3.3-rasm.
Farg’ona mintaqasining istiqbolli eksport tarmoqlari
2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan
dasturga muvofiq mintaqa resurs salohiyatidan kelib chiqqan holda
avtomobilsozlik tarmog’iga jami 220,7 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya
jalb qilinishi kuzda tutilgan
10
. Investitsion loyihalar doirasida 2011-2015 yillarda
Qo’qon, CHust, Andijon shaharlarida avto extiyot kismlar ishlab chiqarishni
tashkil qilish belgilangan. Bu esa o’z navbatida mintaqada avtomobilsozlik
tarmog’i mahsulotlarini ham sifat, ham miqdor jihatdan o’sishini ta’minlaydi.
Buning natijasida esa uning eksport imkoniyati sezilarli darajada ortadi.
Ushbu tarmoqni rivojlantirish asosida yanada yangi korxonalarni barpo etish
mumkin. Uning negizida esa, avtomobilsozlik sanoatini tula mahalliylashtirish
lozim. Buning uchun mintaqada yetarli tabiiy va mehnat resurslari mavjud.
10
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi “2011-2015 yillarda O’zbekiston
Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” gi PQ-1442 sonli qarori
Do'stlaringiz bilan baham: |