Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

III-Bob bo’yicha xulosa

Yakunlovchi bob xulosasi sifatida shuni aytish mumkinki, mintaqa

darajasidagi investitsiya siyosati istiqbolda mintaqa real ustuvorlikka ega bo’lgan

sohalarda investitsion resurslarning kontsentratsiyalashuvi, mintaqaviy xo’jalik

yuritish tizimlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni

kengaytirishni ta’minlovchi daromad olishga imkoniyat beruvchi innovatsion

texnologiyalarni investitsiyalash tamoyillari asosida tashkil topishi lozim.

Istiqbolda, mintaqada tarmoqlarni rivojlantirish uchun xomashyo resurslari

va malakali kadrlar salohiyati mavjud sanoat tarmoqlariga  investitsiya kiritish

maksadga muvofikdir.




XULOSA

O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyotini shakllantirish va

mustahkamlashda hozirgi ishlab chiqarishining ahamiyati beqiyosdir. Binbarin,

iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini

oshirishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muhim o’ringa ega.

CHunonchi, «CHet el investitsiyalar to’g’risida»gi va «CHet ellik investorlar

huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi qonunlari

(1998 yil 30 aprel) va boshqa qaror hamda farmonlarning qabul qilinishi

O’zbekistonda investitsiya muhitini yaratishni iqtisodiy va huquqiy asoslarini

barpo etishga xizmat qiladi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

- hududiy dasturlar doirasida har bir viloyatning o’ziga xos xususiyatlari va

imkoniyatlarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish

bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda mahalliy tashabbuskorlarning sustligi ko’zga

tashlanmoqda;

- mintaqalar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko’p

tomonlama investitsiya salohiyatning darajasi bilan aniqlanadi. Farg’ona iqtisodiy

rayonida yuqori investitsiya salohiyati va shart-sharoitlarning mavjudligi, bu yerda

qulay investitsiya muhiti shakllanganligidan dalolat beradi;

- bugungi kunda  mintaqalar iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va

modernizatsiyalashda, uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish

maqsadida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari mintaqa viloyatlarining

barcha tumanlarini to’lik qamrab olmayapti;

- mustaqillik yillarda mintaqa iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy

investitsiyalarning katta kismi avtomobilsozlik va yengil sanoat tarmoqlariga

yo’naltirilgan;

- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar viloyatlarning  eksport

salohiyatini ko’tarishda faol ishtirok etmoqda, shu nuqtai nazardan xorijiy sarmoya




ishtirokidagi korxonalar kam tumanlar tashqi iqtisodiy aloqalarni bajarishda juda

sust ishtirok etmoqda;

- tabiiy-iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatning hududiy tarkibi, mintaqalarning

iqtisodiy rivojlanishidagi uziga xos xususiyatlar va ixtisoslashuvi ularda

investitsiya saloxiyatining farqlanishiga olib kelgan..

Dissertatsiyada olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, Farg’ona

vodiysi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning yanada rivojlantirish

va ulardan samarali foydalanish maqsadida quyidagi ilmiy taklif va amaliy




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling