chet el investitsiyalarini jalb etish shakllarini diversifikatsiya qilish va ulardan
faollashtirishning ta’sirchan omiliga aylantirishning zaruriy shartidir.
To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish shakllari va
loyihalarini tanlash va baholash mezoni sifatida mamlakat, ayrim mintaqalar va
hududlarning manfaatlarini hisobga olish imkonini beruvchi byudjet samaradorligi
ko’rsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Erkin iqtisodiy-industrial hududlar tufayli korxonalar birinchi toifadagi
tarmoqlardan foydalanish huquqini qo’lga kiritadilar, hamda erkin iqtisodiy-
industrial hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashuvchi va iste’mol
qiluvchi xo’jalik sub’ektlariga aylanadilar.
Korxonalarni o’z faoliyatini amalga oshirmayotganligi muammolariga xom-
ashyo sotib olishga aylanma mablag’larning yetishmasligi, qishloq xo’jalik
maxsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom ashyoning yetishmasligi,
infratuzilmaga oid muammolar, jumladan korxonalarning elektr energiya, tabiiy
gaz, suv va yoqilg’i-moy maxsulotlari bilan ta’minlashda uzulishlar, texnologiya
va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan maxsulotning xalqaro
standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi, korxonalarda
marketing xizmatining to’g’ri tashkil qilinmaganligi, tovar ishlab
chiqaruvchilarning chet el bozorlari, ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari
to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanmaganligi, korxonalarda marketing bilan
shug’ullanuvchi xodimlar bilimining yetarli darajada emasligi.