Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
III BOB. MINTAQADA INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
III BOB. MINTAQADA INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI
TAVSIFLOVCHI OMILLAR VA IQTISOTIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI 3.1. Mintaqadagi investitsion muhitning jozibadorlik holatini tavsiflovchi omillar Iqtisodiy geografik jarayonlarni rivojlanishida ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omilarning roli katta bo’lib, ular soha egalari tomonidan turli guruhlarga ajratiladi. Bundan tashqari, mintaqalar rivojlanishini ta’minlaydigan va iqtisodiy geografik vaziyatini o’zgartiradigan imkoniyatlarni hududiy resurslar deb ham talqin qilish mumkin. Hududiy resurslar mamlakat yoki uning tuzilmalari (iqtisodiy rayon, viloyat) doirasida iqtisodiy rivojlantirish bilan bog’liq mumammolarni bartaraf etishda yetakchi rol o’ynaydi. SHu bilan birga, mintaqada talab va taklif (ehtiyoj va ishlab chiqarish) mutanosibligini ta’minlashda alohida o’rin tutadi. Huddi shunday resurslardan biri moliyaviy resurslar sanalib ular, ishlab chiqarilgan maxsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar, xorijiy va mahalliy ivestorlar tomonidan qo’yilgan kapitallar hisobidan, byudjet, kredit muassasalari moliyalashtirilgan mablag’lar va boshqa manbalar hisobidan shakllanadi. Xorijiy investorlar tomonidan yo’naladigan mablag’lar jadalligi esa yaratilagn investitsiya muxiti jozibadorgligiga bog’liq. O’zbekistonda investitsion muhitning muhim ahamiyat kasb etishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan investitsiya siyosatida yaqqol ko’rinadi. Lekin, O’zbekistonning ko’plab murakkab moliyaviy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun investitsion muhit haqidagi masalalarning muhim moliyaviy jihatlarini o’rganish va yoritish talab qilinadi. Bu esa milliy iqtisodiyotimizga keng miqyosdagi investitsiyalar oqimini olib kelishi muqarrar. Mamlakatning oldida turgan muhim maqsadi chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlarni yaxshilash, O’zbekistonda qulay investitsion muhit yaratish, jumladan, mamlakatdagi xorijiy investitsiyalarga imtiyozlarni keng joriy etish, amaliy ko’maklashish va mamlakat ichidagi investitsion muhitning moliyaviy jihatlarini yaxshilashdan iborat. O’zbekistonda investitsion muhitning muhimligi birinchi o’ringa chiqmoqda. O’zbekiston iqtisodiyotining kelajagi boshqa omillarga nisbatan ko’proq aynan unga bog’liq. Iqtisodiy muammolar chigalligini faqat iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan investitsion muhit hal etishi mumkin. Bu vazifani faqat keng miqyosda investitsiyalar oqimi yordamida hal etish mumkin. Amalda investitsiyalarni amalga oshirishning bir-biridan tub farq qiladigan ikki yo’li mavjud.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling