Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Jadval 9.2. ‘Balxash Tur’ turistik firma ayrim xizmatlarning hayot sikli bosqichlari


Download 3.18 Mb.
bet65/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Jadval 9.2. ‘Balxash Tur’ turistik firma ayrim xizmatlarning hayot sikli bosqichlari

Xizmatlar toifalari

Tur yo„nalishi

Hayot sikl bosqichi

Buyurtmalar portfelida joylashuvi

Raqobatda xolati

Foyda

Biznes sohadagi istiqbollar

Guruhiy turlar

Avstriya

Yetuklik

Foydali

Ishonchli

-

Eskirgan

Buyuk
Britaniya

O’sish

Istiqbolli

Qulay

-

Istiqbolli




Germaniya

Pasayish

Eskirgan

Sust

-

Bozordan chiqarish

Gresiya

O’sish

Istiqbolli

Ishonchli

+

Foydali

Braziliya

O’sish

Istiqbolli

Qulay

+

Foydali

Tunis

Yetuklik

Foydali

Kuchli

+

Eskirgan

Fransiya

O’sish

Istiqbolli

Kuchli

+

Foydali

Xorvatiya

Bozorga chiqish

Muammoli

Qulay

+

Istiqbolli

Shveysariya

Yetuklik

Foydali

Sust

-

Eskirgan

Yakka turlar

Avstriya

O’sish

Istiqbolli

Ishonchli

-

Foydali

Italiya

O’sish

Istiqbolli

Kuchli

+

Foydali

Rossiya

O’sish

Istiqbolli

Qulay

+

Foydali

Daryo
kruizlari

Bozorga chiqish

Muammoli

Ishonchli

+

Istiqbolli

Fransiya

O’sish

Istiqbolli

Qulay

+

Foydali

Shveysariya

O’sish

Istiqbolli

Kuchli

+

Foydali

Temir yul va avia chiptalarni sotish

O’sish

O’sish

Kuchli

+

Foydali

‘Balxash Tur’ kompaniyasi faoliyatidagi o’n oltita yo’nalishlaridan o’ntasi o’sish bosqichidan hayot siklning yetuklik bosqichiga o’tish istiqboli bilan rivojlanmoqda. Boston konsalting guruhi matritsasida o’n yunalish biznesning istiqbolli sohasiga kiritilgan va firmaning raqobat afzalliklarini ifodalaydi. Zabt etgan bozorlarda faoliyatning uch yo’nalishi barqaror daromad keltiradi. Faqat bir yo’nalish - Germaniya tushkunlik bosqichidadir. Tushkunlikning sababi - viza olish qoidalariga talabchanlikning kuchayishiga asoslangan. Endilikda agentliklar hujjatlarni topshirishda imtiyozlardan mahrum bo’ldi, turistlar bevosita suhbatdan o’tishga majbur. Firma turistning xorijda har bir qadamini hisobga olishi shart, batafsil yozilgan dasturdan iborat sherikning taklifnomasi va kundalik hayot o’lashning isboti, ichki pasport nusxasi hujjatlar paketiga solinishi kerak, agarda chet el pasporti 2000 yildan keyin berilgan bo’lsa, eskisini ham qo’shib qo’yish zarur. Bularning barchasi Germaniya yo’nalishda talabning keskin pasayib ketishiga olib keldi. Buyurtmalar portfelida ikki yo’nalish - Xorvatiya va Rossiya daryolari bo’yicha kruizlari muammoli sohaga kiritilgan, ular yaxshi istiqbolga ega.
Turistik firmalar bilan bajariladigan ichki va tashqi muhitlarni o’rganish SWOT- tahlil matritsasini qo’rish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Matritsani to’ldirish paytida tashqi muhitda paydo bo’lgan imkoniyatlardan foyda olish uchun firmaning kuchli tomonidan foydalinish bo’yicha tadqiqot strategisiyani ishlab chiqishga undaydigan juft kombinatsiyalar tashkil bo’ladi.
9.3. ‘Balxash Tur’ turistik firmasining asosiy strategiyalari
‘Balxash Tur’ turistik firmasi to’rt asosiy strategiyani ajratgan, firma ichki muhitdagi kuchini tashqi muhit imkoniyatlari bilan solishtirishda quyidagilarni o’z ichiga olgan strategiyasi aniqlangan: raqobat afzalliklari va savdo markasidan foydalanib, firmaning obru-e‘tiborini ma‘qullash, xodimlarning bilim va ko’nikmalarga tayangan holda iste‘molchilarning ishonch darajasini ma‘qullash, savdo markasidan va malakali kadrlardan foydalangan holda ‘yulduzli’ turmahsulotlarni oldinga surish, yetuklik bosqichida turgan turmahsulotlar daromadliligini saqlash. Firmaning ichki muhitidagi kuchini tashqi muhit xavfhatarlari bilan taqqoslash ‘Balxash Tur’ hamkorlik qiluvchi agentliklar afzalliklarni tan olish hisobidan agentlik tarmog’ini kengaytirishga ko’proq e‘tibor berishga imkon yaratadi. Firma bozorga chiquvchi turmahsulotlarning olg’a siljishini faollashtirishi kerak, bunda Rossiya va Xorvatiya iste‘molchilari uchun qimmatliklarni yaratish imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Firma muvofiq yo’nalishlarni ishlab chiqishi uchun bozor tadqiqotini mablag’ bilan ta‘minlashi zarur. Yangi, boshqalarga nisbatan past narxlarni taklif etuvchi sheriklarni topish, mehmonxonalar bilan to’g’ridan to’g’ri shartnomalar tuzish orqali firma o’z mijozlariga arzonroq bo’lgan turlarni taqdim etishi mumkin.
Firma sust tomonlarini tashqi muhit imkoniyatlari bilan solishtirish orqali firmani ichki va xalqaro bozor monitoringga, o’zgarishlarga egiluvchan tarzda javob berishga qaratadi. Yangi raqiblarni betaraf qilish yo’li, bu - o’z obrusi va xizmatlar sifatini yuqori darajada saqlashdir. Firma zamonaviy texnologiyalar yordamida yuqori malakali xodimlar bilan shakllangan noyob turistik mahsulotni taqdim etish orqali iste‘molchilar savdolashishiga yo’l qo’ymaydi.
Firmaning ojiz tomonlarini tashqi muhit xavf - xatarlari bilan solishtirish orqali uning harakatlarini markazlashtirilgan diversifikatsiya (iste‘molchilarni savdolashishga bo’lgan qobiliyatini pasaytirish va yangi raqiblarning ta‘sirini bartaraf qilish maqsadida yangi yo’nalishlarni ishlab chiqishi) bo’yicha choratadbirlarni amalga oshirishga qaratadi. Firma siklning tushkunlik bosqichida bo’lgan faoliyatini yo’q qilib, bo’sh mablag’larni yangi turlar ishlab chiqishga jalb qilishi kerak. Yangi raqiblar ta‘sirini pasaytirish uchun firma o’z harakatni yangi ishonchli sheriklarga va xizmat standartlarini oshirishga qaratishi darkor.
Ammo firmaning asosiy strategiyalari uning innovatsion rivojlanishida umumiy belgilarni yaratadi. Firma bilan tanlangan strategiyalarni baholash uchun mezonlarni tartibga keltirib, uni amalga oshirish zarur. Tahlil qilinadigan ‘Balxash Tur’ firmasida har bir strategiyani baholashda olti mezondan foydalanadi (2.1 jadval). Bozorga chiqadigan turmahsulotlarni tabaqalashtirish strategiyasining yakuniy bahosi 279 ballni tashkil etadi. Strategiya afzalliklari va kamchiliklarini baholanishi - ularning mohiyati kamayib boradigan tartibda joylashtirish imkonini beradi. Eng ko’p ball to’plagan strategiya ustun bo’lib qoladi. Sakkiz strategiya o’rtasida birinchi o’rinni iste‘molchi bilan o’zaro bog’langan strategiya egallagan (283 ball). Ikkinchi o’rinda ‘yulduzli’ turmahsulotlarni jadal o’sishi strategiyasi, uchinchi o’rinni bozorga chiquvchi turmahsulotlarni tabaqalash strategiyasi egallagan. Firmaning bosh strategiyasini quyidagicha shakllantirish mumkin: iste‘molchilarga yangi turistik mahsulotlarni, raqiblarga nisbatan yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali xizmatlar bozorida o’z o’rnini mustahkamlash.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling