Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


KORXONANING ‘MAHSULOT – BOZOR’ STRATEGIYASINI ANIQLASH


Download 3.18 Mb.
bet75/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

12. KORXONANING ‘MAHSULOT – BOZOR’ STRATEGIYASINI ANIQLASH
Reja:

    1. ‘Mahsulot-bozor’ matritsasining turlari

    2. ‘Mahsulot – bozor’ strategik imkoniyatining sinov bahosi

    3. Mahsulotlar, bozorlar, xududlar, korxona imkoniyatlari va iste‘molchilar muammolari o’rtasidagi bog’liqliklarini ko’rsatuvchi model

12.1. ‘Mahsulot-bozor’ matritsasining turlari


Korxonaning bozor strategiyasi uning mo’ljallagan tovar va bozoriga asoslanib, hamda mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bozor strategiya korxonaning asosiy maqsadini va tanlangan maqsadini amalga oshirishning asosiy yo’llarini o’z ichiga oladi.
Bozor strategiyasini fakat shaxsiy tajriba va intuitsiyaga tayanib tuzish mumkin.
Lekin bu har doim ham ma‘qul emasligi amaliyotda ma‘lum. Bozor strategiyasi har tamonlama ishlab chiqilgan va tegishli darajada rasmiylashtirilgan usullarni qo’llashni talab qiladi.
Bozor strategiyasi tuzishning qurollaridan biri bo’lib, ‘mahsulot-bozor’ matritsasi hisoblanadi. Bunday matritsadan foydalanish ishlab chiqilayotgan strategiyani korxonaning imkoniyatlari bilan, ishlab chikarish va sotishning o’ziga xos xususiyatlari bilan, iste‘molchilar bozorini segmentlash jarayoni bilan bog’lashda muxim ahamiyatga ega. ‘Mahsulot-bozor’ matritsasining bir necha turlari mavjud.
Eng sodda to’rtkatakli ‘Mahsulot-bozor’ matritsa korxona bozor strategiyasining ro’yobga chiqadigan 4 ta varianti haqida aniq tasavvur beradi. (21.1. jadval). Matritsaning gorizantalida mahsulotning 2 ta turi an‘anaviy va yangi tovarlar joylashgan bo’lib, vertikalida esa bozorning 2 turi, o’zlashtirilgan va yangi bozor turlari ajratilgan.
Ularning kombinatsiyasi 4 ta strategik maydonni hosil qiladi. Har bir maydon strategiyaning amalga oshadigan variantlaridan birini ifodalaydi.

To„rtkatakli ‘mahsulot-bozor’ matritsasi


Jadval 12.1.
Mahsulot An‟anaviy mahsulot Yangi mahsulot
Bozor

O’zlashtirilgan bozorlar 1.Bozorning chuqurroq 3.Yangi mahsulot ishlab o’zlashtirilishi. chiqish.
Yangi bozorlar. 2.Bozor chegaralarining 4.Diversifikatsiya.
kengayishi

  1. maydon. Korxona mavjud mahsulotlar bilan mavjud bozorlarda ishlaydi. Bu strategiyaning unchalik ishonchli bo’lmagan variantlaridan hisoblanadi. Bu yerda daromadning uzoq muddatli oqimiga ishonish mumkin emas (raqobatchilar, mahsulotlarning pasayishi).

  2. maydon. Mavjud mahsulotlarni saqlab qolgan holda bozorni kengaytirish yoki ekstensiv (sifatga e‘tibor bermay, fakat miqdorni oshirishga qaratilgan) strategiya. Bunday strategiya mahsulotni va korxonaning o’zini reklama qilishga ketgan katta harajatlar bilan bog’liq bo’ladi. Ushbu xolat reklamaga ketgan sarfni qoplash va mahsulotni bozorga olib chiqish kafolatlanganda, talab sikli va mahsulot yashash siklining boshlang’ich bosqichlarida maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  3. maydon. Yangi mahsulotni oldin ma‘lum bo’lgan bozorlarda sotish strategiyasi. Ba‘zan uni innovatsion strategiya ham deb ataladi.

  4. maydon. Yangi mahsulotlarni yangi bozorlarda sotish – diversifikatsiya strategiyasi. Bu uzoq muddatli istiqbol uchun samarali strategiya hisoblanadi, lekin yangi mahsulot ishlab chiqishga, reklamaga va yangi bozorlarga mahsulotlarni olib chiqish uchun katta harajat talab qilinadi.

Kerakli strategiyani tanlash imkoniyatlar va xavflarni baxolash asosida amalga oshiriladi (12.2. jadval).

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling