Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


XIZMATLAR BOZORIDA MOLIYAVIY – INVESTITSION STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISH


Download 3.18 Mb.
bet71/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

11. XIZMATLAR BOZORIDA MOLIYAVIY – INVESTITSION STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISH.
Reja:

    1. Investitsiya tushunchasining ahamiyati

    2. Moliyaviy – investitsion strategiyaning mohiyati

    3. Xizmatlar bozorida elektron biznesning mohiyati va ahamiyati

    4. Turistik xizmatlar bozorida elektron harid qilish

11.1. Investitsiya tushunchasining ahamiyati
Investitsiya – bu sanoat, qishloq xo„jaligiga, xizmat ko„rsatish sohalari va boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli foyda olish maqsadida mablag„ ajratish shakli hisoblanadi.
Investitsiyasiz innovatsiya bo’lishi mumkin emasligi kabi, korxonaning investitsion strategiyasi innovatsion strategiya bilan chambarchas bog’liq ekanligi ma‘lum.
Korxonaning investitsion strategiyasi moliya bozori bilan aloqadorligi va o’zaro ta‘siriga sezilarli darajada bog’liqdir.
Umuman olganda investitsiyalar – mablag’larni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga foyda olish maqsadida uzoq muddatli qo’yilmalarini aks ettiradi.
Iqtisodiy mohiyati va maqsadga ko’ra investitsiyalar quyidagi turlarda bo’lishi mumkin. (Rasm 11.1.)
Investorlar qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishda quyidagi maqsadlarni ko’zlashadi:

  • aksiyalarning qo’shimcha daromadga ega bo’lishi - divident ko’rinishida;

  • kimmatbaho qog’oz va kapitalning fond bozordagi narxining o’sishi evaziga olinadigan daromad.

11.2. Moliyaviy – investitsion strategiyaning mohiyati
Korxonaning moliyaviy-investitsion strategiyasi har xil zamonaviy loyihalarni tanlash va amalga oshirish, qayta qurish, kengaytirish yoki moliya – kredit bozorida vujudga kelgan holat va korxona kelajagiga mos ravishda aniq mahsulot ko’rinishlarining ifodalanishi investitsion aktivligini aniqlaydi. Korxona investitsion faoliyat manbalarining imkoniyatlari:

  • daromadning bir qismidan va amortizatsion ajratmalaridan yig’ilgan jamg’arma fondi;

  • qo’shimcha aksiya emissiyasidan va obligatsiyalardan tushgan mablag’lar;

  • qo’shma faoliyat va boshqa integratsiya shaklari doirasida kelishilgan korxona va tashkilotlarning mablag’lari;

  • bankning kredit va ssudalari;

  • markazlashgan investitsion dasturlar doirasida ajratilgan davlat imtiyozli kreditlari;

  • markazlashtirilgan investitsion dasturlarga ajratilgan qaytarib berilmaydigan davlat kapital qo’yilmalar;

  • xususiylashtirish investitsion fondlari.

Investitsion manbalarning mumkin bo’lgan variantlarini qiyosiy baholash uchun ayrim ixtisoslashgangan quyidagi mezonlar qo’llanadi: - manbadan foydalanishning haqiqiyligi va soddaligi;

  • manbaning potensial hajmi;

  • foydalanishning iqtisodiy samaradorligi;

  • manbadan foydalanishda ishlatilgan vositalarni qaytarib olish yoki korxona ustidan nazorat qilish huquqidan mahrum bo’lish xavf-xatari darajasi.

Korxonaning moliyaviy – investitsion strategiyasini shakllantirishda mavjud investitsion dasturlarning ustuvorligi quyidagi muhim belgilar asosida baholanadi.

  • loyixa ko’lamini belgilovchi qiymat;

  • loyixa amalga oshirish davomiyligi;

  • zarur hujjatlarni yig’ish, tashkiliy hatti-harakatlar bilan bog’liq jarayon davomiyligini o’z ichiga olgan dasturning o’zini qoplash davri;

  • firma tanlagan tovar – bozor strategiyasining dastur bilan mutanosibligi darajasi.




Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling