001 yillarga to’g’ri kelib,

an’anaviy sanoat ishlab chiqarishining modernizatsiyalashuvi hamda  tarmoqqa

xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi bilan bog’liq. Birgina, 2000-2001 yillarda

viloyatda natural ko’rsatkichlarda paxta gazlamalari ishlab chiqarish hajmi 4,5,

poyafzal ishlab chiqarish 1,4, oziq-ovqat sanoatida un 10,6 va etil spirt ishlab

chiqarish 12 martaga oshgan

7

.

Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p jihatdan shu mintaqada



mavjud bo’lgan resurs va infratuzilmalar tizimi bilan nisbatan yuqori darajada

«jihozlanganligi» uning tez rivojlanishiga muhim sharoit yaratadi. Farg’ona

vodiysining potentsial imkoniyatlari eng avvalo mehnat resurslarining soni, ishlov

beriladigan yer maydoni, asosiy ishlab chiqarish fondlari quvvatining bir muncha

yuqoriligida va avtomobil yo’llarining zichligida namoyon bo’ladi. Respublikada

ishlov beriladigan yer maydonining 20%i, asosiy fondlarning 25%ga yaqini

mintaqa hissasiga to’g’ri keladi. Respublikada avtomobil yo’llarining zichligi

jihatidan Farg’ona vodiysi yetakchi o’rinni egallaydi. Respublikamizda avtomobil

yo’llarining zichligi har bir km. kv.ga 100 m.dan to’g’ri kelsa, vodiyda bu o’rtacha

500 m.ni tashkil etadi. Mazkur ijobiy ko’rsatkich bir qarashda ijobiy baholansada,

aholining zichligiga nisbatan taqqoslaganda buni ko’p, deb ayta olmaymiz.

CHunki Farg’ona vodiysi aholi zichligi bo’yicha respublika o’rtacha

ko’rsatkichidan 7-8 marta ko’pdir. SHuning uchun ham infrastruktura tizimini

yaxshilashda yo’l qurilishiga e’tibor qaratish mintaqa salohiyatidan samarali

foydalanish imkoniyatini oshiradi.

7

 G’ofurov A. Mintaqa iqtisodiyoti asoslari. /O’quv qo’llanma. – Farg’ona, “Farg’ona” nashriyoti, 2006 y.



61-bet


Farg’ona vodiysi iqtisodiy salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy

ko’rsatkichlarining hududiy tarkibini tahlili quyidagi holatlarni aniqladi:

· mintaqa jami milliy boylik ko’rsatkichining qariyb 39,9 %i Andijon viloyati,

33,3 %i Farg’ona viloyati va 27,4 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri

keladi. Mintaqa zahiraviy salohiyatining esa 40 %i Andijon viloyati, 31,7 %i

Farg’ona viloyati va 28,3 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri keladi;

· mintaqadagi uchta viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajalari

va sur’atlarining tahlili nomo’tanosibliklar mavjudligini ko’rsatdi. 2004 yilda

mintaqa jami yalpi ichki mahsulotining 42,9 %i Farg’ona viloyati, 35,0 %i

Andijon viloyati va 22,1 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri kelgan, ayni

vaqtda tadrijiy o’sish sur’tlariga nazar solsak, umuman boshqacha holatni

ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Farg’ona viloyati yalpi ichki mahsulot ishlab

chiqarish ko’lami jihatidan mintaqada peshdaqamlik qilgani bilan, lekin o’sish

sur’atlari jihatidan orqada qolmoqda;

· YaIM ishlab chiqarishning so’nggi besh yilda o’rtacha yillik o’sish sura’ti

Andijon viloyatida 104,1 %ni, Namangan viloyatida 105,2 %ni, Farg’ona

viloyatida 103,2 %ni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM

indekslari respublika ko’rsatkichidan past bo’lib, 2004 yilda Andijon viloyatida

0,572ni va Farg’ona viloyatida 0,759 ni tashkil etgan.

Viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va rivojlanish darajalarining

uzviy tahlili viloyatlar miqiyosida quyidagi muammolarning mavjudligini aniqlash

imkoniyatini berdi. CHunonchi, Andijon viloyatida aholi jon boshiga to’g’ri

keluvchi YaIM indeksi zahira potentsiali indeksidan biroz pastroq (1,06<1,086).

Bu esa mavjud tabiiyg’iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishni intensivlashtirish

zaruriyatini ko’rsatadi. Farg’ona viloyatida aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi

YaIM indeksi hudud zahira potentsiali indenksidan ancha baland (1,08>0,70).

Demak, bu hududda mavjud tabiiy-iqtisodiy potentsialdan foydalanish

samaradorligi ancha yuqori. CHunki sanoat ishlab chiqarishining va ishlab

chiqarish infrastrukturasi ob’ektlarining asosiy qismi shu yerda joylashgan.

Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligi yuqori bo’lishiga qaramay bu




hududda ham muammolar yetarli darajada. Jumladan, asosiy fondlarning aksariyat

qismi ancha eskirganligi bir muncha murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.

Aynan mana asosiy fondlar hisobiga ham viloyatning aholi jon boshiga to’g’ri

keluvchi zahiraviy potentsiali ko’rsatkichi nisbatan kam bo’lmoqda. Boz ustiga

egologik vaziyat ham bir qancha yirik korxonalarni modernizatsiya qilish

zaruriyatini qo’ymoqda

8

.

Viloyatlar uchun umumiy bo’lgan muammolar qatorida yangi ish



o’rinlarining yaratilishi mehnat resurslarining o’sish sur’atlaridan orqada

qolayotganligi, hududlarning bozor iqtisodiyoti elementlarini qabul qilish darajasi

va xo’jalik yuritishning bozor mexanizmlariga moslashuvi darajasining pastligini,

mamlakat va xorijiy investitsiyalar joylashtirilishining hududlararo

nomutanosibliklarini, turli boshqaruv organlarida (tuman, shahar va qishloqlarda)

tashabbuskorlik darajasining pastligi va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Umuman olganda, mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda

kapital mablag’larni oqilona joylashtirish muhim masaladir. CHunki mintaqa

moliya vositalaridan yuqori  darajada foyda keltirish imkoniyati mavjud bo’lgan

hududlardan hisoblanadi. SHuni aytish mumkinki, Farg’ona vodiysida ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyot salohiyatini yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Mana shu mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilsa mintaqa kelajakda

mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda lakomativ funktsiyasini bajarishi mumkin.

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy potentsialidan foydalanishni hamda uning

rivojlanishini tahlil va tadqiq etishda statistik ma’lumotlar bilan bir qatorda aholi,

uning turli xil guruhlari va ekspertlar o’rtasida o’tkaziladigan ijtimoiy

so’rovnomalarning ham ahamiyati kattadir. Ushbu usul orqali aholining yashash

sharoiti, turmush tarzi va unga turli xil xizmat ko’rsatishning real holati, ijtimoiy

va ekologik muammolar hmda birong’bir korxona yoki oliy o’quv yurtining

ijtimoiy demografik xususiyatlarini aniqlash, mehnat resurslari tarkibini tahlil

qilishda xodimlar bo’limidagi ma’lumotnomalar o’rganilganligi diqqatga

8

R.Rayimjanov. “Farg’ona vodiysi iqtisodiy salohiyatini baholash” Geog. fan. nom. ilmiy dar.



olish uchun diss. aftoref. -T., 2006. 20 b.


sazovordir (Soliev, Mirzaahmedov, Jumaxanov 2006). O’rni kelganda shuni ham

aytish joizki, qator statistik tahlillar va amaliy kuzatuvlar natijalaridan ko`rinadiki,

Farg’ona vodiysi bo’yicha bozor iqtisodiyoti elementlarining yuqori darajada qabul

qilinmayotganligi va tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatli olib borilishi uchun

xalal berayotgan asosiy sabablar moliyaviy resurslarning yetishmayotganligi

hamda ulardan oqilona foydalanilmayotganligi, banklarning fermer va dehqon

xo’jaliklari, kichik va o’rta tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish qilish

tashabbuskorligining yo’qligida namoyon bo’lmoqda (X.Ibraximov, 2011).

Tadbirkorlar uchun eng dolzarb muammolardan biri kredit olish masalasi bo’lib

qolmoqda. Demak nafaqat aholi, balki tadbirkorlarda ham bank bilan muomala

qilish madaniyati endi shakllanayapti desak mubolag’a bo’lmaydi degan fikrlarni

o’rgandik. Fikrimizcha, ko’rsatilgan sabablar ma’lum o’rin egallasada, ularning tub

ildizi ko’p jihatdan hozirgi vaqtdagi qonunchilikni yaxshi bilmaslik yoki undagi

talab va manfaatlarni yaxshi tushunmaslik, bozor iqtisodiyoti talabiga adekvat

bo’lgan tadbirkorlik malakasi shakllanmaganligi kabi omillar bilan bog’liq.

Natijada Farg’ona mintaqasi aholisi va iqtisodiyoti asosiy

ko’rsatkichlarining kompleks tahlili qator ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mazkur

hududning iqtisodiy-demografik vaziyatidagi murakkablik birmuncha

ortayotganligini ko’rsatmoqda. Ushbu tarmoq iqtisodiyot tarmoqlarining

joylashtirish va rivojlantirishda mintaqa aholisining soniga nisbatan birmuncha tez

o’sayotganligi, hududning cheklanganligi, xususan kishi boshiga to’g’ri keladigan

ekin maydonining nisbatan past darajaga egaligi hamda ayni vaqtda investitsiya

resurslaridan foydalanishdagi qulay imkoniyatlarga yetarli darajada ahamiyat

berilmaganligidan ko’rinadi. Mintaqa aholisining soni va uning zichligi jihatidan

boshqa mintaqalar orasida birinchi o’rinni egallagan holda aholining o’rtacha

o’sish sur’atining yuqori darajadaligi hisobiga uning mamlakatimizdagi ulushi

birmuncha oshdi.

Mintaqa o’zining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy salmog’iga ko’ra

Toshkent mintaqasidan keyin ikkinchi o’rinni egallasada, lekin tadqiqotlarning



ko’rsatishicha so’nggi yillarda mintaqani mazkur ko’rsatkichining respublikadagi

ulushi tobora kamayib borayotganligini ko’rishimiz mumkin (2.4-rasm).




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling