Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

Hozirda eksportga

yo’naltirilgan tarmoqlar

1. Avtomobilsozlik

2. Yengil sanoat

3. Oziq-ovqat sanoati

4. Kimyo sanoati

5. Elektrotexnika

6. Hunarmandchilik

7. Xizmatlar



Potentsial tarmoqlar kengayishi

va rivojlanishi

Avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish

Tayyor tekstil mahsulotlari

Quruq meva va sabzavotlar

Kimyo va neft-kimyo sanoat mahsulotlari

Rangli televizor va LAN kabellari

Turizmda milliy kiyimlar, taqinchoqlar, kashtachilik,

o’ymakorlik mahsulotlari

Turizm xizmatlari (tur-agentlik, tur-operatorlik,

mehmonxona va boshqalar)




Farg’ona mintaqasining deyarli barcha hududlarida yengil sanoat buyicha

salohiyat mavjud. Ya’ni, yengil sanoat uchun zaruriy xom ashyo - paxta, pilla

deyarli barcha tumanlarda yetishtiriladi. Uni qayta ishlash uchun ishchi kuchi

yetarli. Xozirgi kunda, mintaqaning deyarli barcha tuman va shaharlarida paxta

tozalash va uni qayta ishlash zavodlari, pillachilik hamda ipakchilik korxonalari

faoliyat ko’rsatmoqda.

Birok, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi faqatgina Farg’ona

mintaqasini hamda respublika ehtiyojining bir qismini qondiradi xolos. Ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlarning (paxta tolasi, kalava iplar, pilla) qayta ishlanish

darajasi nisbatan past, yarim tayyor mahsulotlar toifasiga kiradi. Ushbu holat

mintaqaning bu tarmoq salohiyatidan tulik foydalanilmayotganidan darak beradi.

SHunday ekan, mazkur tarmoqlarda qayta ishlovchi korxonalarni barpo qilish,

mavjudlarini modernizatsiyalash mintaqa eksport imkoniyatlaridan oqilona

foydalanish imkonini beradi.

2011-2015 yillarga muljallangan sanoatni ustuvor rivojlantirish dasturiga

muvofiq mintaqaning yengil sanoat tarmog’iga 220,1 mln. AQSH dollar kiritilishi

belgilangan. SHundan, 94,5 foizi yoki 208,1 mln. AQSH dollari xorijiy investitsiya

va kreditlar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur mablag’lar evaziga Andijon, Farg’ona,

Qo’qon, Namangan shaharlaridagi mavjud korxonalar texnik va texnologik

jihatdan modernizatsiya qilinadi. SHuningdek, barpo etiladigan yangi korxonalar

bo’yicha ham loyihalar ishlab chiqilgan. Sarmoya kiritiladigan korxonalar yillik

quvvati 3 ming tn. kalava ip, 19,4 mln. p.m. mato, 9,6 mln. dan ortiq trikotaj va

tikuvchilik buyumlari ishlab chiqariladi.

Mintaqaning poyafzal ishlab chiqaruvchi “Imano Grupp”, “Yangi Vega”,

“UzSalaman”, “Anchin invest” qo’shma korxonalarida 165 ming juft poyafzal

ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan loyiha qiymati 2,9 mln. AQSH dollarga

teng yangi tsexlar barpo qilinadi.

Mintaqa eksportining ustuvor tarmoqlaridan yana biri - oziq-ovqat

sanoatidir. Farg’ona mintaqasining qulay geografik joylashuvi hamda uning yer

resurslari unumdorligi qishloq xo’jaligi mahsulotlarida (ayniqsa, bog’dorchilik,




meva yetishtirish va uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik) nisbiy

ustunlikka ega. Meva va sabzavotlarni faqat xosil pishgan vaktda emas, balki, uni

yilning barcha oylarida asl sifatini yukotmaydigan tarzda saklab turishini ta’minlay

oluvchi qayta ishlovchi korxonalar sonini ko’paytirish maksadga muvofikdir.

Mintaqada ho’l meva yetishtish bo’yicha Bog’dod, Yozyovon, Oxunboboev,

Rishton, Oltiariq, O’zbekiston, Pop, Uchqo’rg’on, Paxtaobod, Bo’z, Baliqchi

tumanlari muhim o’rin tutsada, ularda meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan

korxonalar barpo etilmagan. SHu sababli fermer, dehkon, uy xo’jaliklari, shaxsiy

tomorkalarda yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar

asosida qayta ishlovchi kichik mikrofirmalar faoliyatini shakllantirishni

rag’batlantirish mintaqa eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat

qiladi.


Dehqon va fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jaligi xomashyolarini qayta

ishlash sanoatidagi ishtiroklarini oshirish va ularni meva-sabzavotlarni qayta

ishlovchi kichik texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash zarur. Buning uchun

bank bilan mijoz urtasidagi munosabatlarni mustaxkamlash choralarini kullash

maksadga muvofikdir. Tadbirkorlarni qayta ishlovchi yangi zamonaviy texnika va

texnologogiyalar bilan tanishtirish va texnikani iste’molchiga yetkazish, mahsulot

ishlab chiqarishini kafolatlovchi mehnat kapitallashuvi yuqori xizmatlar tizimini

kengaytirish ijobiy natijalarni beradi.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ikkilamchi resurslarga boy hisoblanadi.

Ikkilamchi resurslarni qayta ishlash bir tomondan birlamchi resurslarni tejashga

olib kelsa, boshka tomondan tabiatni ifloslanishini oldini oladi. Mintaqada qishloq

xo’jaligi chikindilari bo’lgan g’o’zapoya, bug’doy, sholi, arpa poyalari ikkilamchi

resurslar hisoblanib, ularni qayta ishlash texnologiyalarini qishloq joylariga olib

kirish orqali qurilish materiallari, kog’oz xomashyosi, omuxta yem ishlab chiqarish

mumkin.

Farg’ona mintaqasi g’allachilikda respublikada yetakchi o’rinlardan birini

egallaydi. Mintaqaning donni qayta ishlovchi korxonalariga un-yorma, omuxta

yem ishlab chiqarish kiradi. Yuqori mahsuldor mashina uskunalarni va ilg’or




texnologiyalarni kullash orkali korxonalarning texnik darajasini oshirish talab

qilinadi. Xususan, unni turli hajmlarda (1, 3, 5, 10, 15, 25 kg) qadoqlangan

paketlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ichki iste’mol bilan birga eksport

hajmini ham oshirishi mumkin.

Ayni paytda, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar va hududdagi

mavjud mineral resurslar xususiyatlarini inobatga olib, innovatsion texnologiyalar

asosida mahalliy xomashyolardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni

kengaytirish, fermer xo’jaliklari, mayda xunarmandlar, kichik biznes korxonalariga

qayta ishlovchi minitexnika va texnologiyalarni sotib olishlari va ishga

tushirishlari uchun moliyaviy yordam ko’rsatish, imtiyozli kreditlar berish tizimini

yanada takomillashtirish mintaqa eksport imkoniyatlarini rivojlantiradi.

Respublikada mavjud bo’lgan kichik qayta ishlash sanoati tarmoqlarini

o’rganib chikish va mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan kelib chikib, qayta ishlash

sanoati tarmoqlari shaxobchalarini yoki ixtisoslashgan plastmassa, tayyor trikotaj

mahsulotlari, sifatli ipak va paxta, sun’iy ipak gazlamalarini, balik va go’sht

konservalari, yozuv va ishlab chiqarish qog’ozlarini fan-texnikaning so’nggi

yutuklaridan foydalanib tugal tsiklli ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini tashkil

qilish maksadga muvofikdir.

Mintaqaning istiqbolli sanoat tarmoqlaridan yana biri bu - kimyo sanoatidir.

Sanoatni 2011-2015 yillarda rivojlantirishning ustuvor yunalishlari buyicha qabul

qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1442 sonli “2011-2015

yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yunalishlari

to’g’risida”gi qaroriga binoan “Qo’qon-spirt” OAJ va “Andijon-biokimyo”

OAJlarga 6,2 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilib, spirt ishlab chiqarish

texnologiyasini modernizatsiya qilish belgilangan.

Istiqbolda, mintaqaning farmatsevtika sanoatiga investitsiya kiritish

maksadga muvofikdir. CHunki, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun mintaqada

xomashyo resurslari va malakali kadrlar salohiyati mavjud. SHu bilan birga,

mintaqada joylashgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tabiiy

gazdan metanol ishlab chiqara oladigan, hamda karbamid, etilen va propilen,




sintetik kauchuk, oksil-vitamin kontsentrantlari tayyorlaydigan avtomatlashtirilgan

liniyalarni ishga tushirish mintaqa kimyo sanoati eksport salohiyatidan oqilona

foydalanishga xizmat qiladi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling