Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Download 3.18 Mb.
bet63/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

9. TURISTLIK FIRMALAR STRATEGIYASINI TAYYORLASH

XUSUSIYATLARI


Reja:
9.1. Turfirmalarda o’tkazilgan so’rov natijalari
9.2. Turfirma faoliyatining asosiy muammolari
9.3. ‘Balxash Tur’ turistik firmasining asosiy strategiyalari
9.1. Turfirmalarda o„tkazilgan so„rov natijalari
Har qanday strategiyani birinchi marta ishlab chiquvchi turistik firma uni innovatsiya sifatida ko’rishi va ushbu firmaning tashqi muhitga moslasha olishining yangi usuli deb tariflashi mumkin. O’z strategiyasini shakllantiruvchi firma uning uchun yangi bo’lgan usullardan foydalanish zaruriyati bilan tuqnashadi. Firma o’z maqsadiga erishishga qaratilgan strategiya innovatsion holatda namoyon bo’ladi. Strategiyani ko’rib chiqish jihatlarini solishtirgan holda uning ajratilgan tarkiblar holatini baholab, strategiyani qay darajada yangi bo’lganligini tushunish mumkin.
Tadqiqot qilingan 27ta turistik firma faoliyati tezkor rejalashtirish asosida amalga oshirilmoqda. Strategik boshqarishni qabul qilmaydigan firmaning ish yuritish mazmuni, mohiyati bilan strategik va tezkor rejalashtirishni bir-biriga zid qilib quyadi.
Strategiya - firmaning tashqi va ichki muhitidagi xavf tug‘diradigan, uning faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan xilma xil o‘zgarishlar sharoitida rivojlanishga qaratilgandir.
Menejerning aniq harakati boshqarish ko’rinishlarini qarama-qarshi bo’lishiga yul ko’ymaydi. Maqsadlari, uslublari va vaqt ulchamlari bilan farqlanadigan strategik va taktik boshqarishni menejer amalga oshiradi. Shuningdek, firmaning istiqboldagi xolati, xavf-xatarlar, imkoniyatlar tahlilida joriy rentabellikni ta‘minlash jarayeni hisobga olinadi. Firmaning o’rni va raqobat tahlilini o’tkazishda firmaning joriy holatidan kelib chiqish zarur. Diversifikatsiya yo’llari tahlilini o’tkazayotganda faoliyatning haqiqiy holatidagi kamchiliklar tahlili muhim hisoblanadi. Agar strategiyani faqat iqtisodiy faoliyatning tashqi muhitdagi oldindan kutiladigan o’zarishlarga moslashish deb tushunsak, boshqarish usullari bir-biridan keskin farq qiladi. Turistik firmalar asosiy e‘tiborni o’zining tashqi muhitini o’rganishga qaratadi. ‘Turistlik xizmatlar bozorida raqobatni belgilovchi kuchlarini ko’rsating’ degan savolga javoblarning 32% - haqiqiy raqiblarni; 29% - haridorlarning bozordagi yakka hokimligi; 21% - yetkazib beruvchilarning bozor ustunligini; 8% - o’rnini bosuvchilar (huddi o’sha ehtiyojni boshqa usullar bilan qondirish) paydo bo’lish xavflarini ko’rsatishdi. Turistlik tarmoqda yuqorida ko’rsatilgan kuchlar ta‘siri - raqobatning tezkor rivojlanishi va firmalardagi mavjud afzalliklar ‘eskirishiga’ sharoit yaratadi. Tashqi muhit tahlili firmalarga xavf-xatarlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishini o’z vaqtida payqash, kutilmagan xolatlar paydo bo’lishiga qarshi zarur rejalarni ishlab chiqish imkonini berib, salohiyatli xavf-xatarlarini foydali imkoniyatlarga aylantirishga harakat qilish lozim. Turistlik firma rahbarlaridan
(egalaridan) olingan ma‘lumot, ularning faoliyatidagi asosiy muammolar aniqlandi, jumladan 66,8% javoblar turistik firmalar faoliyatining asosiy muammosi soliq siyosatining nobarqarorligi tashkil etishi qayd etilgan. Buning asosiy sababi, firma faoliyati darajasidagi xuquqiy me‘yorlarning takomillashmaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, mavjud soliq kodeksida turizmdagi chetga sayohatga chiqish borasidagi narh-navoga qushilgan qo’shimcha qiymat solig’ini to’lash kursatilmagan, ya‘ni uni turning jami hisobi bo’yicha to’lash kerak-mi yoki bo’lmasa xizmatlar uchun olingan to’liq va xorijiy shaxslarga xizmat ko’rsatish borasidagi baholar hisobi o’rtasidagi farqdan to’lash lozimligi aniq belgillab berilmagan. Bu xususiyatlarni belgilovchi izohlar O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilab berilmagan. Bundan tashqari, turistik firma va turist o’rtasidagi pulli xizmatlarni ko’rsatish to’g’risidagi shartnomani tavfsilovchi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolar kodeksining 703-moddasidagi ziddiyatlar bartaraf qilinmagan.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling