Andijon v. Namangan v. Fargona v.
mintaqa eksport salohiyatini yuksaltirishda keng foydalanish zarur. Bunda
aholining meva va sabzavot yetishtirish bo’yicha malakalari nazarda tutilmoqda.
maksadga muvofiqdir. O’zbekiston bu sohada dunyodagi yetakchi mamlakatlar
tajribasini o’rganishga e’tiborni kuchaytirishi eksportga yil davomida sabzavot
yetkazib beruvchi butun bir sohani yaratish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalariga tayanib, Farg’ona mintaqasining hozirda hamda
istiqbolda eksportbop mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaradigan tarmoqlari (kimyo
va neftkimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish kabi istiqbolli sanoat
tarmoqlari)ga investitsiyalar hajmini jadallashtiriladigan bo’lsa, bu:
-
avvalo, qo’shimcha yangi ish o’rinlarini barpo qilish evaziga mehnat
resurslari bandligini yanada oshiradi;
-
yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish kengayadi, oqibatda esa mintaqa
eksporti yangi mahsulot va xizmat turlari hisobiga diversifikatsiyalanib, uning
hajmini orttiradi;
-
mahsulot va xizmatlarni mahalliylashtirish hisobiga esa mintaqaning
chetga qaramligi, ayniqsa, uning importi kamayadi,
bu esa tashqi savdoda ijobiy
saldoga erishishga xizmat qiladi.
2000-2010 yillar mobaynida Farg’ona mintaqasida tashqi savdo aylanmasi
hajmi 4,6 martaga ko’paydi (
3.2-jadval
). Ushbu davrda respublika ko’rsatkichi 3,5
martaga ortdi.