Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b
Download 3.18 Mb.
|
turizm sohasida strategik marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatdagi xolat Vazni Ulishi
- Raqobat holati Kuchli O„rta Kuchsiz 7,15
Tarmoqning raqobatdagi xolati matritsaning quyidagi baholash jadvali orqali aniqlanadi
Ushbu baholash jadvali yordamida aniqlangan ichki turizm faoliyatidagi uzoq muddatli jozibadorligi va rakobatdagi xolati ‘General Electric’ kompaniyasi matritsasining talabi bo„yicha qo„yidagi xolatni ifodalaydi: Raqobat holati Kuchli O„rta Kuchsiz 7,15 Bu matritsani tahlil qiladigan bo’lsak, bizning ichki turimizning ahamiyati shundaki, u raqobatda kuchli, chunki u bilan hozircha raqobat qiladigan raqobatdoshlar deyarli yo’q. Tarmoq jozibadorligi esa o’rta holda, ya‘ni raqobatdagi bahomiz 7.15 tarmoq jozibadorligi esa 6,20 bilan baholandi. Bu ko’rsatkichlardan yo’nalishning strategiyasini ko’rib bundanda yuqori kuchli darajaga erishish mumkinligini aniqlash mumkin. Ichki turizmning rivojlantirish strategiyalari quyidagilaridan iborat: 1. Ichki ‘General Electric’ kompaniyasi matritsasi orqali korxonalarning faoliyatning kelajagi va hozirgi kunini aniq baxolash mumkin. Bu matritsa boshqa matritsalardan ham afzalligi shunda ,yani unda faoliyatning bahosini hisoblash mumkin. Bu matritsani har xil sohadagi, yo’nalishdagi korxona va firmalar uchun qullash mumkin Xulosa qilib shuni ta‘kidlash joizki, O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishni ommaviy tus olishi uchun faqatgina yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlar yetarli emas, albatta. Buning uchun turistlik ta‘lim, tarbiya, targ’ibot, tashkiliy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, yo’limizda uchragan barcha kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Vatanimizda ichki turizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mayjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ichki turizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim. Hozirgi kunda, O’zbekiston Respublikasi ―O’zbekturizm‖ Milliy kompaniyasi tomonidan yuqorida zikr etilgan ichki turizmni rivojlantirish chora va tadbirlarini, O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida ko’rsatilgan vazifalarni amaliyotda tadbiq etish ishlarini boshlab yubordi. O’zbekistonda ichki turizmning rivojlanishi, nafaqat ma‘naviy ilm- fan, madaniyat, ma‘rifat, tabiatni muhofaza qilish, ichki turistlarni Ona tabiatimizga jalb etish, qiziqtirish, noyob joylar, urf odatlar , madaniyat, san‘at dunyosini saqlash va davom ettirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy masalalarni - mahalliy halqning ijtimoiy sharoitini yaxshilash, ularni yangi ish joylari bilan ta‘minlash, hamda Vatanimizning valyuta zahirasining boyishiga katta hissa qo’shadi. Hozirgi kunda ichki turizmni rivojlantirishda kuplab tarixiy joylar,mexmonxonalar rekonstruksiya qilindi, kuplab kungil ochar masakanlar, istiroxat boglari,teatr,kino teatrlar va boshqa xizmat kursatish joylari qurilmoqda. Kuplab tur firmalar faoliyatini aynan ichki turizmga boglab yangi turlar ishlab chiqib mahalliy aholi uchun xizmat kursatmoqda. O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda General Electric kompaniyasi matritsasini qo’llash orqali tarmoqning uzoq muddatli jozibadorligini va tarmoqning rakobatdagi xolatini baholab ko’rib chiqdik. Kelajakda ushbu matritsani qo’llash turfirmalar uchun juda qulay va u orqali turfirmaning strategiyasini aniqlash mumkin. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling