Udk 338. 46 Ro`ziyeva Gulinoz Fatilloyevna, Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
Download 0.65 Mb.
|
Рузиева Г.Ф. ХорМА 2021
2-sxema. 2020 yilning may oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 5,6 foizga oshgan
Manba: http://www.review.uz/ Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan. 2020 yilning may oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 5,6 foizga mo‘tadil ravishda o‘sib, 1056 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan: -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,6 foizga oshgan; -faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,5 foizga oshgan; -tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,0 foizga kamaygan; -tovar belgilari bo‘yicha komponent 2,3 barobarga oshgan. Hududlar kesimida Buxoro viloyatida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu hunarmandchilik faoliyati sohalariga berilayotgan imkoniyatlar natijasidir. 2020 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning barcha hududlarida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Buxoro (43,8%), Surxondaryo (40,1%), Samarqand (35,3%), Jizzax (32,0%), Andijon (29,2%), Qashqadaryo (24,2%), Navoiy (24,1%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (22,8%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. 3-sxema. 2020 yil may oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi Manba: http://www.review.uz/ Hududiy miqyosda milliy hunarmandchilik brendini shakllantirishda birlamchi marketing tadqiqotlarini qo`llash lozim. Savollar va anketalar, kuzatuv, tajriba va sinovlar hamda chuqur intervyu metodlari yordamida milliy hunarmandchilik brendi yaratiladi. Bu esa o`z navbatida kelajakda turizm sohasining rivoji uchun xizmat qiladi. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, O`zbekiston milliy hunarmandchilikning turlari va ularni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalasidan bo`lib, respublikamizda odamlarni mehnat bilan band qilish va shu orqali kambag`allik darajasini pasaytirish yoki tugatish maqsadida viloyatlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida hunarmandchilikni rivojlantirish aholini ish bilan band qilish maqsadida amalga oshirilishi, ertaga turizm sohasini rivojlantirish uchun amaliy asos bo`lib xizmat qiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling