Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Turizm firmalari ofislarida standart ta‟minot dasturidan foydalanish xolati


Download 3.18 Mb.
bet61/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Turizm firmalari ofislarida standart ta‟minot dasturidan foydalanish xolati




POINT
Yuqorida ko’rsatilgan standart dasturlaridan tashqari hozirgi paytda turistik firmalarda 30 dan ortiq maxsus dasturlar ta‘minoti ham mavjud.
Bu dasturlar turlarning to’lovlarini nazorat qilish, transport va mehmonxonalardagi vaqtning kalendar hisobini olib borishda hamda turli xildagi anketa va turistlar ro’yxatini rasmiylashtirishda foydalaniladi.
O’zbekistonning turizm xizmat bozorida 10 ga yaqin turfirmalarning faoliyatini avtomatlashtiridigan dasturlar qo’llanaladi. Ulardan eng ko’p foydalaniladigan dasturlar quyidagilar: ―1S-Rarus: Turagentstvo‖, ―InTour Office‖, ―Master-Tur‖, ―Samo-Tur‖, ―TurVin‖, ―Turbo-tur‖, ―Aist-2.5‖ va boshqalar.
O„zbekistonning turizm servisida qo„llaniladigan maxsus dasturlar tarkibi va tuzilishi quyidagi 8.2. diagrammada ko„rsatilgan.
Diagramma 8.2.

Turagentstvo
Bu dasturlarni qo’llash turli narxlarga ega bo’lib, jumladan, O’zbekiston xizmat bozorida 500$ dan 1500$ gacha bo’lishi mumkin.
Mehmonxonalarni rezervlash va joylarni oldindan band qilish tizimi, aviabiletlar va boshqa transport vositalariga biletlar sotish tizimi, kruizlar va h.k. Bugungi kunda bular Ata-deus, Gabriel, Sabre, Word Span, Apollo kabi yirik tizimlar bo’lib, ular Internet da o’z vakillariga ega. Bundan tashqari, Internet texnologiyalari turizm firmalariga fakslarni jo’natish va xalqaro telefon so’zlashuvlariga sarflanadigan harajatlar hisobidan kattagina mablag’larni iqtisod qilishga imkonyat beradi.
Masalan, Turkiyaga bir varaq faksni jo’natish narxi 2.5 dollar (1 minutning narxi) ni tashkil etsa, xuddi shu sahifani E-mail elektron pochtasi bilan jo’natish – 0.1 dollar miqdorida haq olinadi. Bundan tashqari boshqacha usul ham mavjud, E-mail kanallaridan foydalanish, ya‘ni bir oyda 5 dollar sarflab o’z pochta qutingizni elektron pochtasini ochib har kilobaytiga 1 sentdan (Rossiya va SNG davlatlarida) 5 sentgacha (jahon bo’yicha) to’lab cheklanmagan miqdordagi ma‘lumotlarni qabul qilishingiz mumkin. ‘Relcom’ firmasi orqali ro’yxatdan o’tkazish qiymatlarini hisobga olib (20 dollar) bunga o’xshash harajatlar 25 martaga, ba‘zi holatlarda 100 va undan ham ko’proq marotaba kamaytirilishi mumkin.
Boshqa misol, jahon bo’yicha otellarni bron qilish (oldindan joyni bronlash)ga imkon beruvchi Worldhotel tizimi va jahonning turli shaharlaridagi metrolar sxemasi, poyezd jadvallari, biletlarni sotish bo’yicha vertiual agentliklar, aviakompaniyalar to’g’risida, mashinalarni ijaraga olish, kruizlar va ko’pgina boshqa narsalar to’g’risidagi ma‘lumotlarga ega bo’lgan ABC Travel Center tizimi shular jumlasidandir. Bunday tizimlardan ko’p hollarda vaqti o’tib borayotgan yo’llanmani yoki aviachiptalarni 20-50% gacha arzon harid qilib olish mumkin.
Yangi texnologiyalar oqimi natijasida turxizmatlar bozorini intensiv qayta tarkiblash amalga oshirilmoqda. Bunda muomala qiymati tezda tushib ketdi. Bu esa oldin ular uchun mumkin bo’lmagan ya‘ni agentliklarga xizmatlardan 2-3 kishini foydalanish imkoniyatini berdi. Bu degani uncha katta bo’lmagan turagentliklar yirik tashkilotlar bilan jiddiy raqobat kurashga kirisha oladilar. Bunga misol sifatida ‘TISS’ nemis firmasini olishimiz mumkin. 2007 yilda ikki kishi aviachiptalar savdosi bilan shug’ullanib 140 mln. nemis markasi miqdorida oborotni ta‘minladilar va shunga yarasha foyda olishdi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling