Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Turistik xizmatlar bozorida elektron harid qilish


Download 3.18 Mb.
bet73/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

11.4. Turistik xizmatlar bozorida elektron harid qilish
Kishilar xatti-harakatlarini belgilovchi turli ehtiyojlar aksariyat hollarda Internet tarmog’i orqali qondiriladi. Uning isboti sifatida Internetga xususiy ulanuvchilar sonining ortishi, hamda ularning asosiy vaqti internetdagi turli xizmatlardan foydalanuvchilarni o’sishida kuzatish mumkin. Iste‘molchi Internetga oddiy qiziquvchi sifatida kirib, ma‘lum sharoitlarda elektron haridorga aylanib qoladi.
Alohida zinalardan o’tish tezligi Internetdan kommunikativ vosita sifatida ishonch bildirish, uni o’rganishga individual tayyorligiga hamda turli to’siqlarni bartaraf etish qobiliyati (masalan javob vaqtini o’ta cho’zilib ketishi yoki ziyon keltirish xavfi) ga bog’liq bo’ladi. Agar turistik xizmatlar bozorida elektron harid qilish tajribasi ijobiy bo’lsa, haridorda elektron tizim orqali turli ehtiyojlarni qondirishga hamda unda yanada kattaroq mablag’ sarflashga moyillik uyg’onadi.
Tadqiqot natijalari shunday xulosa chiqarishga imkon beradiki, turistik xizmatlar bozorida elektron biznesni haqiqiy innovatsion potensiali intellektual tovarlarni yaratishda, mobil radiotelefonlar, sputnikli aloqa, kabelli televizion tarmoqlar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning elementi bo’lib hisoblangan interfaol tizim firmasiga realizatsiya qilishiga imkon yaratadi. Turistik firmaning sabab-oqibatli aloqalari ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida 11.4. rasmda aks ettirilgan.

Rasm 11.4. Turistik firmaning sabab-oqibatli aloqalari ijtimoiy-iqtisodiy tizim
2008 yildagi turfirma rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan anketa so’rovlari natijasining ko’rsatishicha, turbiznes rahbarlarining internetga munosabatlari tubdan o’zgargan. Turistik firmalar internetdagi o’z saytlariga yanada e‘tiborlikroq bo’lmoqdalar. Internet-biznesdan olinadigan daromadlar uzoqni ko’ruvchi turfirmalar uchun yanada ahmiyatli bo’ldi. Umuman olganda kompyuter tarmoqlari orqali turlarni elektron sotish chet el firmalari tomonidan juda keng foydalaniladi. O’bekistondagi turistik xizmatlar bozorida turlarni sotishni mazkur kanali endigina shakllanish pallasidadir. Uning asosiy to’siqlaridan biri turistik xizmatlarni potensial haridorlari o’rtasida personal kompyuter hamda odatda harid amalga oshiriladigan bank kredit kartochkalari egalarining yetarli darajada emasligidir.
Bugungi kunda yanada ommabop bo’lgan onlayn o’zbek turistik biznesi bo’lib, turistik xizmatlar reklamasi hisoblanadi., ya‘ni mijozlarga qaror qabul qilish uchun maksimum ma‘lumotlar taqdim etuvchi turizm portallari to’g’risida so’z bormoqda. Kelajakda turizm xizmatlari bozorida mijozlarga ta‘sir o’tkazishni yanada takomillashtirilgan usullaridan foydalanilmoqda. Hozirning o’zida istalgan saytlar, tarmoqlar aniq foydalanuvchilar grafigi, ularning odatlarini yetarlicha tadqiq etish imkoniyati mavjud turizm xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatadigan turoperator va marketolog yanada ko’proq tashrif buyuriladigan saytlarga yanada qulay vaqtda harid qilish to’g’risida qarorlar qabul qilish uchun mijozga kerakli, zaruriy ma‘lumotlarni yetkazib bersa, qolgan ishlarni turist-haridorning o’zi bajaradi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling