Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonida investitsiya
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
1.2. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonida investitsiya
siyosati: tarmoq va mintaqaviy yondashuvlar Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’liq muammolarni kompleks hal etish, tarmoq ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yanada o’stirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati, qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati, farmatsevtika sohasi va boshqa shu kabi soha hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har tomonlama va izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Bunda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog’liq, albatta. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda,
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin». Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2000-2012 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. 2013 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, sanoat ishlab chiqarishi – 8,8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,8, chakana savdo aylanmasi – 14,8, iqtisodiyotga jalb qilingan yalpi investitsiyalar – 9,8, kapital qurilish hajmi 16,6, yuk tashish – 4,4, yo’lovchi tashish – 4,2, eksport 10,9 va import hajmi 7,7 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o’sdi (1-ilova). Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga, 2013 yilda 24,2 foizga yetganida ham yaqqol ko’rish mumkin. Agar 2011 yilda sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etgan bo’lsa, mazkur sohalarning yalpi tarmoq o’sishidagi ulushi 2013 yilda 78 foizdan ortiqni tashkil qildi.
O’tgan 2013 yilda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik – 21 foiz (2011 yilga nisbatan 1,7 marta yuqori sur’atlarda), qurilish materiallari sanoati – 13,6 foiz (2011 yilga nisbatan 14,3 foizga yuqori sur’atlarda), yengil sanoat – 13,0 foizga, oziq-ovqat sanoati – 9,0 foizga jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida, jumladan, bunday deyiladi: «O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi». Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to’qimachilik sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash usullaridan biri xo’jalik faoliyatini diversifikatsiya qilish orqali ularni bozor muhiti dinamikasiga moslashtirishdir. Diversifikatsiya jarayonlari modernizatsiya sharoitida amalga oshirilib, mintaqalarning moliya-iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va barqarorligining asosiy belgisi hisoblanadi. Respublikaning har bir hududiy sub’ektida tadbirkorlikning strategik rivojlantirish bo’yicha iqtisodiy tendentsiyalarni hisobga oladigan innovatsiya tizimlarini shakllantirish zarurligini ko’zda tutadi. Iqtisodiyot sub’ektlarining xo’jalik hayoti jadallashuvi bozorda korxonalar samarali faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan yangi segmentlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni paytda milliy sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash quyidagi imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi: Ø mamlakat va uning mintaqalari xo’jalik tuzilmasini mukammallashtirib, bugungi noaniqlik hukmron bo’layotgan jahon bozori sharoitida xo’jalikning ayni bir tarmoqqa qaramlik darajasini pasaytiradi; Ø iqtisodiyotda, ayniqsa, mahalliy xo’jalik tuzilmalarida mahalliy salohiyat va resurslarning xo’jalik faoliyatiga safarbarlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, ikkinchidan, mahalliy xom ashyo va boshqa omillardan foydalanish asosida yuqori qo’shimcha
qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga zamin yaratadi; Ø mintaqaviy iqtisodiy birliklarning lokal va global miqyosda jahon bozoriga bevosita kirib borish imkoniyatini beradi va shu orqali milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasini hamda xalqaro moliya institutlarining milliy investitsion bozordagi erkin ishtirokini faollashtirishga turtki beradi; Ø bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishning mintaqa ichida tarmoq, mintaqalararo, shuningdek, xalqaro kooperatsiyalashuvini ta’minlaydi va boshq. Ayni paytda iqtisodiyotning tez sur’atlarda o’sib borishi hamda mamlakatimizdagi boy tabiiy, demografik, iqtisodiy resurslar sharoitida ularning iqtisodiyotga safarbarligini oshirish hamda chuqur diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirishda kapitalga, investitsion resurslarga bo’lgan talab sezilarli darajada yuqoriligi saqlanib qolinmoqda va bu tabiiy holdir. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish va undan foydalanish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalar iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlari va ko’lamiga ta’sir etadi, ilmiy-texnika taraqqiyotini va aholining ko’p qismining bandligini ta’minlaydi. Bunga sabab iqtisodiyotimizdagi institutsional o’zgarishlar, ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirishi va rivojlanishi ko’pincha investitsion faollikka bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini yaratish va amalda faoliyat yurituvchilarni qo’llab-quvvatlash ham investitsiya asosida amalga oshiriladi. SHu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, investitsiya siyosatida chet ellik sarmoyadorlarning investitsion mablag’larini jalb qilishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda investitsiya siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: ü respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish; ü respublikamizda jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, xalq xo’jaligini zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan eshiklarni ochib qo’yish siyosatini izchillik bilan o’tkazish; ü mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim ustuvor yo’nalishlarda jamlash; ü tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat yuritish. Mamlakatimizni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar turkibi va tuzilishini tubdan o’zgartirish jarayonida O’zbekiston Respublikasi quyidagi dolzarb vazifalar hal qilish belgilab qo’yilgan: 1. Iqtisodiyot tarmoqlarini ilg’or texnika va texnologiyalar qurollantirish. CHunki, milliy iqtisodiyotimizning ko’p tarmoqlarida eskirgan uskunalar va texnologiyalardan foydalanishi oqibatida mehnat unumdorligi jiddiy pasayib ketgan. Oqibatda bunday korxonalarning mahsulotlari bozorda raqobatga bardosh bera olmay, rentabellik darajasining kamayib ketishi va pul topish imkonining qisqarishi yuz bermoqda. Xorijiy investitsiyalar mazkur muammoni hal etish imkonini beradi; 2. Korxonalarda boshqaruvning zamonaviy ilg’or usullarini joriy etish, boshqaruv kadrlari, mahalliy ishchi va xodimlar bilimi, mahoratlarini o’stirish; 3. Ichki bozorga tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi xo’jalik sub’ektlari uchun jahon bozoriga kirishga qulay imkoniyatlar yaratish; 4. Xorijlik investorlarning qiziqishlari va manfaatlarini oshirishni ta’minlash maqsadida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish. CHet el investorlarining ishtiroki — yangi xususiylashtirilgan korxonalarga o’z imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarishlari ehtimolini ko’paytirish yo’li bilan ushbu jarayon samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda chet el investitsiyalarini milliy korxonalarga jalb etishning quyidagi ustuvor yo’nalishlari belgilangan: v tabiiy xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash bo’yicha ekologik toza ishlab chiqarishni tashkil etish; v ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan zamonaviy axborot va telekommunikatsion tizimlarini rivojlantirish; v transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; v qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ixcham, arzon texnika va texnologiyalar asosida qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; v resurs va energiyani tejamkor asbob-uskunalar ishlab chiqarish; v dori-darmonlar tibbiyot texnikasi va asboblari ishlab chiqarish; v turizm industriyasini rivojlantirish. Xorijiy investorlarni manfaatli jalb etishda ularning sarmoyalarini himoyalangan kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular investitsiyani milliy iqtisodiyotimizga kiritishda iqtisodiy jihatdan hadiksiraydilar. SHu bois, chet ellik investorlarning o’z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta qilish huquqlarining kafolatganligi ularning mulklarini ekspropriatsiya qilishdan va boshqa xatarlardan muhofaza qilinishini ta’minlaydi. Xorijiy investorlar o’z faoliyatlari natijasida olgan foydalarini hech bir cheklovlarsiz chet elga o’tkazishlari ham, ularni respublika hududida qayta investitsiyalashlari, yohud, ulardan o’z istaklariga ko’ra boshqa maqsadlarda foydalanishlari ham kafolatlanadi. Ana shunday qulay muhit tufayli ularning faoliyatlari rivojlanib bormoqda. O’zbekistonning dunyodagi mavqeining mustahkamlanib borishi, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun yaxshi sharoitlarning yaratilishi natijasida chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo’shma korxonalar soni ko’payib bormoqda. Ammo, O’zbekistonda chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning bir qancha muammolari mavjud. Xususan, xorijiy investitsiyalarni joylashishida mintaqaviy nomutanosiblik mavjud. Natijada chet el investorlarini mintaqalar miqyosida jalb etish muvozanatga solinmaganligi saqlanib turibdi. Masalan, faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarning 73,5 foizi Toshkentda joylashgan. Hozirgi davrning muhim vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni qayta tashkil etish zarur. Bu esa iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini yanada jonlantirishga imkon beradi. SHuningdek, amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyati monitoringini tashkil etish talab etiladi Mintaqalar iqtisodiyotlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko’paytirishning yanada bir yo’li joylarda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu borada keyingi yillarda respublika mintaqalarida mavjud sanoat va infratuzilmalar salohiyatidan kelib chiqqan holda erkin va maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish tajribasi kutilgan natijani bermoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida bunyod etilgan erkin iqtisodiy-industrial hudud («Navoiy» EIIH) mintaqaviy kommunikatsiya tarmoqlari kesishgan hududda xususan, Ye-40 xalqaro transport yo’li yo’nalishining markazida joylashgan bo’lib, nafaqat O’zbekiston uchun, balki butun mintaqa uchun iqtisodiy o’sish katalizatori sifatida muhim ahamiyatga ega. Bugun bu hududda yangi tashkil etilgan korxonalarda spidometrlar, avtomobillar uchun o’tkazgichlar, kompressorlar, raqamli televizion tyunerlar, energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari, diodli lampalar, modemlar, polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. SHuni alohida ta’kidlash joizki, «Navoiy» EIIH tufayli ko’plab korxonalar birinchi toifadagi tarmoqlardan foydalanish huquqini qo’lga kiritdilar, hamda EIIH ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashuvchi va iste’mol qiluvchi xo’jalik sub’ektlariga aylandilar. Bu yerda joylashgan qayta yuklash terminali esa multimodal yuklarni tashishda muhim ahamiyatga ega. Erkin iqtisodiy-industrial hududda “O’zMinda” qo’shma korxonasi ham alohida o’rin tutadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu qo’shma korxona «O’zavtosanoat» AK va Hindistonning «Minda Capital Ltd.» korxonasi investitsiyalari asosida 2010 yilning 15 martida tashkil etilgan. Qo’shma korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan spidometrlar, turli avtokomponentlar va avtomobil xavfsizlik tizimi kabi mahsulotlarning asosiy iste’molchisi «GM Uzbekistan» avtomobil zavodi hisoblanadi.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling