Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Xorijiy investitsiyalar orqali yaqin istiqbolda mintaqa
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
3.2. Xorijiy investitsiyalar orqali yaqin istiqbolda mintaqa
sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlashtirishning muhim omili sifatida uning eksport salohiyatidan imkon qadar oqilona foydalanish talab etiladi. Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p jihatdan shu hududda mavjud bo’lgan resurslar safarbarligi, infratuzilmalarning takomilligi, xo’jalik tizimining diversifikatsiyalashganligi, raqobatbardoshlik darajasi, innovatsion va ishbilarmonlik muhiti hamda shular asosida baholanuvchi eksport salohiyatiga bog’liqdir. Ayni paytda yuqorida sanab o’tilgan omillarning nechog’liq ro’yobga chiqishi va reallik darajasi mintaqaning investitsion munosabatlarga tortilish faolligi bilan uzviy bog’liq sanaladi. Farg’ona mintaqasining potentsial imkoniyatlari eng avvalo, mehnat resurslarida, ishlov beriladigan yer maydonida, asosiy ishlab chiqarish fondlari quvvatining birmuncha yuqoriligida va avtomobil yullarining zichligida namoyon bo’ladi. Respublikada ishlov beriladigan yer maydonining 20 foizi, asosiy fondlarning 25 foizga yaqini, sanoat ishlab chiqarishining 23,6 foizi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 25,7 foizi, YaIMning 16,9 foizi, mehnat resurslarining 21,2 foizi mintaqa hissasiga to’g’ri keladi. Ayni paytda mintaqaning respublika investitsion resurslar iste’molidagi ulushi atigi 8,2 foizni (2012 yil), xorijiy investitsiyalardagi ulushi 4,7 foizni (2010 yil) tashkil etishi o’z navbatida mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirish sur’atlari mintaqaning hududiy birliklari va iqtisodiyot tarmoqlarida nomutanosib holda kechayotganligini ko’rsatadi. Mintaqa eksport salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining hududiy tarkibining tahlili quyidagi holatlarni aniqlashga yordam berdi. Xususan, mintaqa tarkibiga kiruvchi Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajalari va sur’atlarida nomutanosibliklar mavjud. 2010 yilda mintaqa YaHMining 40,1 foizi Farg’ona viloyatiga, 36,1 foizi Andijon viloyatiga va faqat 23,8 foizi Namangan viloyati hissasiga to’g’ri kelgan. Demak, mintaqa YaHMda Farg’ona viloyatining hissasi yuqori. Biroq, YaHM ishlab chiqarishda Farg’ona viloyati yuqori salmoqqa ega bo’lsada, uning o’sish sur’atlari (105,8 foiz) Andijon (110,5 foiz) va Namangan (112,4 foiz) viloyatlariga nisbatan past. Tadqiqot natijalariga ko’ra Farg’ona mintaqasi eksportining hududiy tarkibida 2000-2010 yillar orasida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Xususan, tahlil etilayotgan yillarda Farg’ona viloyatining mintaqa eksportidagi ulushi 47,7 foizdan 31,8 foizga tushib ketdi. Andijon va Namangan viloyatlarida bu ko’rsatkich mutanosib ravishda 32,5 foizdan 44,9 foizga, 19,8 foizdan 23,3 foizga ko’tarildi (3.2-rasm). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling