Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
tavsiyalar beriladi:
1. Respublika investitsiya siyosatining vazifalaridan kelib chikkan xolda, aloxida mintaqa iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning asosiy yunalishlarini belgilab olishda investitsiya faoliyatining davlat va mintaqa manfaatlarini uyg’unlashtirish maqsadga muvofikdir. SHu nuktai nazardan mintaqa iqtisodiyotining hududiy va tarmok tarkibidagi mavjud nomutanosibliklar va muammolarni aniqlash, investitsiya salohiyatini hududiy jihatlarini xisob olish asosida mintaqaga xos bulgan xorijiy investitsiyalarni jalb etishning strategik yunalishlarini aniqlab olish tavsiya etiladi; 2. Mintaqa hududlarining investitsiya saloxiyatini turli xil darajada shakllanganligi, ularning rivojlanishida o’ziga xos tabaqalanishi, xorijiy investitsiyalarni samarali jalb qilishga hududiy yondashuvini takozo etadi.
3. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishida mintaqaviy ustuvorlikni belgilash, iqtisodiy rayonning har bir tumanlari doirasida ixtisoslashgan ahamiyatli tarmoqlarni aniqlash va bunda ishlab chiqarishning hududiy mujassamlashuvini ta’minlash, shu asosda klasterlarni, ya’ni rakobatga chidamli sanoat majmualarini rivojlantirish katta axamiyatga ega; 4. mintaqa uchun uning tarmoq ixtisoslashuvini inobatga olgan holda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda o’ziga xos soliq imtiyozlar tizimini yaratish talab etiladi; 5. O’zbekiston Respublikasining “durdonasi” bo’lgan Farg’ona vodiysining boy rekreatsiya va turistik resurslarning mavjudligi, xorijiy sayyoxlarga xizmat ko’rsatiladigan xizmatlar darajasidan kelib chiqib, xalqaro va maxalliy miqyosida turizmni shakllantirish, bunda zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarini joriy etish, xizmatlar eksportini yanada kengaytirish, turistik infratuzilma va industriyani rivojlantirish zarur; 6. Yaqin kelajakda transport infratuzilmasini rivojlanishini xisobga olgan xolda transport tugunlari atrofida joylashgan hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ragbatlantirish va shu maqsadda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish talab etiladi; 7. Investitsiya loyihalarini tuzishda alohida mintaqa hududlarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish shart-sharoitlari, investitsiyalash imkoniyatlarini, ya’ni resurslar salohiyati, infratuzilma va iqtisodiy geografik o’rni, ekologik vaziyati hamda hududiy mehnat taqsimotidagi ixtisoslashuv darajasini xisobga olish zarur. SHu nuqtai nazardan investitsion loyihalarni ishlab chiqishda maxalliy tashabbuskorlarning rolini oshirish, xorijiy hamkorlarni topib beruvchi va ichki ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotni ta’minlovchi diller firmalarni ochish, ular o’rtasida ishonchli hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun maxalliy korxonalar to’g’risida geoaxborot tizimini tashkil kilish va bu borada o’ziga xos monitoringni rivojlantirish maqsadga muvofiq; 8. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi hududiy investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda maxalliy xokimiyat organlari xamda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rag’batlantirish lozim; 9. Mintaqada kichik biznes va innovatsiyani rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, moliyaviy mexanizm va sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling