Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Turizmda innovatsion dasturlar ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari va uni amalga oshirish


Download 3.18 Mb.
bet59/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

8.3. Turizmda innovatsion dasturlar ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari va uni amalga oshirish
Innovatsion dastur ‘texnik-marketing siyosat’ tizimini muvaffaqiyatli faoliyatini ta‘minlaydi, unda marketingni roli axborot ta‘minotida hamda erishilgan natijalarni baholash tizimini shakllantirishda va bosh maqsadlarni belgilashda ishtirok etishda namoyon bo’ladi.
Innovatsion dasturlarni mavjudligi turizm korxonasini resurslaridan foydalanishni yengillashtiradi, maqsadga erishish uchun yanada maqbul vositalarni tanlash imkonini beradi hamda tashqi muhitning ta‘siri natijasida kelib chiqadigan xavfni ancha kamaytiradi.
Innovatsion dasturni ishlab chiqishni asosiy bosqichlari va uni amalga oshirish
8.1. rasmda ko’rsatilgan.

Yetakchi innovatsiyalarni o’rganish va ishlab chiqarish jarayonida olimlar va menejerlarni uzviy hamkorligi, kompaniyani umumiy maqsadlarga erishishi uchun o’zaro aloqalari o’ta muhim hisoblanib uning bozordagi o’rnini mustahkamlashga imkon beradi.
Innovatsion dasturlarni saralashda novator-turizm korxonalari to’g’ri fundamental innovatsion dasturlarni tanlab olishi zarur. Qandaydir loyihalardan biriga to’xtalishdan oldin, turizm korxonalari ularning o’zlari faoliyat ko’rsatadigan umuiy iqtisodiy muhitni hisobga olishlari zarur. Ular o’z resurslarini qisqa muddatli mahsulot xilma-xilligiga qaratmasdan o’z qudratini kengaytirilgan va uzoq muddatli loyihalarga sarflashlari hamda ularni joriy etishdan kattagina natijalarga erishish va real foyda olishga qartilgan bo’lishi kerak.
Ko’p hollarda innovatsion dasturlar korxona faoliyatini uzoq muddatli rejalashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Bizning fikrimizcha, turizm korxonalari loyiha to’g’risida qarorlar qabul qilishdan oldin uni uchta pozitsiya bo’yicha ko’rib chiqishi maqsadga muvofiqdir:

  • mumkin bo’lgan texnologik to’siqlar;

  • rentabellikka ta‘sir ko’rsatuvchi iqtisodiy muhit omillari;

  • uning texnologik va iqtisodiy amalga oshirishga erishish uchun loyihalar ustida ishlash davomiyligi.


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling