Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Download 3.18 Mb.
bet6/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Zaruriyat - inson tomonidan biror-bir narsa yetishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; dam olishga bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi.
Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e‘tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste‘mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun haridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, turoperatorlar, turmahsulotga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
Talab - harid qobiliyati bilan ta‘minlangan ehtiyoj. Bozor - bu:

  1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi;

  2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar, ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi.

Bozor tuzilmasi turli xil bo’lib, ularning turkumlanishi quyidagicha:

  • sotilayotgan tovar turi bo’yicha;

  • hududlarni egallash miqyosi bo’yicha; - raqobat darajasi bo’yicha;

  • qonuniylik darajasi bo’yicha.

1.3. Turizm sohasida strategik marketingdan foydalanish
Uzoq muddatli rejalar tuzishning tamoyili – o„tmishdan istiqbolga, strategik rejalashtirishniki esa – istiqboldan bugunga, shuning uchun ishlab chiqilgan strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlarga ta‟sirini ko„rsatadi.
Strategiya (grekchadan ‘strategos’) bevosita ‘alohida vakolatlarga ega general san‘ati’ ma‘nosini, fuqarolik tiliga tarjima qilganda esa – yuqori rahbarlik san‘ati ma‘nosini anglatadi.
Strateg – yuqori vakolatlarga ega bo’lgan rahbar. I.Ansoffning ta‘riflashicha, strategiya mohiyatiga ko’ra tashkilot o’z faoliyatini boshqarishida qaror qabul qilishdagi qoidalar to’plamini ifodalaydi.
Hozirgi davrda korxona strategiyasi uning amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlarining maqsadi, vositalari va chegaralarini aniqlaydi.
Firma strategiyasi - bu ma‘lum maqsadga erishish uslubining tanlanishi.
Strategik marketing – bu iste‟molchilar, ya‟ni (turistlarni) ehtiyoj va talablarini tizimli, doimiy tahlili bo„lib hisoblanadi, hamda turfirmalarga barqaror raqobat holatini ta‟minlovchi samarali mahsulot va xizmatlar dasturini ishlab chiqiishdan iborat.
Strategik marketing bozorning barcha kompanentlari o’zgarish dinamikasi va holatlarini hisobga olgan holda uzoq muddatli istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Xalqaro turistlik marketing strategiyasi nafaqat global (olamshumul) harakterga ega balki alohida olingan davlat chegarasidan ham o’tib ketadi. Turizm bugun mintaqa va milliy chegara bilmaydigan internatsional xodisa (fenomen) bo’lib hisoblanadi.
Halqaro darajada strategik marketing texnologiyasi ustuvor yo’nalishlarni ishlab chiqish jarayonida va halqaro madaniy kommunikatsiyalar va iqtisodiyot omili sifatida, o’zoq muddatli halqaro turizmni rivojlantirish dasturlarni tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek turizm industriyasini barqaror rivojlantirishni yagona strategiyasini ishlab chiqishda va milliy, mintaqaviy darajada turizmni rivojlantirishni rejalashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish; atrof-muhit muxofazasi bo’yicha; turistlar huquqini ta‘minlash; tarixiy obidalar, tarixiy meroslar; arxitektura yodgorliklarini muhofaza qilish; qo’llab-quvvatlash va restavratsiya qilish bo’yicha;
turizm sohasida ma‘lumotlarni takomillashtirish bo’yicha va h.k.)

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling