Udk 631. 812 Xasanova shamsihamarbegim


Mavzuni o’rganilganlik darajasi


Download 0.84 Mb.
bet2/11
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOGAZ OLISH

Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Mahalliy xomashyo bo’lgan hayvon go’nglaridan biogaz ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlarda yuqori darajada o’rganilgan. Bu sohada Xitoy, Italiya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Amerika kabi mamlakatlar yuqori o’rin tutadi. Hatto ular o’simlik qoldiqlaridan ham biogaz olish ishlarini yo’lga qo’yishgan. Respublikamizning Qashqadaryo, Jizzax, Surxandaryo, Toshkent va Farg’ona viloyatlarida biogaz olish ishlari
nisbatan yo’lga qo’yilib, Prezidentimiz Islom Karimovning 4512 qarori tasdiqlanishi bilan bu sohaga yanada kuchli e’tibor qaratilmoqda. Lekin, ushbu tadqiqotlarda biogaz olinishi texnologik tizimi mukammal amalga oshirilgani yo’q. Bundan tashqari, olingan gazlarni tozaligi yetarli darajada emas va bu, mahalliy qishloq xo’jaligi chiqindilaridan biogaz olishning yangi, zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish va ushbu gazni qo’shimchalardan tozalash ishlari tadqiqotlarini davomiyligini talab qiladi.
Tadqiqot maqsadi: mahalliy qoramol va parranda go’ngidan zamonaviy texnologiya asosida biogazni olishga erishish va ushbu gazni qo’shimchalardan tozalashdan iborat.
Tadqiqot vazifasi:

  • mahalliy qishloq xo’jaligi chiqindilaridan biogaz olishning sodda va arzon, zamonaviy texnologik uskunalari tizimini ishlab chiqish;

  • uskuna qismlarini umumiy ko’rinishi va xarakteristikasini tajribada sinash;

  • ishlatiladigan xomashyolar tarkibiy qismlari va ularni nisbatlarini asoslash;

  • boshlang’ich xomashyo sifati va uni aralashmadagi tutgan o’rnini izohlash;

  • turli hayvon, parrandalarni go’ngi asosida olingan biogazni sorbsion tarzda tozalash afzalliklarini, tozalovchi vositalarni ilmiy izohi va tahlilidan iborat.

Tadqiqot ob’ekti. Qishloq xo’jaligi chiqindilaridan aynan qoramol, parranda go’ngi va o’simlik xazonlari.
Tadqiqot usuli. Qishloq xo’jaligi chiqindilaridan aynan qoramol, parranda go’ngi va o’simlik xazonlari aralashmasini bijg’itish, ular asosida biogaz olish. Olingan biogazni qo’shimchalardan to’zalash.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling