Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Innovatsion faoliyatning asosiy yo„nalishlari va turizm korxonalarining innovatsion strategiyalari


Download 3.18 Mb.
bet58/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

8.2. Innovatsion faoliyatning asosiy yo„nalishlari va turizm korxonalarining innovatsion strategiyalari


Turizm korxonalari innovatsion faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

Yangilikni joriy etishda turizm korxonasi quyidagi innovatsion strategiyalardan birini tanlab oladi:

  • hujumkor strategiya (bozorni yangi soxalariga va bozor istiqbollariga yo’naltirish);

  • himoyalanish strategiyasi (raqib faoliyati natijalari tahlil qilingandan keyingina bozorga chiqish);

  • hazm qiluvchi strategiya (yangiliklarni boshqa kompaniyalardan harid qilish);

  • oraliq strategiya (raqobatchilar o’rtasidagi bozor o’rnini to’ldirish);

  • bozorni yaratish (bozorni kengaytiruvchi yangiliklarni joriy etish);

  • qaroqchilik strategiyasi (bozor faoliyatini kamaytiruvchi yangiliklarni joriy etish); - mutaxassis-dasturchilarni jalb qilish.

Qoidaga ko’ra, innovatsion jarayonlar joriy etishni menejerlarning qaysi tarkibiy bo’linmalarda ishlov berishidan qat‘iy nazar ishlab chiqarish, tashkiliytexnologik, marketing va boshqaruv faoliyatining turli tomonlarini qamrab oladi.
Menejerlar, marketing bo’yicha mutaxassislardan tashqari, innovatsion jarayonlarga oddiy xodimlar ham turizm korxonasining barcha personal xodimlari ham bevosita aloqador hisoblanadi. Bunday vaziyatda joriy etish jarayoni vertikal ravishda yuqoridan pastga yo’naltiriladi.
Agar yangiliklar muvaffaqiyatli joriy etilsa unda mazkur vertikalga iste‘molchilar ham qo’shaladi. Bu holatda yangiliklar yanada kengroq tarqalish imkoniyatini kasb etadi: yangiliklarni muvaffaqiyatli turizm korxonasiga sotish hajmini oshirishga, mijozlar sonini orttirishga imkon beradi va bir vaqtning o’zida raqiblarda ham mazkur muvaffaqiyatni takrorlash istagini uyg’otadi.
Turizm amaliyotiga innovatsiyalarni joriy etishni murakkabligini anglagan holda menejerlar innovatsiyalarni o’zlashtirishni barcha jarayonini rejalashtirishlari hamda uning borish jarayoni va natijalarini diqqat bilan kuzatishlari zarur. Bizning fikrimizcha, ularga yordam tariqasida taklif etiladigan innovatsion dastur ishlanmalari katta rol o’ynashi mumkin.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling