Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARLAN FOYDALANISH


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARLAN FOYDALANISH

VA  JALB ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

1.1. Xorijiy investitsiyalar – iqtisodiyotni modernizatsiyalash

va jahon xo’jaligiga intergatsiyalashuvning muhim omili sifatida

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, jahon maydonida o’ziga

munosib o’rin egallashi uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning

raqobatbardoshlik darajasini oshirishga ustuvor ahamiyat bermoqda. Jahon tarixiy

tajribasi bu maqsadga tadbirkorlik kapitalining xalqaro harakatiga qo’shilmasdan

va iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilmasdan, faqat

o’z kuch va vositalariga tayangan holda erishish amalda mumkin emasligini

ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda jahonda shakllangan xorijiy investitsiyalar bozori

investorlar o’rtasida kuchli raqobatga asoslangan bozor hisoblanadi. Unda

retsipient mamlakatlar, eng avvalo, rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga

o’tayotgan mamlakatlar o’z iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun

investitsiya muhitini yaxshilash va erkinlashtirish yo’li bilan jiddiy kurash olib

borishga majburdir.

Bu holat jahon kapital bozorida O’zbekiston Respublikasining mavqeini

mustahkamlashni, uning bevosita xorijiy investitsiyalar retsipienti sifatidagi

raqobatbardoshlik darajasini yanada oshirishni talab etadi. Iqtisodiyot, eng avvalo,

uning real sektori investitsiyalarga muhtojligi, milliy darajadagi ustuvor

maqsadlarga, shu jumladan YaIM hajmining barqaror o’sishiga erishish zarurligi

bois ham bu vazifa O’zbekiston uchun ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelishi va ularning intensivligi bir

qancha omillarga bog’liq bo’lib, ularni investitsiya makoni yoki muhiti deb atash

mumkin. Investitsiya muhiti iqtisodiyot holatini, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni,

texnikaviy, ijtimoiy-tashkiliy, psixologik omillarini, shuningdek, tadbirkorlik

faoliyatning qaysi darajada rivojlanganligini, ularning samarali faoliyat

ko’rsatishlari uchun chiqarilgan qonun va qarorlarni, huquqiy makonning

mavjudligini, madaniyat va ma’naviyatni investorlar o’z mablag’ini yo’naltirish

uchun e’tiborga oladigan hamda ulardan xulosa chiqaradigan boshqa omillarni o’z



tarkibiga oladi. SHu bilan birgalikda, iqtisodiy siyosatni olib borish davlat

boshqarish organlarini investitsiya jarayonlarini tartibga solish, iqtisodiyotda

davlatning aralashuvi, Xalqaro bitimlarda ishtirok etish va chet el investitsiyalarini

jalb qilish, investitsiya makonining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi

1

.

Xorijiy investitsiyalarning hajmlari va dinamikasini makroiqtisodiy



prognozlashtirishni amalga oshirish uchun normativ-maqsadli metoddan

foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod tashqi va ichki omillar ta’sirini

hisobga olgan holda, kelajak uchun belgilangan ustuvor milliy maqsadlardan biri –

YaIMning 8% dan iborat eng kam yillik o’sishiga erishishni ko’zda tutadi.

Ko’rsatilgan omillar asosiy kapitalga investitsiyalarning YaIM ko’payishiga

nisbatan tezroq o’sishiga erishish, shuningdek, iqtisodiyotga jalb qilinayotgan

xorijiy investitsiyalar miqdorini ko’paytirishni ichki investitsiyalarning o’sishiga

qaraganda jadalroq sur’atlarda amalga oshirish, ya’ni ushbu nisbatlarni aks

ettiruvchi elastiklik koeffitsientlarini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish shakllarini diversifikatsiya

qilish va qo’llanilayotgan shakllardan foydalanishni yaxshilash istiqbol uchun

belgilangan maqsadlarga erishishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. CHet el

investitsiyalarini jalb qilishning mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va kontsessiya

shartnomalari singari istiqbolli shakllaridan chet el sarmoyasi ishtirokidagi

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida olinadigan tabiiy rentani

davlat foydasiga o’tkazish mexanizmi sifatida foydalanish zarur. Mazkur shakllar

va aniq loyihalarni tanlash uchun mezon sifatida investitsiyalarning byudjetga oid

samaradorlik ko’rsatkichidan, ya’ni ular mamlakat byudjet tizimining barcha

darajalarida keltiruvchi foydani maksimallashtirish mezonidan foydalanish

maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’zbekiston chet el investitsiyalarini jalb qilish jarayonini faollashtirish

investitsiyalar kiritilishining mamlakatga tegishli manbalarini diversifikatsiya

1

Trofimov A.M. Kishbraziev R.V., Timiryaseva A.V. Investitsionniy klimat regiona:



predraspolojennost, tendentsiya i razmeshenie proizvodstv //Novie faktori regionalnogo razvitiya. -

M., 1999. s. 26-42.




qilishni taqozo etadi. Mamlakatga oid investorlar doirasining kengayishi faqat eng

ko’p qulaylik rejimi printsipiga rioya etish doirasida sodir bo’lishi mumkin, ya’ni

ayrim mamlakatlardagi investorlar uchun individual imtiyozlardan foydalanish

butunlay istisno etiladi. Investitsiya muhitini umumiy tarzda yaxshilash va

mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish muayyan mamlakatlardan to’g’ridan-to’g’ri

chet el investitsiyalari oqimlarini ko’paytirishning istiqbolli vositalari hisoblanadi.

Kelajak uchun mo’ljallangan investitsiya siyosatini amalga oshirishda

O’zbekiston, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa mamlakatlar singari,

moliyaviy imtiyozlardan ham ko’ra fiskal imtiyozlar (soliq va boj imtiyozlari)ga

ko’proq e’tibor qaratishiga to’g’ri keladi. Bunda imtiyozlarni mumkin qadar uzoq

muddatga berish (ustuvor yo’nalishlarni rivojlantirish uchun kamida 5-10 yil talab

etiladi) va ularni mazkur davr mobaynida o’zgartirmaslik maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiyotga kelajakda mamlakatning o’sib borayotgan ehtiyojlari,

manfaatlari va eng muhim milliy maqsadlariga mos keluvchi ko’lam va tarkibiy

tuzilishga ega bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish vazifasi

davlat tomonidan ularni tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini, shu

jumladan, qonunchilik-huquqiy bazasini, shuningdek ma’muriy tuzilmalar va

ularning faoliyat usullarini takomillashtirilishini taqozo etadi.

Quyidagi tadbirlar xorijiy investitsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga

solish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari

bo’lmog’i lozim:

– chet ellik investorlar faoliyatining huquqiy bazasini takomillashtirish;

– xorijiy investitsiyalarni boshqarishning institutsional tuzilmasini

yaxshilash, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga oid davlat

siyosatini ishlab chiqish, chet ellik investorlar bilan o’zaro aloqani tashkil etish va

ularning samarali faoliyati uchun tashkiliy sharoitlar yaratish;

–chet el investitsiyalarining hajmlari va tuzilmasini yanada aniq baholash

uchun statistik ma’lumotlar yig’ish va ular bilan ishlash mexanizmini

takomillashtirish;



– mintaqalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosatini rivojlantirish,

shu jumladan respublika va viloyat darajalarida to’g’ridan-to’g’ri chet el

investitsiyalarini tartibga solishni muvofiqlashtirish;

– xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda ishtirok etishni

faollashtirish, shu jumladan kapital qo’yilmalarni rag’batlantirish va himoya qilish

hamda ikki tomonlama soliq solishni istisno etish to’g’risida bitimlar tuzish.

Yuqoridagi bildirilgan mulohazalarga asoslanib, quyidagi xulosa va

takliflarni bildirish mumkin.

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan va

o’zaro raqobat kuchaygan hozirgi sharoitda mamlakatning xorijiy investitsiyalar

retsipienti sifatidagi mavqeini mustahkamlash vazifasi bu boradagi siyosatni

mustahkam ilmiy asosga tayangan holda ishlab chiqishni talab qiladi. Uning

zamirida xorijiy investitsiyalarga doir zamonaviy nazariyalar yotadi. Bu

nazariyalar orasida Maykl Porterning mamlakatlar raqobatbardoshligi va

J.Danning tomonidan ilgari surilgan eklektik nazariyalar alohida o’rin egallaydi.

Ularning raqobatbardoshlik rombi, lokal ustunliklar va eksport pozitsiyalari

kontseptsiyasi singari elementlari O’zbekistonning xorijiy investitsiyalar retsipienti

sifatidagi mavqeini mamlakat iqtisodiyotining o’tish davrini boshdan

kechirayotgani, uning “yangi paydo bo’layotgan bozorlar”ga mansubligini va

milliy sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi

mumkin.

Oxirgi 10-15 yil ichida jahon xo’jaligida ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Jahon

xo’jaligining globallashuvi sharoitida xorijiy investitsiyalarning mavjud shakllari

hamda ularda yuz bergan miqdor va sifat o’zgarishlarining har tomonlama tahlili

asosida to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining yangi turi aniqlandi.

Ilgari mavjud bo’lmagan iqtisodiy kategoriya sifatida shakllangan xorijiy

investitsiyalarning yangi turiga “globallashgan chet el investitsiyalari”, degan nom

berish mumkin. Ular mavjud shakllardan asosan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

– bu investitsiyalarning yuksak texnologiyalarga asoslangan sanoat

tarmoqlariga jalb qilinishi;




– bitimlarning aksariyati mahsulot taqsimotiga oid bitimlar shaklida bo’lishi;

– transmilliy kompaniyalarning “mustaqil” filiallari tomonidan to’g’ridan-

to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarning

qat’iy nazorat ostiga olinishi va bosh kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan

xorijiy investitsiyalarga oid yagona strategiyaning tarkibiy qismi hisoblanishi;

– bu jarayonga jalb etilgan ishchi kuchi tayyorgarlikdan o’tgan va yuqori

malakali bo’lsa, mehnattalab faoliyat turlarining “globallashgan xorijiy

investitsiyalar” toifasiga kiritilishi.

Xorijiy investitsiyalarning hozirgi jahon bozori investorlarning, eng avvalo,

kapitalni joylashtirish uchun mamlakat va tarmoqlarni tanlash imkoniyatiga ega

bo’lgan transmilliy kompaniyalarning kuchli raqobatga asoslangan bozori

hisoblanadi. SHu bilan birga retsipient mamlakatlar xorijiy tadbirkorlik kapitalini

kirituvchilarga investitsiya muhitini yaxshilash orqali ularni yanada keng jalb

qilish uchun keskin raqobat kurashi olib borishga majburlar. Bu sohadagi

erkinlashtirish jarayonlari so’nggi o’n yillikda xorijiy investitsiyalar jahon

bozoridagi umumiy tendentsiyaga aylandi. Mamlakatlar, mintaqaviy integratsion

birlashmalar, shuningdek, bu boradagi qoidalarni belgilovchi Butunjahon savdo

tashkiloti, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti singari xalqaro

iqtisodiy tuzilmalar tomonidan uzoqni ko’zlovchi choralar ko’rilmoqda.

To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining retsipienti bo’lgan

mamlakatlarning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash maqsadida modernizatsiya

qilingan romb quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:

a) to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga bo’lgan talabni;

b) omillar, infratuzilma va bozor sharoitlarini;

v) korporatsiyalar strategiyasini;

g) davlat siyosatini.

To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga talab iqtisodiyot real sektorining

investitsiyaga bo’lgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyot real

sektorining asosiy fondlarini moliyalashtirish manbalarining cheklangani bois, bu

fondlarni modernizatsiya qilish va yangilash uchun investitsiyalarga katta ehtiyoj




mavjud. Bu ehtiyojni ta’minlashni davlat byudjeti ham, tijorat banklarining

kreditlari ham, fondlar bozori ham o’z zimmasiga olishga qodir emas.

Kelajakda mamlakatimiz xususiy va aralash sektorlari korxona-

tashkilotlarining o’z mablag’lari asosiy kapitalga investitsiyalarni

moliyalashtirishning yetakchi manbai bo’lib xizmat qiladi, deyish mumkin. Ammo

bu korxona va tashkilotlarning imkoniyatlari ham ancha cheklangan. Bunday

sharoitda to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga talabning kuchayishi,

iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni amalga oshirishda ularning o’rni va

ahamiyati oshishi muqarrardir.

To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining hajmlari va dinamikasini

makroiqtisodiy prognozlashtirishni amalga oshirishda asosiy metod sifatida

elastiklik koeffitsientlaridan foydalanishga asoslangan normativ-maqsadli metod

qabul qilingan. Bu metodni qo’llash jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning,

jumladan, to’g’ridanto’g’ri chet el investitsiyalari retsipienti sifatidagi mavqeini

mustahkamlashdek strategik vazifadan, shuningdek, kelajak uchun belgilangan

ustuvor milliy maqsadlardan biri – YaIMning 8% dan iborat eng kam yillik

o’sishiga erishishdan kelib chiqadi. Yuqorida bayon etilgan holat hamda

vazifalarni hisobga olganda, asosiy kapitalga investitsiyalarning o’sish sur’ati

yiliga 10-12% dan kam bo’lmasligi kerak. Ichki moliyalashtirish manbalarining

katta imkoniyatlarini inobatga olganda, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini

jalb qilish yanada jadal – bir yilda 15-20% ga o’sishiga erishish lozim.

Pirovardida ta’kidlash joizki, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb

etish shakllarini diversifikatsiya qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish

mamlakatning raqobatbardoshligini mustahkamlash va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy

investitsiyalarni investitsion jarayonni faollashtirishning ta’sirchan omiliga

aylantirishning zaruriy shartidir. Korxonalarni chet ellik hamkorlarga aniq

investitsion majburiyatlar asosida berish, ularni xususiylashtirish jarayoniga

investitsion tanlovlar orqali yanada faol jalb etish, xalqaro moliyaviy ijara (lizing)

bu boradagi istiqbolli shakllar hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri chet el

investitsiyalarini jalb qilish shakllari va loyihalarini tanlash va baholash mezoni




sifatida mamlakat, ayrim mintaqalar va hududlarning manfaatlarini hisobga olish

imkonini beruvchi byudjet samaradorligi ko’rsatkichlaridan foydalanish maqsadga

muvofiqdir.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling