Udk 338. 46 Ro`ziyeva Gulinoz Fatilloyevna, Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti


-sxema. Respublikamizda mavjud hunarmandchilik faoliyati yoʼnalishlari Маnbа


Download 0.65 Mb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1044197
1   2   3   4
Bog'liq
Рузиева Г.Ф. ХорМА 2021

1-sxema. Respublikamizda mavjud hunarmandchilik faoliyati yoʼnalishlari
Маnbа: https://lex.uz/doc/1502754 ma`lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Respublikamizda boshqa mamlakatlarga nisbatan hunarmandchilik turlarini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratiladi, chunki ba`zi hududlarda keng ko`lamli ishchilarni jalb qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari mavjud emas. Hunarmandchilik sohalarini rivojlantirish orqali esa aholi ishsizlik darajasini pasaytirishga erishilmoqda. Barcha viloyatlarda oilaviy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator imtiyozlar yaratib berilgan.
Mazkur imkoniyatlar negizida aholining iqtisodiy barqarorligini ta`minlash masalasi yotadi. Respublikamizda odamlarni mehnat bilan band qilish va shu orqali kambag`allik darajasini pasaytirish yoki tugatish pirovard maqsadimizdir. Bunday keng ko`lamli harakatlar pandemiya davrida ham izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, prezidentimiz barcha viloyatlarga tashrif buyurib aholining ish bilan band bo`lishi, iqtisodiy zarar ko`rishining oldini olish maqsadida bir qator imkoniyatlar yaratib bermoqdalar. Jumladan, joriy yilning 5-iyun kuni Farg`ona viloyatiga tashrif buyurib, oilaviy tadbirkorlikni va uning negizida hunarmandchilik turlarini rivojlantirish masalasiga alohida to`xtalib o`tdi. Shavkat Miromonovich ta`kidlaganlaridek, “Biz insonlarga baliqni tutib bermaymiz, balki baliqni tutish usulini o`rgatamiz va kerakli vaqtda o`zi tutib yesin”. Naqlga amal qilib aholining qo`lida qanday ish kelishiga qarab kichik foizli kerak bo`lsa qaytarilmaydigan pul berib ish bilan ta`minlashga, shu bilan birga hunarmandchiikni rivojlantirishga e’tibor yanada kuchaytirildi.[6]
Yurtboshimiz tashrif davomida Marg’ilondagi Hunarmandlar markazini borib ko‘rdi. “Mening eng katta islohotim - har bir oilaning nuri bo‘lgan onalarni, xotin-qizlarni rozi qilish. Sizlarning ko‘zingizdagi ishonchni, umidni ko‘rib baxtiyor insonman. Ayollarni qancha rozi qilsak, Yaratgan bizga kuch-qudrat, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik beradi. Butun dunyo pandemiya oqibatida katta qiyinchilikka uchrayapti. Hech kim ishonmagandi, shu sharoitda mana shunday korxonalar ishga tushira olamiz deb. Bu Farg‘onadagi o‘zgarishlarning boshlanishi, qaldirg‘ochi. Xudo xohlasa, natijalarimiz bundan ham yuqori bo‘ladi”,— dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ikki qavatli markazning quyi qavatida atlas, adras, shoyi, baxmal, beqasam matolar to‘qiladi. Birinchi qavatdan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi, podium, chevarxona o‘rin olgan. Bu yerdagi do‘konda matoga gul chizish, bog‘lash, davra, qad tayyorlash jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi. Binoning yuqori qavatida gilam sexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida, 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi. Mana shu kabi hunarmandchilik turlarini rivojlnatirishga keng yo’l ochish orqali aholining daromad olish manbalari kengaymoqda.
Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali ishbilarmonlik faolligi indeksini mo`tadil saqlab qolish masalasiga bugungi kunda respublikamizda alohida e`tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini e’lon qildi. May oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir bo‘lgan tarixiy pasayishdan mo‘ta’dil darajada bo‘lsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil may oyida quyidagilarni tashkil etdi:
- 2020 yil aprel oyiga nisbatan – 1056 birlikni (o‘sish – 5,6%);
- 2019 yilning may oyiga nisbatan – 930 birlikni (pasayish – 7,0%);
- 2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1390 birlikni (o‘sish – 39,0%).
Joriy yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir bo‘lgan tarixiy pasayishdan mo‘’tadil darajada bo‘lsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, IFI ko‘rsatkichlari haligacha o‘tgan yilning shu oyiga va bazis davriga nisbatan retsessiya darajasida qolmoqda.[5]


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling