Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Xo„jalik portfeli matritsasining modeli


Download 3.18 Mb.
bet40/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

5.1. Xo„jalik portfeli matritsasining modeli


Xo’jalik portfeli matritsasi-diversifitserlangan kompaniya faoliyatining (biznesini) har bir turdagi strategik holatini taqqoslovchi ikki o’lchamli modeli hisoblanadi. Diversifitserlangan kompaniya faoliyati turining sifatini baholashda keng tarqalgan usullaridan biri bo’lib, xo’jalik portfelining matritsali tahlili hisoblanadi.
Xo’jalik portfeli matritsasi diversifitserlangan kompaniyaning har bir tarkibiy tuzilmasini strategik xolatini taqqoslaydigan jadvaldan iborat bo’ladi .
Matritsa strategik xolatni harakterlovchi istalgan juftlik ko’rsatkichlar asosida tuzilishi mumkin. O’ta ahamiyatli bo’lib tarmoq o’sish sur‘atlari, bozor ulushi, tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligi, raqobatbardoshligi va mazkur mahsulotning yoki bozorning rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Odatda matritsaning bitta o’qi tarmoq jozibadorligini ifodalaydi, boshqasi esa undangi faoliyatning konkret turi holatini aks ettiradi. Xo’jalik portfeli matritsasini 3 xili keng qo’llaniladi – BKG kompaniyani tomonidan ishlab chiqilgan ―o’sish / ulush‖ matritsasi, General Electric kompaniyasi tomonidan yaratilgan tarmoq jozibadorligi/raqobatdagi holat matritsasi va Hofer/A.D.Little tarmog’ining hayotiy sikli matritsalaridir.
5.2. ‘O„sish / ulush’ BKG matritsasi kvadrantidagi pufakchalar mohiyati
O„sish / ulush’ matritsasi.
BKG matritsasi diversifitserlangan kompaniya xo’jalik bo’linmasini xolatini tarmoq o’sish sur‘ati va bozorning nisbiy ulushi kursatgichlari asosida taqqoslaydi va xulosa qiladi.
Eng ko’p qo’llaniladigan to’rt kvadrantdan tashkil topgan mehnat faolligi portfeli matritsasi yetakchi konsalting kompaniyasi bo’lgan Boston Consulting Group (BKG) tomonidan ishlab chiqilgan.
Chizmada mazkur matritsa aks ettirilgan. O’qlar bo’yicha tarmoq o’sish sur‘ati va bozorning nisbiy ulushi qayd qilingan. Har bir xo’jalik bo’linmasi pufakchalar ko’rinishida aks ettirilgan bo’lib, uning o’lchami barcha faoliyat turidagi korxonaning umumiy foydadagi ulushini aks ettiradi.
Bozorning nisbiy ulushi
Yuqori (> 1) Past (<1)


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling