Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Mintaqa iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
2.2. Mintaqa iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy
investitsiyalar ishtirokining tahlili Dunyo bozorlariga chiqish iqtisodiyotni izchil isloq etish, uni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga muqobil variantlardan hisoblanadi. Bunda respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va bu boradagi ishlarni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilish mamlakat iqtisodiyotida o’ziga xos tarkibiy o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bunda mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, hududiy mehnat taqsimotini rivojlanishi hamda ishlab chiqarish salohiyatini yuksalishi ko’zga tashlanadi. Mamlakat mintaqalari iqtisodiyotini xududiy tarkibining takomillashishi va iqtisodiy geografik jarayonlarni jadallashuvida xorijiy investitsiyalar jalb qilish asosiy omillardan sanaladi 9 . Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Statistika qo’mitasi ma’lumotlariga tayanib ta’kidlash mumkinki, mustaqilligimizning o’tgan yillari mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotiga umumiy qiymati 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod investitsiya jalb etilgan bo’lib, shulardan 35 mlrd. AQSH dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi. SHuni ta’kidlash joizki, ulkan investitsiya salohiyatga ega yurtimiz iqtisodiyotining yillik investitsiya oqimi 4-5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniga ega. 9 Mirzaahmedov H, Jumaxanov SH, Jobborova M.Farg’ona viloyatida xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ayrim jihatlari. O’zbekistonda atrof muhitn i muhofaza qilishning dolzarb masalalari. Respublika ilmiy amaliy konferentsiya materiallari. Samarqand. 2013. –b 125-127. 2000-2010 yillar davomida Farg’ona mintaqasi viloyatlar iqtisodiyotiga jami jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 1079,0 mlrd. so’mni tashkil etib, bu respublika umumiy ko’rsatkichining 6,7 foizini tashkil etgan. Ayni paytda mintaqa iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi va uning respublika ko’rsatkichiga nisbati yuqori tebranishli trendda ko’zga tashlanadi. Bu holatni, Farg’ona mintaqasi viloyatlari iqtisodiyotlariga jalb qilingan yalpi xorijiy investitsiya hajmining respublika ko’rsatkichidagi ulushi diagrammasida kuzatish mumkin (2.5-rasm). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling