Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Rasm 11.2. Moliyaviy – investitsion strategiyasining tarkibiy qismi


Download 3.18 Mb.
bet72/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Rasm 11.2. Moliyaviy – investitsion strategiyasining tarkibiy qismi
11.3. Xizmatlar bozorida elektron biznesning mohiyati va ahamiyati
Bugungi kunda olimlarning qayd etishicha, kommunikatsiyalar sohasidagi innovatsion jarayonlar bilimlar iqtisodiyotida yoki innovatsiyalar iqtisodiyotini shakllantirishda asosiy rol o’ynaydi.
Axborot texnologiyalarining uzviy integratsiyasi muvaffaqiyatning boshlang’ich zinasi bo’lib xizmat qiladi, undan so’ng uning izidan barcha turistik biznesni qayta qurish amalga oshiriladi. Xozirgi sharoitda turizm industriyasini innovatsion rivojlantirish bu soxada elektron biznesini barqaror o’sishini ta‘minlashdan iborat.
Firma ichki jarayonlarini lokal tarmoq tizimiga o’tkazishda kompaniya o’z xodimlariga to’plangan nau-xau xajmidan yaxshiroq foydalanish va o’z majburiyatlarini sermahsul hamda samaraliroq bajarishga imkon beradi. Elektron biznes deganda elektron vositalar yordamida iste‘molchilar bilan ish yuritish tushuniladi. Shuni qayd qilish kerakki, jarayon va bilimlar sohasida elektron biznesning afzalligiga faqatgina yangi tashqi rollar differensiatsiyasi hamda mehnatni yangi ichki taqsimoti bilangina erishish mumkin. Bu esa qo’shimcha qiymatni yaratish bo’yicha urnatilgan o’zaro hamkorligidagi oldin belgilangan firmani roli va o’rnini transaksiya harajatlari sohasida o’zgartirib yuboradi. Elektron biznes hech qanday to’siqlarsiz barcha firmani qamrab olsagina kommunikativ vositalarda muvaffaqiyatli rol o’ynaydi va ijobiy natijalar berishi mumkin.
Firma potensiali shundan iboratki, birinchidan, tovar va xizmatlarni shakllantirishga tizimli yondashuv, mijoz va sheriklar bilan tashqi munosabatlar, ichki jarayon va bilimlar, xodimlarni xulq atvori va xatti-harakatlaridan, ikkinchidan, bu tashkilotni o’zaro hamkorlik infratuzilmasi qanday ishlab chiqganligidan tashkil topadi. Xizmatlar bozorida elektron biznes 11.3. rasmda batafsil keltirilgan.

Rasm 11.3. Xizmatlar bozorida elektron biznes sxemasi
Xizmatlar bozorida elektron biznesning mohiyati va ahamiyati firma uchun kompyuter va kommunikatsiyani original xususitlarga ega bo’lgan yangi kommunikativ vositasini yuzaga kelishi sifatida birlashtirilsagina muvaffaqiyatli natijaga erishish mumkin.
Elektron biznes kommunikativ vosita sifatida firma uchun quyidagi yo’nalishlarda uning taraqqiyotini ta‘minlaydi:

  • mehnatni taqsimlash prinsiplariga mos ravishda differensiallangan shaxslar va ularning funksiyalari (o’zaro hamkorlikda qarorlar qabul qiluvchi bosh markaz nuqtai nazaridan) o’rtasidagi yangi yanada samarali maqsadlar uchun jarayonlar integratsiyasi (ichki, mijozlar, iste‘molchilar va sheriklar);

  • firmada kollektiv xotirani va barcha mavjud bilimlarni mos ravishda qaror qabul qiluvchi markaz tasarrufiga taqdim etish maqsadida bilimlar integratsiyasi. Real vaqtdagi o’zaro hamkorlik imkoniyatini beruvchi elektron biznes, xizmatlar bozorida, ayniqsa, turizm industriyasida raqobat kurashida yangi ustivor qurol sifatida qaraladi. Biroq, bashorat qilish tizimli biznes logikasi va texnologik jarayonlar hamda foydalanuvchilar aksenti natijasida yuzaga keluvchi teskari aloqaning murakkab jarayoniga tegishli bo’lganligi sababli hech kim voqealar rivojini oldindan batafsil aytib bera olmaydi. O’z tabiatiga ko’ra, elektron biznes sherikka aylangan mijoz taklif etiladigan tovar hamda unga mos ravishda uni takomillashtirish jarayoni muhokamasida ishtirok etishi talab etiladi. Uning maqsadi shundan iboratki, transaksiya harajatlari tushirishni taklif etish mijoz-sherik oldin o’zi bajargan funksiyasini firmaga beradi.


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling