Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Download 3.18 Mb.
bet80/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Klassik tadbirkorlik

  • Innovatsion tadbirkorlik

    Klassik tadbirkorlik – bu an‘anaviy konservativ tadbirkorlik bo’lib, tashkilotning rentabellik faoliyatini ko’taruvchi maksimal resusrlardan foydalanib an‘anaviy xo’jalikni tashkil qilishdir.
    Innovatsion tadbirkorlik – novatorlik faoliyati bilan bog’liq. Bu tadbirkorlikning roli ma‘lum bo’lmagan iqtisodiy an‘analarga asoslangan yangilikni yaratish bilan bog’liq. Bunday novatorlik faoliyati qoidaga asosan yuqori natijaga olib keladi.
    Zamonaviy sharoitlarda tashkilot yaxshi foyda olib samaraga erishishi uchun ishbilarmon, yaxshi professional tayyorgarlikka, siyosiy, psixologik, huquqiy, ishlab chiqarish va xizmatlarga oid zarur bilimga ega bo’lishi, shuningdek, mutaxassislar, marketologlar, kapital egalari bilan yaxshi aloqalarni bog’lashi uchun tez til topa olish talab qilinadi.
    Tadbirkorliknnig majburiyatlari:

    • qonunlarga tayangan rasmiy faoliyatning har qanday savoliga mustaqil javob bera olishi va qaror qabul qila olishi kerak;

    • faoliyatga oid barcha iqtisodiy natijalarni bilishi, oldindan shakllanayotgan foydani ko’ra olishi kerak;

    • o’ziga javobgarlikni olib, tavakkalchilik qilishga tayyor bo’lishi kerak.

    Tavakkalchilik deganda – mavjud imkoniyatlardan foydalanib realizatsiya qilishda ijobiy yoki salbiy natijalarga duch kelishi tushuniladi.
    Tavakkalchilik ishlab chiqarish, moliyaviy, investitsion va bozor kabi turlarga bo’linadi.
    Tavakkalchilikni kamaytirishning qo’yidagi usullari mavjud.:

    • sug’urtalash, bozorni bashorat qilish, sheriklar orasida tavakkalchilikni taqsimlash, harajatlarni qoplovchi mablag’larni zahiralash;

    • har doim innovatsion jarayonlarga ega bo’lish (xizmatlarni ishlab chiqarishda novatorlikdan foydalanish, ishlab chiqarish faktorlari, yangi bozorlar va noan‘anaviy tashkilotlar faoliyati) ni harakatlantiruvchi yangiliklarni amalga oshirish, yuqori daromadga ega bo’lish kutiladi.

    Tadbirkorlikning samarali natijalari u yaratgan imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
    Bulardan ayrimlari qo’yidagilar:
    Tadbirkorlik muhiti – bu umumiy shart-sharoitlar bo’lib, ishbilarmonlik natijasida namoyon bo’ladi.
    Sharoitning qo’yidagi guruhlari mavjud:

    • iqtisodiy shart-sharoitlar bu turistik mahsulot va to’lov qobiliyatiga talabning haqiqiy taklifi, haqiqiy va potensial haridorlarga tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan daromad, tadbirkorlik uchun qarz mablag’larining naqd holati, ularga naqd alternativ xizmatlar va narxlar, turistik bozorning infratuzilmaviy rivojlanishi, raqobatbardoshlikdagi shart-sharoitlardir.

    • ijtimoiy shart-sharoit rivojlanish yo’lida qilinadigan umumiy faoliyat va unga munosabat;

    • davlatning (boshqaruv apparati) ishbilarmonlikka munosabati;

    • milliy an‘analar va udumlar;

    • tadbirkor munosabatga kirishadigan mutaxassislarning ma‘lumotlilik darajasi.

    Xuquqiy shart-sharoit – tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishining muntazam faoliyatga qaratilgan qonun va aktlar. Asosiy qonunlardan biri tadbirkorlik faoliyatiga huquqiy kafolat berishdir. U o’z ichiga kelishilgan majburiyatga amal qilish va shaxsiy huquqlarni oladi.

    Download 3.18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling