Udk 338. 46 Ro`ziyeva Gulinoz Fatilloyevna, Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti


Download 0.65 Mb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1044197
  1   2   3   4
Bog'liq
Рузиева Г.Ф. ХорМА 2021


UDK 338.46
Ro`ziyeva Gulinoz Fatilloyevna, Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
MILLIY HUNARMANDCHILIK BRENDINI YARATISHNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI IQTISODIY AHAMIYATI
Annotatsiya: Maqolada milliy hunarmandchilikning turlari va ularni rivojlantirish, shu bilan birga respublikamizda odamlarni mehnat bilan band qilish va shu orqali kambag`allik darajasini pasaytirish yoki tugatish maqsadida viloyatlarda olib borayotgan ishlar xususida so`z brogan. Milliy hunarmandchilik brendini yaratish zarurati, turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda pirovard maqsadimiz ekanligiga izoh berilgan.
Kalit so`zlar: hunarmandchilik, hunarmandchilik turlari, vitraj, pirovard maqsadimiz, pandemiya, brend.
Анноатция: В статье рассказывается о видах национальных ремесел и их развитии, а также о работе, проводимой в регионах с целью трудоустройства людей в республике и тем самым снижения или ликвидации уровня бедности. Необходимость создания бренда национальных ремесел, всестороннее развитие туристической сферы сегодня являются нашей конечной целью.
Клучевые слова: ремесла, виды ремесел, витражи, наша конечная цель, пандемия, бренд.
Abstract: The article describes the types of national crafts and their development, as well as the work carried out in the regions in order to employ people in the republic and thereby reduce or eliminate poverty. The need to create a brand of national crafts, the comprehensive development of the tourism sector are our ultimate goal today.
Keywords: crafts, types of crafts, stained glass, our ultimate goal, pandemic, brand.
Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Ba’zi mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.
Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. 
Oʻzbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmogʻi hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va toʻqimachilik vujudga keldi Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yoʻli muhim ahamiyatga ega boʻldi. IX—X asrlarda Oʻrta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo boʻldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarogʻ-aslaha, pichoq tayyorlash (Fargʻona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. Oʻrta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari XX asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandlik katta rol oʻynadi.
Oʻzbekistondagi huanrmandchilik chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Masalan, terini qayta ishlash sohasida etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, poʻstinchilar, kamarchilar, toʻqimachilik sohasida boʻzchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilagan.
Jumladan, Qadimiy Qorako’l zamini o’zining iqtidorli hunarmand ustalari bilan mashhur. Hozirgi vaqtda tuman hududida tandir yasash (non yopish uchun ishlatiladigan shaxloydan yasalgan o’choq), yog’och o’ymakorligi, badiiy kashtachilik, zardo’zlik va temirchilik hunari rivojlangan.
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda oʻtirib shugʻullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud boʻlgan. Bugungi kunga qadar ham hunarmandchilikning bir qator ko`rinishlari saqlanib qolingan va rivojlangan.
Bugungi kunda respublikamizda faoliyati tashkil etilgan hunarmandchilik turlari:

1-rasm. O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik ishlaridan namunalar
Manba: https://hunar.uz/
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17.10.2017 dagi № 216 PF-5242-son farmoniga muvofiq quyidagi hunarmandchilik faoliyati yo`nalishlari mavjud hisoblanadi.[1]
Shisha buyumlariga ishlov berilishiga koʼra: vitraj ishlari, yoyish ishlari, shisha puflash ishlari. Qoʼlda oʼymakorlik ishlariga koʼra: ganch oʼymakorligi (ganchga oʼyma naqsh solish), kulolchilik ishlari, naqqoshlik ishlari, tunuka ishlari, sopol, chinni, farfor buyumlari tayyorlash, charmdan utilitar va charm buyumlar tayyorlash, boʼyoqli miniatyuralar, rasmlar, ornamentli va emalli bezaklar tayyorlash. Yogʼoch mahsulotlariga ishlov berilishiga koʼra: yogʼoch meʼmorchiligi, yogʼochdan xalq hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash, yogʼochga oʼyma naqsh solish ishlari, mebellarni bezash, avtorlik mebellarini tayyorlash, duradgorlik ishlari, musiqa asboblari tayyorlash, xalq oʼyinchoqlari tayyorlash.
Qo`lda to`qish va tikish ishlariga ko`ra:

Temirchilik faoliyatiga ko`ra:





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling