Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Rasm 13.3. Strategik muammolarni tahlil qilish


Download 3.18 Mb.
bet85/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Rasm 13.3. Strategik muammolarni tahlil qilish Birinchi bosqichda Siz korxonangiz qaysi bozorda ishlashiga qarab, o’sha bozorni tahlil qilinishgiz kerak. Tahlil ikki yoqlama bo’lishi shart. Siz korxonangizni ish faoliyatini o’sha bozorda yaxshi tomondan ham va yomon tomondan ham ko’rishingiz kerak. Lekin shuni hisobga olishingiz lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida qator muammolarga duch kelasiz: haridorlarni talab va takliflarini o’zgarishi, ilmiy-texnikaviy yangiliklarning paydo bo’lishi, ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasining o’sishi, bozor va raqobatchilarning strategiyasini o’zgarishi, mablag’ yetishmasligi qiyinchiliklari va x.k. Shuning uchun ish faoliyatingizni yaqin bir-besh yilga bashorat qiling. Sizning korxonangiz shunday bozor sharoitiga moslasha oladimi?
Agar siz qoniqarli javob olsangiz, keyingi rejalashtirish bosqichiga o’tishingiz mumkin.
Qandaydir maqsadni oldingizga qo’yish uchun, ichki imkoniyatlaringizni hisobga olish lozim. Eng muhimi korxonangizni bozor o’zgarishi ehtimolini hisobga olgan holda kuchli va kuchsiz tomonlar katalogini tuzib chiqish taklif etiladi. Bu katalog orqali siz yetisha olmaydigan maqsadlarni aniqlash mumkin. Qunt bilan qo’yilgan masalalarni o’rganib chiqib, eng qisqa muddatda hal qilinadigan va ularning muhimrog’ini tanlab olish lozim.

Tadbirkorlikda rivojlanishning eng ma‟qul variantini topish


Uchinchi bosqichda tuzilgan katalog yordamida Siz korxona rivoji uchun moddiy va tashkiliy mablag’larni aniqlab olasiz. Ayniqsa uchta muhim ko’rsatkichlarga ahamiyat bering: korxonaning bozordagi o’rni, korxonaning ho’jalik sektoriga va tarmoqga tegishliligi, ishlab chiqarish dasturining assortiment strukturasi.
Bu eng qiyin bosqich hisoblanib, o’zidan oldingi ikki bosqichda qilingan barcha malumotlarni o’z ichiga olib, korxona ish faoliyatini barcha imkoniyati bilan tahlil qilinadi va rivojlanish uchun eng ma‘qul varianti tanlab olinadi.
Korxona va ichki bozor miqyosida oldindan barcha o’zgarishlarni bilish imkonyati yo’qligi, rivojlanishnig eng ma‘qul variantini tanlab olish masalasi murakkab hisoblanadi.
Iqtisodiy tavakkalni o’sishi va ko’pchilik bozorlarni bashorat qilishni iloji yo’qligi munosabati bilan umumiy strategik mo’ljal va korxonaning rivojlanishini bashorat qilish ekstrapolyatsiya, (kelajakni o’tgan zamon tajribasiga asosan ko’ra bilish) yo’li bilan aniqlanadi. Bunda asosan turli ishlarga mas‘uliyatli boshqaruvchi va menedjerning ichki hissiyot va tajribasi muhim rol o’ynaydi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda boshqaruv va ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida qo’shimcha mutaxassislarni jalb qilish talab etiladi. +o’shimcha iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchilar yoki maslahatchi guruh yollamaqchi bo’lsangiz (agar sizni mablag’ingiz yetarli bo’lsa), yaxshisi o’zingiz bilan bir necha yil davomida ishlagan, bilgan odamni yollash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday mutaxassislar sizni imkoniyatlaringizga ob‘ektiv baho bera oladilar va kutilmagan ishlardan ogohlantiradilar.
Hozirgi paytda rejalashtirish, boshqarish, marketing va innovatsion rivojlanish bo’yicha mutaxassislar guruhi bilan shartnoma tuzish deyarli qiyinchilik tug’dirmaydi. Ko’pgina konsultatsiya bo’yicha ishlaydigan firma va byurolar ‘yosh’ tadbirkorlar bilan bog’lanishga shay turishadi. Mutaxassis-konsultant tanlashda jiddiy muammoga duch kelmaslik uchun juda ehtiyotkorona yo’l tutishingiz kerak ya‘ni, Siz o’zingiz konsultatsiya bo’yicha xizmat ko’rsatish bozorida haridor bo’lib qolasiz va qimmat bahoda ‘sifatsiz’ mahsulot olish xavfi kelib chiqadi. Shoshilmang va iloji bo’lsa yoningizdagi hamkasbingizdan maslahat oling.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling