Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
-jadval O’zbekiston va Farg’ona mintaqasi eksportining
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2005 y. 2010 y. Jami 100,0 100,0 100,0 100,0
3.3-jadval
O’zbekiston va Farg’ona mintaqasi eksportining tovar tarkibi, foizlarda O’zbekiston Respublikasi Farg’ona mintaqasi Tovar tarkibi 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2000 y. 2005 y. 2010 y. Jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 paxta-tolasi 27,5 19,1
11,3 37,1
21,7 12,1
oziq-ovqat mahsuloti 5,4
3,8 9,7
8,4 3,7
21,1 kimyo mahsuloti 2,9 5,3
5,1 1,9
0,3 4,7
energiya manbalari 10,3
11,5 24,8
13,4 6,0
7,0 rangli va qora metallar 6,6 9,2
6,8 0,0
0,3 0,2
mashina va asbob- uskunalar 3,4
8,4 5,5
15,5 49,7
36,4 xizmatlar 13,7 12,2
9,1 0,0
0,2 1,0
boshqalar 30,2
30,5 27,7
23,7 18,1
17,4 O’tgan 11 yil davomida mintaqa eksporti tovar tarkibida kimyo mahsulotlari 2,8 foizga, mashina va asbob-uskunalar 20,9 foizga hamda xizmatlarning ulushi 0,8 foizga oshgan. Respublika eksport tovar tarkibiga doir o’zgarishlar mintaqa eksporti tarkibida ham kuzatiladi, ya’ni xom-ashyo mahsulotlarining ulushi yil sayin pasayib bormoqda. CHunonchi, eksportda paxta tolasining ulushi 2000 yilda 37,1 foizdan 2010 yilda 12,1 foizga tushdi. Birok, uning mutlak ko’rsatkichi bu davrda 26,8 mln. AQSH dollariga oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, jahon bozorida
paxta tolasiga bo’lgan narx kutarilgan hamda mintaqada paxta tolasini qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib ichki va tashqi bozorlarga sotish jarayonlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadqiq etilgan davr mobaynida Farg’ona mintaqasi tashqi savdosining, jumladan, eksportining geografik tarkibida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Agar 2000 yilda Farg’ona mintaqasi tashqi savdo aylanmasining 53,7 foizi MDH mamlakatlariga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2009 yilga kelib bu ko’rsatkich 36,2 foizgacha pasaydi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog’i esa 2000-2009 yillarda muvofiq ravishda 46,3 foizdan 63,8 foizga oshdi. SHuningdek, mintaqaning MDX, mamlakatlariga eksporti 2000 yilda 68,0 foizdan 2009 yilda 46,8 foizga tushgan. Mintaqa tashqi savdo alokalarida MDX mamlakatlari ulushining pasayib, uzoq xorij mamlakatlari ulushining ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatdi: - MDX mamlakatlaridagi iqtisodiy inqiroz holati va ushbu mamlakatlarda to’lov qobiliyatining pasayib ketishi; - zamonaviy texnika va texnologiyalarni uzoq xorij mamlakatlari, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlardan sotib olish imkoniyatining yuqoriligi, ya’ni, invesitsion munosabatlar faolligi; - eksport tushumlarini erkin almashinuvchi valyutada olish maksadida rivojlangan mamlakatlar bilan savdo faoliyatini amalga oshirishga ustuvorlik berilganligi. Farg’ona mintaqasida an’anaviy eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar katoriga yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik, qurilish sanoati, xunarmandchilik hamda xizmatlar sohasini kiritish mumkin. Birok, xozirgi kunda mazkur tarmoqlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmi mintaqadagi mavjud imkoniyatlarga mos emas, ya’ni mintaqaning eksport imkoniyatlaridan tula foydalanilmayapti. Tadqiqot natijalariga asoslanib mintaqaning 7 ta asosiy ustuvor tarmoqlarining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish maksadga muvofik. bo’lar quyidagilarda uz aksini topgan (3.3-rasm). |
ma'muriyatiga murojaat qiling