Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarida xorijiy investitsiyalar


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

1.3. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarida xorijiy investitsiyalar

bilan bog’liq muammolar tavsifi

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda ulardan

samarali foydalanish bilan bog’liq juda ko’p muammolar mavjud bo’lib,

moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli hanuzgacha keskinlik va noaniqlik yuqori

darajada faollikka ega jahon va mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarda samarali

ishtirok etishda bu kabi muammolarning yechimini topish dolzarb tavsifga ega.

Hozirgi kunda, eng asosiy muammolardan biri – milliy iqtisodiyotga

belgilangan dasturlar asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir.

Milliy iqtisodiyotga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning talab

qilinganlik darajasini indikativ yondashuv asosida aniqlash mumkin. Jumladan,

xorijiy investitsiyalarning talab qilinganlik darajasini sifatli va miqdoriy

diagnostika qilishda indikativ yondashuv eng qulay tahlil usuli hisoblanib, ushbu

yondashuv yordamida investitsion xavfsizlik muammolarining tahlili bir qator

indikatorlar majmui orqali amalga oshiriladi.

Bunda ushbu indikatorlar vujudga kelayotgan xavf va tahdidlardan ogoh

qilib, tahdid darajalarini miqdoriy baholash imkoniyatini hamda vaziyatni

barqarorlashtuvchi dasturiy-maqsadli tadbirlar majmuini ishlab chiqish

imkoniyatini beradi. Bu yerda xavfsizlikka bo’lgan tahdidlarni aniqlash

indikatorlarni joriy (haqiqiy) qiymatlari bilan ularni chegaraviy (kritik)

qiymatlarini solishtirish orqali amalga oshiriladi

2

.

Indikativ yondashuvning eng muhim jihati bu uning tizimliligi hisoblanadi.



Investitsion faoliyatga milliy manfaat, tahdid, indikatorlar, chegaraviy darajalar,

2

 Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii: Obshiy kurs: Uchebnik. Pod red. V.K.Senchagova. 2-izd. – M.: Delo, 2005.




diagnostika uslublari, tashkiliy va normativ-huquqiy tashkil qiluvchilari kabi

elementlardan iborat bir butun tizim sifatida qaraladi.

SHuningdek, ushbu yondashuv xavfsizlik holatini baholashda o’zining

yuqori aniqlik darajasi bilan ajralib turadi. Har bir indikator o’lchov birligi va

chegaraviy darajalarga mos miqdoriy tavsifga ega.

Indikatorlarning haqiqiy qiymatlarini ularning chegaraviy darajalari bilan

solishtirilganda, mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining real holatiga va umuman

uning mustaqil jihatlariga, xususan alohida bir sohalariga miqdoriy va sifatli baho

berish mumkin.

Investitsion xavfsizlik indikatori – bu investitsion xavfsizlik tizimini (asosiy

sohalari bo’yicha) baholovchi ko’rsatkich hisoblanib, u xavfsizlikka bo’lgan

tahdidlarni, ularning tarkiblari, namoyon bo’lish ko’lamlari va uning darajalarini

to’liq ravishda tavsiflab beradi.

Investitsion xavfsizlik quyidagi indikatorlar orqali tahlil qilinadi:

• Investitsiyalarning YaIMga nisbatan umumiy hajmi, %;

• Xorijiy investitsiyalarning YaIMga nisbatan umumiy hajmi, %;

• Asosiy kapitalda xorijiy investitsiyalarning o’sish darajasi, %;

• Mulkchilik shakliga ko’ra investitsiyalarning ulushi, %;

• Moliyalashtirish manbaiga ko’ra investitsiyalarning ulushi, %;

Bundan tashqari, har bir indikator bo’yicha xavfsizlik darajasini aniq

baholash maqsadida xavfsizlik holati ham tasniflanib quyidagi zonalarga

bo’linadi

3

:

• Normal;



• Inqiroz oldi;

• Inqirozli.

O’z navbatida, inqiroz oldi holati boshlang’ich bosqich (KO1), rivojlanish

bosqichi (KO2) va inqirozli zonaga o’tish xavfi bo’lgan kritik bosqichlarga (KO3)

ajratiladi. SHuningdek, inqirozli holat ham uch davrga bo’linib, boshlang’ich

3

Mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya: Ucheb. posobie dlya vuzov. Pod red. prof.



L.E.Strovskogo. – M.: YuNITI-DANA, 2003. 447-450. B.


bosqich (K1), taxlikali bosqich (K2) va favqulodda bosqichlarni (K3) o’z ichiga

oladi.


Hozirgi kunda, investitsion xavfsizlikning ayrim jihatlari bo’yicha

indikatorlar va ularning chegaraviy darajalari ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan,

Rossiyalik mutaxassislar tomonidan quyidagicha yoritilgan (1.1- jadval)

4

.




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling