Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Tadbirkorlik faoliyatini va ishlab chiqarishni tashkil qilishda strategik rejaning ahamiyati


Download 3.18 Mb.
bet83/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

13.3. Tadbirkorlik faoliyatini va ishlab chiqarishni tashkil qilishda strategik rejaning ahamiyati
Siz tadbirkorlik asosida o’z korxoningizni ochdingiz – barakalla! Endi ishni olib borish kerak, ishlab – chiqarishni tashkil qilishga to’g’ri keladi...
Ishlab-chiqarish, iqtisodiyotni, texnologiyani, tashkil qilish jihatidan mukammal jarayon hisoblanadi.
Tadbirkor o’zini hamma joyda kerakli ekanligini, usiz biron-bir muammoni xal qiliish mumkin emas deb o’ylaydi. Xaqiqatdan ham boshida shunday bo’ladi. Lekin bir vaqtni o’zida bir necha ishlarni zimmasiga olishi, hamma joyda ulgurishga harakat qilish, bazan imkoniyat doirasidan chiqib ketish, omadsizlikka olib kelishi mumkin.
Tadbirkor boshqalar undan ko’ra yaxshiroq qiladigan ishlarni zimmasiga olishi kerak emas. Tadbirkor komanda tuzayotgan paytda o’zining tadbirkorligini ko’rsatgan holda, atrofini xaqiqiy mutaxassislar bilan to’ldirishi, ishlab-chiqarish bo’yicha, mahsulot sifati bo’yicha, ta‘minot bo’yicha, mehnat munosabatlari bo’yicha, savdo bo’yicha, yuqori malakali mutaxassislarga ishonmog’i va maslahatchilar xizmatiga murojaat qilmog’i lozim.
O’ziga bevosita talluqli bo’lgan masalalarni olib qolishi kerak. Tadbirkor- bu ishni tashkil etuvchi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini va ishlab-chiqarishni tashkil qiladi.
Tashkil qilish – maqsadni aniqlash, resurslardan shu maqsadga erishish uchun oqilona foydalanish demakdir.
Tashkil- qilish bu masalani hal qilish yo’lini aniqlash, uni bevosta ijrochilarga yetkazish va uni bajarilishini nazorat qilish.
Tashkil- qilish bu qarorlar qabul qilishni bilish, majburiyat va mas‘uliyatni taqsimlashda adashmaslik.
Tashkil qilish- boshqarishni rejalashtirish va uni tahlil qilish. Bunda tadbirkorning talanti, sezgirligi kam, buning uchun chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.
O’zining masshtabi va ish faoliyatidan qat‘iy nazar har qanday tashkilot ham rejalashtirish ishlari bilan shug’ullanishi kerak.
Rejalashtirish degani tashkilotning ma‘lum kelajakga yo’naltirilgan maqsadini aniqlash, usullarini tahlil qilish va kerakli resurslar bilan ta‘minlash.
Agar uzoq muddatli rejalashtirish katta firmalar faoliyati miqyosida bo’lsa, har kungi yoki joriy rejalashtirish har qanday korxonaning boshqaruv elementi bo’lib hisoblanadi. Bunday rejalashtirish o’z ichiga ma‘lum dasturlarni tayyorlashni qamrab oladi masalan, ularga kapital mablag’larni yo’naltirish dasturi, mahsulot sifatini oshirish dasturi, ilmiy ishlab chiqarish va konstruktorlik ishlari dasturi va x. k.
Korxona miqyosidagi rejalashtirishning umumiy xolati 13.2. rasmda ko’rsatilgan.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling